Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ
Download 362.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B
- Bu sahifa navigatsiya:
- Resurslarni yetkazib beruvchflar
10.3 Antimonopol qonunchilik.
10.4 Raqobatli ajzallik va kengaytirilgan raqobat konsepsiyasi. 10.1. Korporativ raqobat bozor iqtisodiyotining asosi Bozor iqtisodiyoti o‘zining etuklik darajasi va rivojlanish xususiyat- laridan qat’iy nazar raqobatning mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Shu bilan birga bozor iqtisodiyoti rivojlvnib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari takomillashib, o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi. Marnla- katimiz Prezidenti I.A,Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi aqamiyatini ko‘rsatib, «Raqobat bolmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat — bozorning asosiy sharti. aytish mumkinki, uning qonunidir», degan edi. Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish uchun unga turli tomondan yondoshishni talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvcbilar (korporatsiyalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o ‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Korporativ ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste’molchilar uchun kurashdir. Resurslarni yetkazib beruvchflar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori baqolarda sotish uchun raqobat qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda namoyon bo‘ladi. Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi, ular tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. 98 Shunday qilib, raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha subyektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlami ifodalaydi. Korporativ raqobat — bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va naflilikku ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan hujjatlarning har bir birligi evaziga ko'proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi. 0 ‘z navbatida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so‘m xarajati evaziga ko'proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar, ulaming har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo'lishga harakat qiladi. Ishlab chiqaruvchilaming faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil boMishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Chunki har bir mulk egasining o'z manfaati bo‘lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohadagi faoliyati shu manfaatga bo‘ysun- dirilgan bo'ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat yurituvchi sabyektlar manfaatlarining to ‘qnashuvidan iboratdir. Raqobat mavjud bo‘lishining boshqa sharti tovar-pul munobatlarining ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir. Raqobatning asosiy sohasi bozor, chunki unda erkin iqtisodiy subyektlarning alohidalashgan manfaati to‘qnashadi. Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ко‘rib chiqish zarur. 0 ‘z miqyosiga ko‘ra raqobat, eng awalo, ikki tuiga — tarmoq ichidagi raqobat va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi. Tarmoq ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korporatsiyalari o‘rtasida boradi, har bir tarmoqda texnika bilan ta’min- lanish darajasi va mehnat unumdorligi sababli shu korporatsiyalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual qiymati bir xil bo‘lmaydi. Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat odatda, o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi. 99 Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korporatsiyalari o‘rtasida eng ko‘p foyda olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda me’yori kam boigan tarmoqlardan foyda me’yori yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib o'tishiga sabab boladi. Download 362.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling