Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirmgi b. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ


Download 362.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/103
Sana12.10.2023
Hajmi362.1 Kb.
#1699925
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103
Bog'liq
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B

'l
bo’lishi mumkin.

Yangi raqiblaming kirib kelish xavfl. 
Bozorga kirib kelish ehtimoli 

katta bo'lgan potensial raqiblar firma uchun jiddiy xavf-xatar bo‘lib, 
firma bu xatami kamaytirishga urinishi, undan o‘zini himoya qilishi, 
kirish to‘siqlarini vujudga keltirishi lozim.
Ushbu xavftiing qay darajada jiddiyligi kirish to‘siqlarining balandligiga 
va potensial raqibga qaratilgan reaksiya kuchiga bog'liqdir. Kirish 
to‘siqlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
— miqyosdan tejash, ya’ni kirib kelayotgan firmani keng ko‘lamli 
ishlab chiqarishni tashkil qilishga majbur qilish yoki unga xarajatlar 
bo‘yicha zarar ko‘rish xavfini vujudga keltirish;
— «Kodak» va «Polaroid« firmalari o'rtasida bo'lgan nizodagi kabi 
patentlar yordamidagi huquqiy himoya;
— xaridorlami yangi firmaning tashviqotlariga e’tibor bermaslikka 
undaydigan marka imidjining kuchi;
— faqat ishlab chiqarishni o‘zlashtirish emas, balki reklama xarajat- 
larini qoplash uchun zarur bo‘lgan kapitalga bo‘lgan ehtiyojlar;
— xaridordan mashhur ishlab chiqamvchining tovaridan yangi 
firmaning tovariga o'tishda talab qilinadigan real yoki ruhiy qayta 
qurishga sarflanadigan o‘tish xarajatlari;
105


— sotuv tarmoqlariga kirish: ulguiji sotuvchilar yangi tovarlarni 
olishda juda ehtiyotkor bo’lishlari kerak, shunda yangi firma yangi 
tovar uchun yangi sotish kanalini tashkil qilishga majbur bo‘ladi;
— bozorda oyoqqa turib olgan firma ega bo‘lgan tajriba effekti va 
xarajatlar bo'yicha afzallik ayniqsa qo’l mehnati sektorlarida juda katta 
ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
O’rinbosar tovarlar xavfi. 
0 ‘rinbosar tovarlar — muayyan iste’mol­
chilar guruhi uchun muayyan funktsiyani bajaruvchi, biroq boshqa 
texnologiya asosida ishlab chiqarilgan tovarlardir.
0 ‘rinbosar tovarlaming bozorga kirib kelishiga, masalan, fan-texnika 
taraqqiyoti yoki narx siyosatining o‘zgarishi sabab bo‘lishi mumkin — 
mikrokompyuterlar narxining pasayib borishi an’anaviy pochtaning 
elektron aloqa tomonidan siqib chiqarilishiga sabab bo‘ldi. 0 ‘rinbosar 
tovarlaming narxi tovar bozoridagi firmalar belgilashi mumkin bo'lgan 
eng yuqori chegara vazifasini o‘taydi.
0 ‘rinbosar tovaming narxi xaridorlar uchun qanchalik foydali 
bo‘lsa, tovar bozorida narxni ko'tarish imkoniyatlari shunchalik chek- 
langan bo’ladi (Porter).
Bu qonuniyat ayniqsa energiya bozorida yaqqol namoyon bo‘ldi 
va energiya manbalarining yangi turlarini ishlab chiqishga katta ta’sir 
ko‘rsatdi. Neft bozorlarida narx-navoning ko‘tarilib borishi atom va 
quyosh energetikasining rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
0 ‘rinbosar tovarlar — bu o‘sha xaridorlar guruhi uchun xuddi shu 
funktsiyani bajaruvchi tovarlar, lekin boshqa texnologiyaga asoslangan. 
Bu permanent xavf yaratadi, chunki o’mini bosish xavfi doimo mavjud. 
Ushbu xavflar texnologik yutuqlar natijasida o’sishi mumkin.
0 ‘rinbosar tovarlaiga bo‘lgan haqiqiy narxlar tovar bozorida harakat 
qiluvchi firmalar belgilashi mumkin bo'lgan eng yuqori baholarni 
aniqlaydi. 0 ‘rinbosar tovarlar foydalanuvchilami qanchalik qoniqtirsa, 
tovar bozorida narxlaming o ‘sish imkoniyati shunchalik chegara- 
langandir.
Energoresurslar bozoridagi bunday holat energiyaning yangi manba- 
larini ishlab chiqarishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Neft bahosining oshib 
ketishi atom va quyosh energetikasining rivojlanishiga keng yo‘l ochib 
beradi.
Mijozlar o‘z ta’minotchilari bilan ma’lum miqdorda savdolashish 
qobiliyatiga egadir. Ular firmani narxlami pasaytirishga majbur qilib, 
keng xizmatlar kompleksini va yanada yaxshi to‘lov sharoitlarini talab 
qilib, firma u yoki bu harakatining potensial rentabelligiga ta’sir etishlari
106


mumkin. Yaxshi sharoitlarga erishish qobiliyati darajasi qator omillarga 
bog’liq:
— markazlashgan mijozlar guruhi yoki uning xaridining hajmi ta’mi- 
notchi savdosining anchagina qismini tashkil qiladi, bu yirik sotish 
tarmoqlari va savdo markazlari holatidir;
— mijoz tomonidan xarid qilinadigan tovarlar uning 

Download 362.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling