Oliy va orta maxsus talim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti 2-g fizika guruh talabasi rajabov otabekning fizika oqitish
Download 0.75 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3 DINAMIKA BOLIMI ASOSIY
1.3 DINAMIKA BOLIMI ASOSIYMAZMUNINING TAHLILI VA UNI ORGANISH USULLARIDinamikaning qonunlari mexanikaning muhim qismidir. Nyuton klassik mexanikasi mohiyatiga kora, dinamika qonunlarini oz ichiga oladi va uning asosiy nazariyasini tashkil etadi. Bundan dinamika qonunlarini organishning ahamiyati kelib chiqadi. Dinamikani organishni boshlayotgan har bir oquvchida harakat togrisida va uning kuchlar bilan bogliqligi haqida malum hayotiy tasavvur bor. Massa tushunchasi bilan oquvchilar maktabgacha davrda hayotiy tajribalarida qisman tanish boladilar. Asosan massa tushunchasi bilan VI sinfda tanishadilar. Nyutonning II qonuni jismning massasi, ikki jism ozaro tasirini xarakterlaydigan kuch va ozaro tasirlashuvda jism olgan tezlanish orasidagi boglanishni ifodalaydi. Shu bilan birga jismning inertlik olchovi bolgan massaning mohiyatini ochishga imkon beradi. Massa jism inertlik xossasini ifodalashni tajribada namoyish qilib korsatish muhimdir: katta massaga ega bolgan jism ozaro tasirlashuv natijasida kichik tezlanish oladi, kichik massaga ega bolgan jism katta tezlanish oladi. Buni amalga oshirishda oquvchilarga savollar berilsa, oquvchilar turmushda korib yurganlariga tayanib togri fikrlay oladilar. Masalan, 40 km/soat tezlik bilan kelayotgan massasi 200 t bolgan vagonni toxtatish osonmi yoki oshanday tezlik bilan ketayotgan 200 kg bolgan mototsiklnimi? Albatta berilgan savollarga oquvchilar togri javob beradilar, ammo uni tajribada namoyish qilib korsatish, yani massa jism inertligining olchovi ekanligini amalda isbotlab korsatish ilmiy ahamiyatga ega. Buning uchun biz teng hajmli (temir, allyuminiy, yogoch) parallelopiped shaklidagi jismlarni olib, ularni bir xil buyoq bilan buyab (uni qanday materialdan yasalganligini yashirish uchun) nomerlab, qiya novdan dumalab toshayotgan sharni yoliga birin-ketin quyib, dumalayotgan shar nomerlangan teng hajmli jism-tosiqlarni qay birini koproq masofaga siljita oldi?-degan savol oquvchilarga berilsa, ular togri javob bera olmaydilar. Songra oquvchilar koz ongida tajriba qilinib, har bir nomerlangan jism bilan novda dumalayotgan shar ozaro tasirlashganda qancha masofaga siljigani belgilab beriladi. Tajriba natijasidan song qaysi jism sharning tasiriga koproq qarshilik korsatdi yoki ozining tinch holatini saqlab qolishga intiladi, deb soraldi. O‘qituvchi bunda tinch holatni saqlashga intilish xossasi haqida gapirib bo‘lgandan so‘ng, harakatdagi jismning harakat holatini saqlashga intilishini namoyish qilib ko‘rsatadi. Buning uchun 3-4 ta teng kattalikdagi ammo turli (plastmassa, temir, qo‘r-g‘oshin) sharlarni bir xil rangga boyab, nomerlaydi (ularni qanday materialdan yasalganligi bilinmasin) yana unga qiya novdan, bir xil balandlikdan birin-ketin dumalatib, sharlar yoliga bir tinch jism qoyilib, bu ikki jismni (tinch va harakatdagi) ozaro tasirlash-ganda harakat holatini koproq saqlashga intilishi namoyish etiladi. Shu asosda har ikkala namoyishda ham harakatdagi va tinch torgan jismning inertlik xossasi taqqoslanishi asosida massa tushunchasiga tarif beriladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling