Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti 2-g fizika guruh talabasi rajabov otabekning fizika o’qitish


Download 0.75 Mb.
bet4/13
Sana24.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1291443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Ko‘chish. Ko‘chish tushunchasi VII sinf fizika darsligida birinchi marta o‘qitiladi. VI sinfda mexanika elementlarini o‘rganishda bosib o‘tilgan yo‘l tushunchasi kiritiladi. Ko‘chish tushunchasini kirita turib uni yo‘l uzunligi tushunchasidan aniq ajrata olish kerak.
Ta’rifga ko‘ra, ko‘chish-bu harakatlanayotgan jismning oldingi A vaziyati bilan keyingi B vaziyatini tutashtiruvchi vektor. Yo‘l uzunligi esa bu harakatlanayotgan jism tarektoriyasining uzunligi. Fizikada vektor kattaliklar va ular ustida amallar bajarish ko‘chishdan boshlanadi. O‘quvchilar “yo‘l” va “ko‘-chish” tushunchalarini mustahkam o‘zlashtirib olishlari juda muhim, buning uchun ular yo‘l va siljishni aniqlab beruvchi misollardan foydalanishlari lozim.
Tezlik. O‘quvchilar tezlik tushunchasi bilan VI sinfda harakatning muhim xarakteristkasi sifatida tanishadilar. Bu tushuncha VII sinfda oydinlashtiriladi va rivojlantiriladi. Tezlik tushunchasini o‘rganish o‘quvchilardan mavhum fikrlashni talab qiladi. Fizik va matematik tushunchalarni shakllantirish jarayonida bu tushuncha katta ro’l o’ynaydi. O‘quvchilarning tomonidan tezlikning to‘g‘ri tushunlishini, keyinchalik boshqa matematik analizning asosiy tushunchalarini shakllantirishda fizikada esa har qanday fizik kattalikning, ya’ni quvvatdan tortib to elektr hamda magnit maydonlarining vaqt bo‘yicha o‘zgarish tezliklarini tushuntirishda katta ahamiyatli ro’l o‘ynaydi. Ayni vaqtda, o‘quvchilarning politexnik saviyasini kengaytirish uchun ham xizmat qiladi. Shuning uchun tezlik tushunchasini shakllantirish metodikasi jiddiy e’tibor talab qiladi. O‘quvchilarning kundalik kuzatishdan olgan dastlabki tasavvurlariga qaramay bu tushunchani shakllantirishda albatta sinfda bajariladigan tajribalar juda zarur. (Masalan, bolalar o‘yinchoq aravachalarning tezligini aniqlash). Shundan so‘ng mavhum fikrlash borasida dastlabki qadam qo‘yilishi mumkin. Masalan quyidagi ikki jismdan qaysi biri katta tezlikda harakatlanadi: 5 sekundda 20 metr yo‘l yuradiganimi yoki 2 sekundda 10 metr yo‘l yuradiganini, degan savol berish kerak.
Tezlik tushunchasini shakllantirishda muhim qadam uni birligini aniqlash. Aniq masala yechishda tezlik ya’ni tezlik birligi soatiga necha km bo‘ladi. Tezlikni boshqa birliklarda ham ifodalash mumkinligini aniqlashtirib tezlikning asosiy birligi 1 m/s ekanligini aytiladi. Shuningdek, o‘quvchilar ongida o‘rtacha va oniy tezlik tushunchalarini ham shakllantirish lozim.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling