KIMIYoVIY MODDALAR ORQALI KELIB CHIQADIGAN OVQATDAN ZAHARLANISH.
Qo’rg’oshin birikmalari surunkali zahxarlanishlarni keltirib chiqaradi, bunday holat sifati yomon idishlarda murobbo, tuzlangan, marinadlangan mahsulotlarni saqlash, zaharli ximikatlar solingan idishlardan foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida kimyoviy moddalar kontsentratsiyasining ko’pligi yoki qishloq ho’jalik mahsulotlarini yetishtirishda kimyoviy va mineral o’g’itlardan me’yoridan ortiq foydalanish natijasida kelib chiqishi mumkin. Kasallangan odamda umumiy holsizlanish, bosh og’rishi, bosh aylanishi, og’izda bemaza ta’m, keyinchalik oyoq-qo’llarda qaltirash, ishtaxaning yo’qolishi, ozib ketish, ich ketish, anemiya, qo’rg’oshinli kolikalar kuzatiladi.
Mis birikmalari odatda o’tkir zaharlanishlarni keltirib chiqarib oshqozonning shilliq qavatini shikastlaydi. Bemorda 2-3 soatdan so’ng (ovqat iste’molidan keyin), agar mis birikmalari ko’proq bo’lsa, birnecha daqiqadan keyin qorinda og’riq, qusish, ich ketish belgilari bo’ladi. Og’izda metal ta’mi paydo bo’ladi. Buni oldini olish uchun idish zirharida mis, qo’rg’oshin, rux birikmalari bor bo’lganida bu idishlarda ovqat mahsulotlarini saqlash qat’iyan man etiladi.
PESTITSIDLARDAN ZAXARLANISH – Olib borilgan tekshirishlarning ko’rsatishicha organizmga pestitsidlarning tushishi asosan ovqat mahsulotlari orqali sodir bo’ladi. Ko’pincha surunkali zaxarlanishlar qayd qilinadi. XOB birikmalarining organizmga ta’siri birinchi navbatda MNS ning jarohatlanishi bilan kuzatiladi, keyinchalik parenximatoz organlar, endokrin sistema, yurak-tomir sistemasi jarohatlanadi. O’tkir zaharlanishlarda nerv sistemasining jarohatlanish belgilari, surunkali zaharlanishlarda esa parenximatoz organlar (jigar, buyrak) jarohatlanadi.
FOBlarning ta’siri mexanizmi asosida esteraza fermentlarining aktivligining pasayishi kuzatiladi, ayniqsa xolinesterava fermenti. FOBlar bilan zaharlanganlarda qusish, qorin sohasida og’riq, ich ketish, ko’zdan yosh oqish, keyinchalik esa MNS jarohatlanish belgilari yuzaga keladi: bezovtalanish, qo’rquv, bosh aylanish, qo’l va butun badanning qaltirashi. Ayrim karbamin k-ta guruhiga kiruvchi (baygon, sevin, betanol) pestitsidlar oksidlanish jarayonida ishtirok etadigan nuklein kislotasi almashuvini izdan chiqaradi.
Simob OB SN-guruhi fermentlarini bog’laydi, kapillyarotoksik va allergenlik xususiyatlarini nomoyon qiladi. Oldini olish choralariga kumilyativlik xusisiyatiga ega bo’lgan hamma turdagi pestitsidlarning atrof muhitda umuman bo’lmasligiga erishishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |