Oliy va orta maxsus talim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti 2-g fizika guruh talabasi rajabov otabekning fizika oqitish
II-BOB MEXANIK SAQLANISH QONUNLARI
Download 0.75 Mb.
|
II-BOB MEXANIK SAQLANISH QONUNLARI2.1 MEXANIKADA SAQLANISH QONUNLARI MAVZUSINING MAZMUNINI TAHLILIFizik bilimlar sistemasida Mexanikada saqlanish qonunlari mavzusi oz ahamiyatiga kora alohida orin tutadi. Bunga fizikaning butun kursi uchun umumiy bolgan impuls, ish, energiya kabi tushunchalar organiladi. Shu mavzuning mohiyatida oquvchilarning ilm olishlari va dunyoqarashlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bolgan, fizika qonunlarining maxsus korinishi hisoblangan saqlanish qonunlari bilan tanishadilar. Ushbu mavzuni organishning asosiy ilmiylik darajasi shundan iboratki, saqlanish qonunlariga tayangan holda oquvchilar saqlanish xususiyatlarini yorqin korsatadigan ayrim kattaliklarning mohiyatini tushunishlari lozim boladi. Orta umumiy talimda (VII sinf) mexanika kursida impuls va energiyaning saqlanish qonunlarini organiladi. Bulardan birinchisi vektor kattalikdir. U yopiq sistemada jismlar ozaro tasirlashganda ularning har biri impulsi ozgarganda ham, sistemaning umumiy impuls vektori ozgarmaydi, degan xulosaga kelish mumkin. Ozgarmas saqlanadigan kattaliklariga jism impulsidan tashqari skalyar kattalik-energiya ham tegishlidir. Energiya va impulsning saqlanish qonunlari dialektikaning asosiy qoidasi, materiya harakatining oz-ozidan paydo bolmasligi va yoqolmasligi asosida tushuntiriladi. Bu ilmiy tasdiq oquvchilarga aniq fizikaviy bilimlar asosida tushuntirilishi lozim. Saqlanish qonunlari dinamika qonunlari kabi mexanikaning asosiy masalalarini hal qilishga imkon beradi. Bunda mexanik saqlanish qonunlari vaqtning istalgan paytidagi, hatto jismga tasir etayotgan kuch ozgarib tursa yoki umuman nomalum bolsa ham, jism koordinatasi va tezligini topishga imkoniyat berishidan iborat. Bu esa elastik urilishda, mayatnikning tebranishi va hokazolarda namoyon boladi. Ish tushunchasi. Ish terminining hozirgi zamon nuqtai nazaridan tushunilish birinchi marta 1826-yil, fransuz olimi Ponsele asarlarida paydo boldi, Ponsele tariflashiga binoan, ish moddiy nuqtaga kochish yonalishida tasir etuvchi kuch modulini, kuch qoyilgan nuqtaning kochish modulini kopaytmasiga teng ekan. Biroq fizika nuqtai-nazaridan bu kattalikning bunday tarzda aniqlanishi uning mohiyatini ochib bermaydi. Ish tushunchasi toliq mohiyati sekin-asta energiyani organish asosida shakllanib bordi. Ish tushunchasi fizikada va hayotda bir-biriga koproq mos kelmaydi. Bu holga alohida toxtalib otishga togri keladi. Turmushda aniqlanishicha, insonning har qanday faoliyatini-ilmiy kitoblarni organish, maruzaga tayyorlanish va boshqalar ish deb ataladi. Lekin bu ish mexanikadagi ish bilan hech qanday umumiylikka ega emas. Materiya harakatining bir korinishdan boshqasiga ayla-nishiga doir juda kop faktlar sistemalarida mexanik, issiqlik, elektr va boshqa tasirlar ozaro ekvivalent nisbatda mavjud boladi. Bu esa fizikada qaralayotgan materiya harakatining aniq korinishini fizik kattalik-energiya orqali xarakterlashga imkon beradi. Chunki energiya ajratilgan sistemada har qanday ozgarish roy berganda hamki ozgarmasdan qoladigan kattalikdir. Oxirgi fikr korsatadiki, energiya harakatining olchovi bolib har xil fizik shakllarini umumiy xarakterlab, ozaro aylanishlarda ozgarmay qoladigan harakatning olchovi hisoblanadi. Energiyaning boshqa kattaliklardan farq qiladigan tomoni ham xuddi shuning ozidir. Tadqiqotlarda energiya tushunchasini ishga bogliq bolma-gan harakat olchovi deb talqin qilishga urinishlar bolgan. Biroq, metodik adabiyotlarda energiya tushunchasini ishga bogliq bolmagan holda harakat miqdori sifatida olib qarashga urinishlar malum. Bu tajriba nomalum sababga kora keng yoyilmadi: Chunki Harakat olchovi tushunchasining fizik manosini ochib berish qiyin. Energiyani ishga bogliq bolmagan holda organish ish va energiyaning ozaro aloqadorligini ochilishida goyat qiziqtiradigan mantiqan qarama-qarshi bolmagan yolni aniqlaydi. Lekin bu usul ancha suniy va oqitishda nomaqbuldir. Chunki oquvchilar manosi qiyin aniqlanadigan bazi bir kattalikning kuzatishlari va esda saqlashlariga togri keladi. Ish va energiya tushunchalarini alohida-alohida organish orniga kinetik energiya ozgarishini ish bilan boglash tenglamasini birgalikda kiritilish maqsadga muvofiqdir. Mexanikada saqlanish qonunlari. Oquvchilar ongida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularni fikrlashini ostirish uchun biz oquvchilar diqqatini tabiatdagi ozgaruvchan jarayonlarga jalb qilamiz. Biroq tabiatdagi hodisalarda ozgarishlarni saqlanishlardan ajratib bolmaydi. Atom fizikasida masalan, elementar zarrachalar-ning ozgarishi kashf qilinadi. Shu bilan birga malumki, ozaro aylanuvchi jarayonlarda bazi bir zarrachalar ozlarining muhim xossalarini saqlaydi [7]. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling