Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


Download 3.23 Mb.
bet127/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

SUTNING SIFATLILIGINI BAHOLASH uning organoleptik, fizikaviy, kimyoviy va mikrobiologik ko’rsatkichlari orqali amalga oshiriladi.
Sutning organoleptik ko’rsatkichlariga rangi, hidi, ta’mi, konsistentsiyasi kiradi. Sifatli sut oq va biroz sarg’ish rangda, o’ziga xos yoqimli ta’mga, yoqimli "sutli" hid va suyuq konsistentsiya (ammo suvga o’xshash emas) ga ega bo’ladi.
Fizikaviy xossalariga - uning solishtirma og’irligi yoki zichligi, yog’larning miqdori va mexanik aralashmalarning borligi kiradi.
Kimyoviy sifat ko’rsatkichlariga - uning yangiligi, sutni qalbakilashtirish maqsadida qo’shiladigan kimyoviy aralashmalarning (soda, kraxmal) borligi kiradi.
Mikrobiologik ko’rsatkichlariga, sutdagi mikrofloralar va ularning xarakterini kiritish mumkin.
Sutning ko’rsatilgan ko’rsatkichlarini tekshirishda qo’llanadigan asosiy usullar jadvalda keltirilgan:

Ko’rsatkichlar

Aniqlash usuli



Gig.meyorlari



1.Zichligi (solishtirma og’irligi):
past zichlik- suyultirilgan sut;
yuqori zichlik-yog’i olingan sut

Laktodensimetr yordamida



20o S haroratda, 1028 - 1,034

Yog’ning miqdori (%)



Butirometr yordamida



2,8 - 3,7%

Mexanik aralashmalarning borligi



Doka orqali suzishva keyinchalik uni ko’rish



Bo’lmasligi kerak



Sutning yangiligi va kislotaliligi

A)sutni fenolftalein ishtirokida NaON bilan titrlash
B) Qaynatish



Terner bo’yicha - 18-24

CHirib tushmasligi kerak



Soda aralashmasi



Rozol kislotasi bilan sifat reaktsiyasi



Sariq rang



Kraxmal aralashmasi



Yod eritmasi bilan sifat reaktsiyasi



Ko’kimtir rang



Bakteriologik ko’rsatkich



Ovqatli muxitga ekish, mikroskopda ko’rish



Patogen floralar bo’lmasligi kerak



Go’shtning sifatliligini baholash quyidagi organoleptik ko’rsatkichlarni (rangi, hidi, konsistentsiyasi, sho’rvasining ta’mi), kimyoviy ko’rsatkichlarni (ammiak, vodorod-sulfid, o’t kislotalari), mikrobiologik (gelmintlarning borligi) ko’rsatkichlarni aniqlash orqali amalga oshiriladi. Go’shtning sifatlilik ko’rsatkichlari 25 balli tizim bo’yicha baholanadi, ya’ni ballar yig’indisi 21-25 ballni tashkil etsa, go’sht yangi, yig’indi ballar 10-20 ballni tashkil etsa -ishonchli bo’lmagan yangi go’sht, eskirgan go’shtda esa - 10 balldan past bo’ladi.

Ko’rsatkichlar



Tekshirish usullari



Ko’rsatkichlarni baholash



Organoleptik:
-rangi
-konsistentsiyasi
-hidi



Ko’rish orqali
Barmoq bilan bosish
Qizitilgan pichoq namunasi



O’zgarishlar bo’lsa:
Rangda- 2 dan ballgacha chegirish
Konsistentsiyada - 2-5 ball
Hidi - 2-7 ball



Kimyoviy:
-uchuvchi yog’ kislotala-rining borligi;
-ammiakli azot borligi



Mis sulfatli namuna


Nessler reaktivi bilan reaktsiya





Ijobiy bo’lsa - 4 ball chegirish
Ijobiy bo’lsa -2 ball
chegirish



Mikrobiologik:
Finna va trixinellalarning
borligi



Ezilgan preparatlarni mikroskopda ko’rish



Ijobiy bo’lsa - 2 ball chegirish



Konservalarning sifatliligini baxolash. Konservalarning sifatliligini quyidagi ko’rsatkichlar bilan tekshiriladi:



Ko’rsatkichlar



Tekshirish usullari



Tashqi ko’rinishi:
-ezilish, zang dog’larining mavjudligi;
-bombajning borligi



Ko’rish orqali



Yorliqni tavsiflash, shtamp belgilarini o’qish



Ko’rish orqali



Zichligi



Issiq suvli namuna



Bankaning ichki yuzasining holati



Ko’rish orqali



Organoleptik ko’rsatkichlar: rangi, hidi, konsistentsiya, ta’mi



organoleptik



Fizik-kimyoviy ko’rsatkichlar:
-kislotaliligi;
-quruq moddalarning miqdori;
-osh tuzining miqdori



Laboratoriya usullari



Banka tublaridagi shtamp belgilarni o’qish uchun misollar;


Banka tubidagi shtamp belgilar: MM 232
122A37
O’qish:1 - qator : MM - go’sht - sut sanoati indeksi; 23 - zavod nomeri;
2 - chiqarilgan yilning oxirgi raqami (2002 y);
2-chi qator: 1 - smena raqami; 22 - oy sanasi; A - oy indeksi (A-yanvar, B-feral va x.k.), 37 mahsulotning assortiment raqami.
"37 assortiment raqamli go’shtli konserva №23 zavodda chiqarilgan, 1 smena, 22 yanvar 2002 yil".
Talabalarning mustaqil ishi uchun topshiriq:
1.Tavsiya etilgan suv namunasining sifatliligini baxolashni o’tkazish (rangi, xidi, konsistentsiyasi, ta’mi, zichligi, yangiligi, qo’shilmalarning bor-yo’qligi);
2.Tavsiya etilgan go’sht namunasining sifatliligini baholash (rangi, xidi, konsistentsiyasi, ammiak uchun namuna, gelmintlarning bor-yo’qligi).



Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling