Oliy va orta maxsus talim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti 2-g fizika guruh talabasi rajabov otabekning fizika oqitish
Download 0.75 Mb.
|
Potentsial energiya tushunchasi. Kinetik energiya singari, ogirlik kuchi tasiri ostida bolgan jismning potentsial energiyasi darslikda ogirlik kuchining ishi bilan bogliq holda, elastik deformatsiyalangan jismning energiyasi esa elastiklik kuchining ishi bilan bogliq holda kiritiladi. Buning uchun ogirlik kuchining ishiga oid;
Ifoda ko‘rinishda va elastiklik kuchining ishiga oid ifoda кo’rinishda qаyta yoziladi. Formulalarni bunday ko‘rinishda yozish qavs ichidagi mgh-birinchi holatdagi va -ikkinchi holatdagi ifodalarning ozgarishi sifatida qarashga imkon beradi. Shuning uchun ham kinetik energiya tushunchasini kiritilgandek ogirlik kuchi tasiri ostida bolgan jismning potentsial energiyasi va elastik deformatsiyalangan jismning potentsial energiyasi tushunchalari kiritiladi. Bu tushunchani tushuntirish uchun kerak bolgan hamma zaruriy izohlar va formulalarni tahlil qilish orqali beriladi. Bu yerda eng avval oquvchilar diqqati potentsial energiya jism holatiga: a) nolinchi holat deb qabul qilingan sathdan qanday balandlikka kotarilganligiga; b) jismning deformatsiyalanish darajasiga bogliq ekanligiga qaratiladi. Bu holat ozgarganda (kotarilish balandligi kamayganda, deformatsiya kamayganda) potentsial energiya kamayadi. Berilgan sharoitda jismning holatini boshqa ozgartirib bolmasa (jism nolinchi sathga toshadi yoki deformatsiyalanmaydigan holatga keladi), potentsial energiya nolgacha kamayadi. U yuqoridagi formulalardan korinadiki, h2 va X2 lar nolga teng bolganda, : jismning potentsial energiyasi jism nolinchi sathga tushganda (yoki jism deformatsiyalanmagan holatga otganda), ogirlik kuchining (yoki elastiklik kuchining) bajargan ishiga teng. Oquvchilarning asosiy diqqatini quyidagilarga qaratish kerak potentsial energiya tushunchasi malum bir chegaralangan jismga tegishli bolmay, balki ozaro tasirlashuvchi jismlar sistemasiga tegishlidir. Masalan, biz kotarilgan jismning potentsial energiyasi togrisida gapirganimizda, hamma vaqt yer sistemasini kozda tutamiz [9]. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling