Oliy va orta maxsus talim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti 2-g fizika guruh talabasi rajabov otabekning fizika oqitish
Download 0.75 Mb.
|
D.V.Sivuxinning tarifi ham, avalgi darsliklarda keltirilgan tariflar ham oquvchilarga tushunarlidir, chunki dastavval ularda bolani orab turgan jismning holati haqida, ular ozi korgan, guvoh bolgan holatlar haqida gapiriladi. I.K. Kikoinning darsligida berilgan tarifning kopchilik oquvchilarga tushunarli bolmasligining asosiy sababi, ular uchun mavhum bolgan inersial tizim tushunchasi ularga tanish bolgan, obrazlarning inikosi bilan boglanmaydi. Boz ustiga, qobiliyatli oquvchilar inersial sistemalar mavjud emas, bu ideallashtirish, uning vazifasi ularga tushunarli emasligini aytadilar. Shuni aytib otamizki, D. V. Sivuxin inertsiya qonunini bayon qilish jarayonida I. Nyutonning tarifini tahlil qilishdan boshlab, keyin yuqorida keltirilgan tarifni beradi va faqat shundan songina inersial sanoq sistemalar haqidagi tushunchani kiritadi. Orta umumiy talim dasturiga asosan klassik mexanika masalalari kiradi. Uni organishga hozirgi zamon nuqtai nazaridan yondoshish bu bolimga bazi yangi masalalar, masalan, kosmik parvozlar mexanikasini kiritishdan iborat bolib qolmay, balki uning asosiy tushuncha va qonuniyatlarini zamonaviy tahlil qilish, ularni qollanilish chegarasini aniqlashdan iborat. Mexanika bolimining yangi oquv dasturi avvalgilaridan anchagina farq qiladi. Unda togri chiziqli va egri chiziqli harakatlarning kinematikasi ham, dinamikasi ham birga organilishi kuzda tutilgan. Oquv materialni bunday sistemalashtirishda faqat vaqtni tejash kozda tutilgan bolmay, uning malum metodik ustunliklari mavjud. Mexanikada eng oddiy va mexanikaning asosini tashkil etadigan fizik tushunchalar: tezlik, tezlanish, massa, kochish, energiya kabi tushunchalar shakllanadi. Mexanika bolimini organishda kam sonli fizika qonunlari yordamida birgina usul qollanilib, jismlarning harakati va muvozanatiga doir kopgina masalalarni hal etish imkoniyati mavjud ekanligi korsatiladi. Bunda oquvchilar analiz va sintez, induktsiya va diduktsiya kabi umumiy ilmiy metodlarni ozlashtiradilar. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling