Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti 2-g fizika guruh talabasi rajabov otabekning fizika o’qitish


Download 0.75 Mb.
bet6/13
Sana24.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1291443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Aynlana bo‘ylab tekis harakat

Aynlana bo‘ylab teks harakat grafigi

Ta’rifi










Aylananing markazidan moddiy nuqtagacha o‘tkazilgan radius, biror vaqtda burchakni chizadi, bunga burchakli ko‘chish deyiladi.

To‘g‘ri o‘rta maktabning qator darsliklarida bu tushunchalar berilmay, matematik nuqtai-nazaridan uning tahlili keltirilgan lekin VII sinfning yangi fizika darsligida esa yuqoridagi tushunchalarga yetarlicha e’tibor berilgan. Shunday bo‘lsada, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash ma’nosida modellashtirishning ko‘rsatmali imkonidan yana bir bor foydalanish mumkin. Bu modellashtirishda burchakli ko‘chish haqidagi tushunchani bevosita burchak bilan o‘zaro bog‘lanishi ko‘rsatiladi. Egri chiziqli harakat va uni tavsiflaydigan fizik kattaliklar odatdagidan boshqachaligi sababli o‘quvchilar qiyin o‘zlashtirishlarini nazardan qochirmaslik lozim. Shuning uchun bu bobdagi tushunchalarning deyarli hammasini alohida tarzda sinchiklab ko‘rib chiqish hamda modellar yordamida bir butun tizimga keltirish muhimdir.


3-sxema

Modellardan foydalanish jarayoni esa o‘z-o‘zida tushunchalarni bayon etish uslublarini yengillashtirish va osonlashtirishga olib keladi. Aniq oydinlashtirish maqsadida modellashtirishning o‘ziga xoslik tomonlaridan foydalanish mumkin.
Jismning aylana bo‘ylab qiladigan harakatini ifodalovchi kattaliklardan biri aylanib chiqish davri va chastotasidir. Jismning aylana bo‘ylab harakati V tezlik bilan emas, balki moddiy nuqtaning bir marta to‘liq aylanib chiqishiga ketgan vaqt oralig‘i bilan ifodalanadi. Mos ravishda bu kattalik jismning aylanib chiqish davri deb aytiladi va ko‘pincha T harfi bilan belgilanadi. Darslikda aylanib chiqish davri va chastotasi kabi tushunchalarga yetarli etibor qaratilgan. Shuningdek, ularga alohida ta’rif berilib, o‘zaro munosobotlari yaqqol ko‘rsatilgan. Aylanib chiqish davri va chastotasi o‘zaro teskari munosabat bilan bog‘langanligi ma’lum. Ana shu bog‘lanishni oydinlashtirish maqsadida esa quyidagi modellardan foydalanish yanada samarali bo‘ladi. Oldindagi yillar davomida “Kinematika asoslari” bo‘limining masalalari koordinata metodidan foydalanib yechilib kelindi. Ta’lim tizimida masalalar yechishning bu xildagi usuli kinematika asoslarini o‘rganishda yaxshi natija bermadi. Chunki, umumiy o‘rta maktablarda trayektoriyasi ma’lum bo‘lgan asosiy harakat o‘rganiladi (to‘g‘ri chiziqli va aylana bo‘ylab harakat).
Masala. Bir-biriga tomon harakatlanib ikkita avtomobil yo‘lga tushdi. Birinchi avtomobilning tezligi 60 km\soat, ikkinchisiniki 90km\soat yoqilg‘i quyish shoxobchasiga yetib kelib, ular bir-biri bilan uchrashdilar. Shundan sung ular yana o‘z yo‘llarini davom ettirdilar. Uchrashuvdan 30 min keyingi har birining vaziyatini va bu vaqtdagi ular orasidagi masofani toping.
4-sxema

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling