Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg`оna davlat universiteti milliy g’оya, mа’nаviyat аsоslаri vа huquqiy ta`lim kafedrasi
Ma'muriy huquq fanining boshqa huquqiy fanlar bilan o'zaro
Download 0.79 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик -китобча-нво-1-курс-1-семестр
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-§. Ma muriy huquq manbalari
Ma'muriy huquq fanining boshqa huquqiy fanlar bilan o'zaro aloqalari, munosabatlariga kelsak, shuni aytib o'tish joizki, ma'muriy huquq boshqa huquqiy fanlar bilan chambarchas bog'liq. Xususan, oldingi mavzuda biz davlat (konstitutsiyaviy) huquqi sohasida fikr bildirgan edik. Agar mana shu huquq sohasi misolida ma'muriy huquqning boshqa huquq sohalari bilan o'zaro munosabatlari haqida fikr yuritadigan bo'lsak, aytib o'tish joizki, ma'muriy huquq davlat (konstitutsiyaviy) huquqi faniga juda yaqin turadi. Lekin shu bilan birga bu ikki fan o'rtasida o'zaro farqlar ham mavjud. Jumladan, davlat (konstitutsiyaviy) huquqida davlatning ijtimoiy tuzilishi va siyosatining asoslari, davlat bilan shaxs o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, milliy davlat va ma'muriy-hududiy tuzilish, davlat organlari tizimining asoslari ifodalangan. Davlat huquqi fanining predmeti ma'muriy huquq fanining predmetiga nisbatan kengdir. Masalan, davlat huquqi barcha davlat organlari uchun umumiy bo'lgan tashkil etish va faoliyat ko'rsatish tamoyillarini belgilab bersa, ma'muriy huquq normalari esa yuqoridagilarga asoslanib, davlat boshqaruvida ularni qo'llashni tartibga soladi. Davlat huquqi fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarini belgilab beradi. Ma'muriy huquq esa davlat huquqining ko'pgina normalarini yanada aniqlashtiradi, fuqarolarning huquqiy maqomini asosiy bo'lmagan boshqa huquq va majburiyatlar bajarilishining boshqaruv mexanizmini belgilab beradi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan fuqarolar davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega. Ushbu jarayon davlal (konstitutsiyaviy) huquq nomalari bilan tartibga solinadi. Ma'muriy huquq csa niana shu shikoyatlarni qaysi organga tegishliligini, shikoyatni ko'rib chiqish muddati va tartibini hamda boshqa tomonlarini tartibga soladi.
2-§. Ma 'muriy huquq manbalari Ma'muriy huquq manbalari bo'lib, o'zida ma'muriy huquqiy normalarni ifoda etgan davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlarining (ayrim hollarda boshqa davlat organlarining) aktlari hisoblanadi. Bu normalar qonunlarda, vakillik organlarining normativ hujjatk-trida, Prezidenl I'armonlarida, Vazirlar Mahkamasi qarorlarida, vazirlik va davlat qo'mitalari, hokimlarning normativ aktlarida namoyon bo'ladi. Boshqa huquq sohalari singari ma'muriy huquqning ham asosiy manbasi bo'lib O'zbckiston Rcspublikasi Konstitutsiyasi hisoblanadi. Xususan, Konstilutsiyaga binoan davlat boshqaruvi organlari li/imiga rahbarlik qiluvchi organ bu O'zbckiston Rcspublikasi Vazirlar Mahkamasidir. Konstitutsiyaning 89-moddasiga binoan O'zbckiston Respublikasi Prczidenti O'zbekiston Respublikasida davlat va ijro ctuvchi hokimiyat boshlig'idir, deb belgilangan. Konstitutsiyaning 98-moddasida csa, O'zbckiston Rcspublikasi Vazirlar Mahkamasining Konstitutsiyaviy huquqiy maqomi o'z o'rnini cgallagan. Konstitutsiyaning XXI bobi csa rnahalliy davlat hokimiyati asoslariga bag'ishlangan. O'zbekiston Rcspublikasining Ma'muriy javobgarlik lo'g'risidagi Kodeksi ham ma'muriy huquq manbalari tizimida alohida o'rinni egallaydi. Zero, unda ma'muriy huquqbuzarlik tushunchasi. ma'muriy javobgarlik tushunchasi va turlari, ma'muriy norma-larning harakat qilishi, ma'muriy ishlarni ko'rib chiqishga vakolatli organlar, ularning faoliyat yo'nalishi va vakolatlari doirasi to'g'risidagi qoidalar o'z o'rnini lopgan. Ma'muriy huquq manbalariga O'zbekiston Respublikasi Havo Kodeksi, Bojxona Kodeksi, Soliq Kodeksi va boshqa huquqiy normativ aktlarni kiritishimiz mumkin. Ma'muriy huquq lizimi asosan, ikkiga bo'linadi: 1) Umumiy qism — davlat boshqaruvining barcha sohalarini qamrab oluvchi normalarni o'z ichiga oladi. Ma'muriy huquqning umumiy qismi tarkibida quyidagi normalar ajralib luradi: davlat hoshqaruvi xususivatlarini helgilovchi hamda davlal boshqaruvi lamoyil/arini mustahkamlovchi normalar; davlal hoshqaruv organlarining huquqiv maqomini, faolivalining shaklini helgilovchi normalar; davlat xizmalini larlihga soluvchi normalar; boshqariluvchi obyektlarning maqomini helgilovchi normalar; - jamoat tashkilotlarining huquqiy maqomi to'g'risidaginormalar; - fuqarolarning huquqiy maqomi to 'g 'risidagi normalar; davlat boshqaruvida ishontirish va majburlash choralarito 'g 'risidagi normalar; davlat boshqaruvida qonunchilikni ta'minlash usuli to'g'risidag normalar; 2) Maxsus qism rna'lum bir sohada harakat qiluvchi normalarni o'z ichiga olib quyidagilardan iboral: rejalashtirish, moliya, hank-kredit, soliq, hisob-kitob sohalaridag va tarmoqlararo faoliyatning boshqa sohalaridagi davlat boshqaruvini tartibga soluvchi normalar; xalq xo 'jaligi, ijlimoiy-madaniy qurilish va ma 'muriy-siyosiyfaoliyat sohasidagi davlat boshqaruvini tartibga soluvchinormalar. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling