10-mavzu:MAVZU: "TEZ BUZILUVCHI OVQAT MAHSULOTLARINING
SIFATLILIGINI BAHOLASH"
MAVZUNI ASOSLASH: DPM ning vrachi bemorlarning ovqatlanish sifatini nazorat qilishi kerak, xususan, kasalxona ovqatxonasida bemorlar uchun tayyorlanadigan taomlarga qo’llanadigan tez buziluvchi ovqat mahsultlarining sifatini, hamda eng og’ir kechadigan ovqatdan zaharlanishlarni keltirib chiqaruvchi botulizmga sababchi bo’luvchi konserva mahsulotlarining sifatini baholashi lozim. SHuning uchun vrach zaruriyat tug’ilganda tez buziluvchi sut va sut mahsulotlari, go’sht va go’sht mahsulotlari va konservalarning to’la sifatliligini tekshirishdan o’tkaza olishi kerak.
Mashg’ulotning o’qitish maqsadi: tez buziluvchi ovqat mahsulotlari (sut, go’sht) va konserva mahsulotlarining to’la sifatliligini eng oddiy usullarda tekshirishlarga talabalarni o’rgatish.
MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI:
1.Sut va go’shtning ovqatlanishdagi ahamiyati va ozuqli, hamda biologik qiymati.
2.Konservalarning sifatliligini gigienik ahamiyati.
3.Sut va go’shtning to’la sifatliligini baholash usullari.
4.Bankali konservalarning sifatliligini baholash usullari.
Talabalarning dastlabki bilimini nazorat qilish uchun savollar:
1.Oqilona ovqatlanishga bo’lgan gigienik talablar
2.Sutning ozuqali qiymati
3.Sutning sifatlilik ko’rsatkichlari
4.Go’shtning ozuqli qiymati
5.Go’shtning sifatlilik ko’rsatkichlari
6.Konservalar-uzoq saqlanuvchi mahsulotlar ekanligi, ularning ustunligi va kamchiliklari.
7.Konservalarning sifatliligini baholash usullari
MASHG’ULOTNING MAZMUNI
Umumiy amaliyot vrachining asosiy vazifalaridan biri ovqatdan zaharlanish hodisalarini oldini olish bo’yicha ishlar va aholida oqilona ovqatlanish mahoratlarini shakllantirish, xususan sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishga o’rgatish hisoblanadi. Bu ishlar asosan tez buziluvchi ovqat mahsulotlariga taaluqli bo’lib, birinchi navbatda sut, sut mahsulotlari, go’sht va go’sht mahsulotlari hisoblanadi. Bu maxsulotlar xam sog’lom va xam bemorlar uchun eng asosiy ovqat mahsulotlari qatoriga kirib, ular muayyan sharoitlarda juda og’ir kechadigan ovqatdan zaxarlanish hodisalariga sababchi bo’lib qoladi, xususan - konservalar, botulizmning kelib chiqishidagi asosiy sababchi mahsulot bo’lib qoladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatliligini to’liq gigienik baholash DSENM ning sanitar-gigienik laboratoriyalarida amalga oshiriladi, ammo ayrim hollarda tez buziluvchi mahsulotlarning sifatliligi DPM ning ovqatxonasida ham eng oddiy usullar yordamida tekshirilib, ularning sifatiga baho berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |