Oliy va orta maxsus talim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti 2-g fizika guruh talabasi rajabov otabekning fizika oqitish
Download 0.75 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oniy tezlik.
Ortacha tezlik. Bu kattalik kochishning sodir bolgan vaqtiga nisbati orqali yoki jism bosib otgan yol uzunligining shu yolni bosib otish uchun ketgan vaqtga nisbatidan aniqlanadi. Oquvchilarga jism butun vaqtning birinchi yarmida 10 m/s tezlik bilan ikkinchi yarmida 20 m/s bilan harakatlangan degan shart bilan ortacha tezlikni tanishishni taklif qilish mumkin. Bu holda ortacha tezlik 15 m/s.
Oniy tezlik. Oniy tezlik tushunchasini kiritishning qiyinchiligi shundaki, asosan bunda oquvchilarga mavzutik tushunchalardan ham malum bolmagan chegaraviy otishdan foydalanish kerakligi bilan bogliqligidir. Shuning uchun ortacha tezlik topilishi kerak bolgan vaqt oraligining cheksiz kamaytirilishi haqida gapirish orniga, yani benihoya kichik kattalik ornida juda kichik, lekin cheklangan vaqt oraligi-fizik kichik kattalik kiritiladi. Misol tariqasida qiya tekislikdan dumalayotgan sharchaning stroboskopik suratlaridan foydalanib ikki jism orasidagi ortacha tezlik bir-biri bilan farq qilgani holda, bir qismda sharchaning har 0,002 sekunddan keyingi vaziyatlari tahlil qilinadi. Bu holda ortacha tezliklar orasidagi farq deyarli yoqligini korsatish mumkin. Kinematikani organish mexanik harakat tushunchasidan boshlanadi. Bunday harakat bir jismning boshqa jismga nisbatan vaziyatning ozgarishi bilan aniqlanadi. Mexanik harakat, tekis harakat, notekis harakat, trayektoriya kabi tushunchalarni orga-nishdagi metodika shunday bolishi kerakki, darsda va sinfdan tashqari holdagi ishlarda kuzatishlarga imkoniyat yaratish juda muhim. Oquvchilarda kuzatishlarga, solishtirishlarga va xulosalarga qiziqishlar paydo bola boshlashi ular tajribalarda fizik hodisalarni topa bilishga organishlari va aniq fizik tasavvurlarga tayangan holda mexanika tushunchalaridan foydalanishlari muhimdir [3]. Mexanik harakatning universialligi shundan iboratki, zarralardan tashkil topgan barcha moddiy jismlar harakat qiladi. Jismlarni tashkil etgan barcha zarralar doimiy harakatda boladi. Mexanik harakat materiya harakatining tarkibiy qismi bolishi bilan birga eng murakkab shakli hisoblanadi. Nisbiylik muammosi hozirgi zamon fizikasining asosiy goyalaridan biri hisoblanadi. Nisbiylik tushunchasining shakllanishi mexanik harakatning nisbiyligidan boshlanadi. Chunki mexanikada harakatning tarektoriyasi, yoli, tinch yoki harakat holatini baholaganda biror sanoq boshiga nisbatan baholanadi. Jismning harakati turli sanoq sistemasiga nisbatan turlicha boladi. Demak, har qanday harakat har qanday tinchlik nisbiy ekan. Kinematika bolimini organishni tugatgach, otilgan mavzular boyicha bilimlarni umumlashtirish maqsadga muvofiqdir. Umumlashtirish uchun jadval tozib, jadvalda togri chiziqli harakat, tekis va tekis tezlanuvchan harakatda tezlik, tezlanish, kochish va koordinatalarning vaqtga bogliqligini ham analitik ham grafik usulda keltiriladi. Bilimlarni umumlashtirishda yani tekis va tekis tezlanuvchan harakatni taqqoslashda bunday grafiklar ustida ishlash oquvchilar bilimini mustahkamlash nuqtai nazaridan juda foydalidir. Organilgan oquv materialini jadvallar yordamida umumlashtirgan holda bilimlarni takrorlash va chuqurlashtirishdan tashqari taqqoslash hamda sistemalashtirish kabi fikrlash jarayonlariga organish borasida ham afzalliklarga ega. 2-sxema
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling