Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ


Download 362.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/103
Sana12.10.2023
Hajmi362.1 Kb.
#1699925
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103
Bog'liq
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B

9.4. Menejer mehnatini tashkil etish 
mexanizmi
Menejer mehnatini tashkil etishda boshqaruv apparatidagi har bir 
ijrochining ishi cheklangan va nisbatan bir turda bo'lishiga erishish 
talab qilinadi. Bu mehnat unumdorligi ortishi, ish sifati yaxshilanishi 
va har bir ijrochi tajribasi ortib borishiga imkon yaratadi. Ixtisoslashuv 
majburiyatlar doirasini shunday belgilash lozimki, bunda har bir 
ishlovchi masalasi imkoni boricha to‘liq ishga solinsin.
Mehnatni kooperatsiya qilish boshqaruv tashkilotlari bilan boshqaruv 
apparati turli bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida aloqa o‘rnatilishini ko‘zda 
tutadi. Boshqaruv jarayonida, ham shu korporatsiyada, ham undan 
tashqaridagi alohida xodimlar, xizmat va bo‘linmalar faoliyati birlash- 
tiriladi.
«Korxonalar to‘g‘risida» qonun asosida korporatsiya va lining 
bo‘linmalarida har bir rahbar, mutaxassis va texnikaviy ijrochi uchun 
lavozim ko‘llanmalari ishlanadi. Lavozim ko‘llanmalari, huquq va
93


majburiyatlari yakka boshchilik tamoyili asosida mansabdor shaxslarning 
bo'ysunushi, topshirilgan vazifa uchun javobgarligi belgilanadi.
Boshqaruv apparati mehnatini maqbuUashtirishga yagona yondashuvni 
ta’minlash maqsadida ta’rif-malaka ma’lumotnomasi ham qo‘Ilani!ib, 
ularda hodimlar bajarishi lozim bo‘lgan ishlar hajmi murakkabligi, 
rahbarlik lavozimi turli boshqaruvchilik vazifalarini bajaruvchilar uchun 
talab etiladigan daraja hamda ish staji ko‘rsatiladi.
Boshqaruv ishi texnologiyasida ish vaqtining katta qismi (70%) 
hujjatlar bilan ishlashga sarflanadi. Shu sababli hujjatlar almashinuvini 
doimo takomillashtirib borish lozim.
Menejer mehnatiga, shuningdek, korporatsiya va tashkilotda axborot 
oqimlari yo‘nalishi va hujjatlar aylanish texnologiyasi maqbulligi ham 
katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu yerda hujjatlar o'tadigan bosqichlar sonini 
ularni birlashtirish natijasida qiskartirish katta samara berib, natijada 
asoslanmagan muvofiqlashtiruv bartaraf etiladi. Agar muvofiqlashtirish 
muhim bo‘lsa, hujjatlar o‘tish bosqichlari о‘mini almashtirish ham 
yaxshi natija beradi.
Hujjatlar almashinuviga ketadigan vaqtni qisqartirish maqsadida 
ulaming o‘tish texnologiyasi belgilanadi, axborot uzatilishining maqbul 
yo‘llari belgilanadi.
Rahbar faqat boshqalarga topshirish mumkin bo‘lmagan hujjatlarga 
imzo chekadi. Xatlar tayyorlash bilan bog'liq ish vaqtini tejashda 
maxsus namunali matnlar standart blanklardan foydalanish katta 
ahamiyatga ega. Korporatsiya va tashkilotlar o'rtasida yozishmalarda 
kelgan hujjatni javobi bilan qaytarish keng qo‘llaniladi.
Hujjatlami bir xillashtirish va standartlash — menejer mehnatini 
tashkil etishning muhim yo‘nalishidir. Standart blanklami qo'llash 
xatolar kamayishiga va natijada boshqaruv xarajatlari qisqarishiga olib 
keladi.
Axborot hajmi muntazam ortib borayotgan sharoitda menejer 
mehnatini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ayniqsa muhimdir. 
Mutaxassislar fikriga ko'ra boshqaruv apparatida tashkiliy va hisoblash 
mashinasi, aloqa vositalari yordamida 70% ishni mexanizatsiyalash 
mumkin ekan.
Menejer mehnatini takomillashtirishning muhim yo‘nalishi ish joyini 
maqbul tashkil etish va eng awalo, mehnat xususiyatlarini bo‘linmalar 
o‘zaro aloqasini ishlar muhimligini hisobga olgan holda joylashtirishdir. 
Ish stollari, uskuna, javon, kartotekalar qulay va qo‘l yetadigan qilib 
joylashtirilishi kerak.
94


Ish joylari joylashtirilishi va ulami texnika vositalari hamda yordam- 
chi uskunalar bilan jihozlashda uzluksiz ishlashni ta’minlash talablari 
hisobga olinishi kerak.
Tajribadan m a’lumki, ish joyini texnologiya, ergonomika, 
psixofiziologiya, estetika talablariga muvofiq joylashtirish mehnat 
unumdorligini oshirish (50% va undan ko‘p) imkonini beradi.
Boshqaruv apparati mehnati uchun sanitar-gigiyena me’yorlari, 
harorat, namlik, yorug‘lik me’yorlari, shovqin darajasi, shuningdek 
mehnat va dam olish tartiblarini hisobga olgan holda sharoit yaratish 
muhim ahamiyatga ega.
Mehnat unumdorligiga — psixologik omil, xodimlar va rahbar
shuningdek xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ham katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Ulaming kayfiyati, mehnat faolligi, oxir-pirovard mehnat 
natijalari bu omilga bog‘liq bo'ladi.
Boshqaruv samaradorligi asosan rahbar o ‘z vazifasini qanchalik 
muvaffaqiyatli bajarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi davr menejeri 
mehnat va boshqaruvni tashkil etishning yangi ilmiy va texnikaviy 
yechimlari, usullarini ko‘llashi, ishlab chiqarish imkoniyatlarini iqtisodiy 
ravishda kengaytirishi lozim. Menejer ham tashkilotchi, tarbiyachi, 
ham izlanuvchi, ma’muriyatchi sifatlariga ega bo‘lishi kerak.
Menejer faoliyati maqsadini belgilashda awalo undan yuqoriroq 
boshqaruv tizimi oldida turgan vazifalardan kelib chiqishi lozim, chunki 
aks holda, butun tizim faoliyatiga to‘g‘ri kelmaydigan (yoki qarama- 
qarshi) ish ko‘rishi mumkin.
Menejer mehnatida maqbul ish sur’atini, u amalga oshiruvchi 
harakatlaming doimiy tartibini o'matish juda muhimdir.
Menejer ish vaqtining katta qismi hujjatlar bilan ishlashga sarflanadi. 
Olinuvchi axborot (xat, farmoyish, hujjat va h.k.) hajmi juda katta. 
Bunday holda axborotni «filtrdan» o ‘tkazish juda muhimdir. Rahbarga 
faqat u hal qilishi mumkin bo‘lgan axborot berilishi lozim.
Bu bosqichda rahbarga axborotni ijrochilar o‘rtasida taqsimlovchi 
kotib yoki yordamchi (referent) katta yordam ko‘rsatadi. U malakali 
hodim bo‘lishi, boshqaruvning barcha bo‘linmalari va tashkilotlari 
faoliyati xususiyatini bilishi lozim.
Rahbar va unga bo‘ysunuvchi boshqaruv apparati o'rtasida majbu- 
riyatlami maqbul taqsimlash rahbar ish vaqtini samarali sarflashga 
imkon beradi.
Ijrochilarga mavjud qonunchilik doirasida iloji boricha ko‘proq 
hujjatga imzo chekishi uchun imkon berilishi kerak. Bu rahbar vaqtini
95


tejash, ijrochilar tashabbuskorligi va javobgarligini oshirish imkonini 
beradi.
Menejerlar faoliyatida turli-tuman yig£ilish va majlislar muhim o‘rin 
egallab, ularga ish vaqtining 70%i sarf bo‘ladi. Shu sababli, majlislarni 
to‘g‘ri tashkil etish uchun quyidagilarga alohida e’tibor berish lozim.
1 Majlisda ko'riladigan masala faqat jamoa tomonidan hal etiladigan 
muammodan iborat bolishi kerak. Bu muammo bitta majlis davoxnida 
hal etilishi lozim.
2 Majlis qatnashchilari muhokama etilayotgan muammo bo‘yicha 
yetarli tajriba va bilimga ega bo‘lishlari kerak.
3 Majlisda ko‘riladigan masalalar mavzusi qatnashchilarga ular 
tayyorgarlik ko‘rishlari uchun awaldan e’lon qilinishi lozim.
4 Yig‘ilish o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy awaldan ko‘rsatilishi 
lozim, chunki uning qatnashchilari o ‘z ish vaqtlarini rejalashtirishlari 
kerak.
5 Yig‘ilish rahbari awaldan yig‘ilish maqsadi va o ‘tkazilish shaklini 
belgilash lozim.
Yig'ilish o ‘tkazilish tartibi, erkin, ishchan muhokama uchun sharoit 
yaratish ham muhimdir.
Rahbaming ko'plab majburiyatlari ichida tashrif qiluvchilami qabul 
qilish va suhbat o'tkazishni alohida ajratib ko'rsatish lozim. Qo‘l ortida 
ishlovchilar tashabbusi bilan qabul qilish uchun alohida vaqt ajratish 
muhimdir, chunki «ochiq eshiklar siyosati» tashqaridan demokratik 
xususiyatga ega bo‘lsa-da, ish vaqtini noto‘g‘ri sarflashga olib keladi. 
Suhbat davomida rahbar savollar berish yo‘li bilan hodimlardan ular 
niyatini aniq bilib olishi, o‘zi iltimos yoki takliflarini asoslab berishiga 
intilishi kerak. Agar suhbat rahbar tashabbusi bilan amalga oshadigan 
bo'lsa, xodim suhbat vaqti va maqsadi haqida ma’lumotga ega bo‘lishi 
kerak.
Bu xodimga masala mazmuni bo'yicha tayyorgarlik ko'rish psixo- 
logik tanglikka duch kelmaslik uchun imkon yaratadi.
Bunda rahbar suhbat maqsadi va xodimning o ‘ziga xos xususiyat- 
larini hisobga olishi kerak. Suhbat oxirida rahbar albatta muhokama 
etilgan masala bo'yicha erishilgan natija va uni keyinchalik hal etish 
yollarini qayd qiUb qo‘yishi kerak.
Rahbar mehnati samaradorligining muhim omillaridan bin — qabul 
qilingan qarorlaming bajarilishini nazorat qilishni tashkil etishdir. 
Nazorat rahbaming doimiy vazifasi bo‘lib, uning ish rejasida hisobga 
olinishi lozim hamda materiallar bilan tanishuv, shaxsan ma’lumot
96


berish uchun qabul qilish, inspeksiya qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Nazorat qilishning qulay shakli — topshiriqlarni maxsus muddatli 
kartochkalar va perfokartalar vositasida hisobga olishdir.
Rahbar butun jamoa va boshqaruv apparati osoyishta ishlashi uchun 
sharoit yaratishi lozim, chunki butun boshqaruv tizimi va natijada 
butun ishlab chiqarish samaradorligi shu narsaga bog'liqdir.

Download 362.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling