Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


-mavzu "SHAXSIY OVQATLANISHNING ADEKVATLIGINI O’RGANISH VA BAXOLASH"


Download 3.23 Mb.
bet122/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

9-mavzu "SHAXSIY OVQATLANISHNING ADEKVATLIGINI O’RGANISH VA BAXOLASH"
(
MAVZUNI ASOSLASH: ovqatlanish sifatini gigienik baholash faqatgina alimentar kasalliklarni oldini olishdagi muhim profilaktik tadbir bo’lib qolmay, balki noto’g’ri ovqatlanish boshqa turdagi patologiya shakllarining kelib chiqishida ham havfli omil rolini o’tashi mumkin. Vrach ham sog’lom odamlarni va bemor odamlarning ovqatlanish sifatini baholay olishi kerak. Ovqatlanish sifatini muntazam tibbiy nazorat qilish, birinchi navbatda uyushgan jamoalar, jumladan kasalxonalar, sanatoriyalarda zarur bo’lib, bu yerda ovqatlanishni tashkil qilish maxsus tuzilgan taomnoma asosida amalga oshiriladi. SHuning uchun vrach faqat taomnoma tuzishni bilibgina qolmay, balki uni to’g’ri tahlil qila olishi va ovqatlanishni to’g’rilash bo’yicha tadbirlarni tavsiya eta olishi kerak.
Mashg’ulotning o’quv maqsadi: talabalarda sog’liqni saqlash uchun sifatli ovqatlanishning ahamiyatini tushunishini shakllantirish; shaxsiy ovqatlanishning sifatini baholashga o’rgatish.


MAVZUNING ASOSIY SAVOLLARI:
1.Oqilona ovqatlanish haqida tushuncha, oqilona ovqatlanishga bo’lgan gigienik talablar.
2.Ovqatlanishning fiziologik me’yorlari turli aholi guruhlarining oqilona ovqatlanishining asosi ekanligi.
3.Ovqatlanishning adekvatligini o’rganish usullari.
4.Talabalarning ovqatlanishini adekvatligini o’rganish.
12.1. Talabalarning ilk bilimini nazorat qilish uchun savollar:
1.Oqilona ovqatlanish haqida tushuncha
2.Oqilona ovqatlanishga bo’lgan gigienik talablar
3.Ozuqli moddalar va energiyaning fiziologik me’yorlari oqilona ovqatlanishning asosi ekanligi
4.Aholining turli guruhlari uchun ovqatlanishning fiziologik me’yorlariga ta’rif
5.Alimentar kasalliklar, tushuncha, alimentar kasalliklar guruhlari.
6.Aholining ovqatlanish sifatini o’rganish usullari.
7.Ovqatlanish sifatini o’rganishdagi hisoblash usuli.
8.Adekvat ovqatlanish tushunchasi, shaxsiy ovqatlanishning adekvatligini baholash

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling