Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi
Download 3.23 Mb.
|
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor
MASHG’ULOTNING MAZMUNI
Umumiy amaliyot vrachining asosiy vazifalaridan biri aholining oqilona ovqatlanish mahoratlarini shakllantirish hisoblanadi. Oqilona ovqatlanish deb organizmning faqat fiziologik ehtiyojini ta’minlabgina qolmay balki, shu shaxsda yuqori mehnat faoliyatini va organizmning tashqi tasurotlarga qarshi kurashish qobiliyatini oshira oladigan, faol yashash va mehnat qilish davrini oshiradigan va uzoq umr ko’rishni ta’minlaydigan ovqatlanishga aytiladi. Oqilona ovqatlanishga bir qator muayyan gigienik talablar qo’yiladi, ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 1.Kunlik ovqat ratsioni organizmning ozuqli moddalar va energiyaga bo’lgan fiziologik ehtiyojni shaxsning jinsi, yoshi, mehnat faoliyati turi, ayollar uchun esa - homiladorlik davri va ko’krak yoshidagi bolani emizish holatiga bog’liq holda ta’minlay olishi kerak. 2.Kunlik ratsion tarkibidagi ozuqli moddalar o’zoro muvozanatlashgan holda bo’lishi kerak. Mas., asosiy ozuqli moddalar - oqsil, yog’, karbonsuvlarning nisbati o’rtacha 1 : 1,2 : 4,6 bo’lishi kerak. 3.Kunlik ovqat ratsioniga kiritilgan taomlar yil faslini hisobga olgan holda kun davomida to’g’ri taqsimlangan bo’lishi lozim. Mas., yilning sovuqroq davrilarida nonushta uchun 30-35%, tushlikka -35-45%, kechki ovqatga - 25-30% to’g’ri kelishi kerak. Yilning issiq faslida esa, tushlikning energetik qiymatini kamaytirish va kechki ovqatning energetik qiymatini ko’paytirish talab etiladi, ammo ovqat iste’mol qilish sharoiti uyquga yotishdan 2 soat oldin bo’lishi lozim. 4.Kunlik ovqat ratsionidagi ovqat va maxsulot turlari harxil bo’lishi bilan birga, ratsionga yil faslini hisobga olgan holda sabzovot va mevalarni qo’shish maqsadga muvofiqdir. 5.Ratsion uchun mahsulotlarni tanlashda organizmning fermentlarga doir statusini, milliy urf-odatlarni hisobga olish kerak. 6.Ratsionga kiritiladigan mahsulotlar to’la sifatli bo’lmog’i darkor. Hamma gigienik talablarga va birinchi navbatda organizmning fiziologik ehtiyojiga muvofiq keladigan amaldagi ovqatlanishga adekvat ovqatlanish deyiladi. SHaxsiy ovqatlanishning adekvatligini baholash uchun ko’pincha so’rov usulidan foydalaniladi va keyinchalik o’rtacha kunlik ratsionning ovqatli qiymati va kaloriyaliligi hisoblab topiladi. Usulning mohiyati shundan iboratki, patsientni (yoki aholi guruhini) so’rash orqali uning ovqatidagi kunlik ovqat tarkibini va ularning miqdori aniqlanadi. So’ngra ovqatli moddalarning kimyoviy tarkibi keltirilgan maxsus jadval yordamida ovqat ratsionidagi oqsillar, yog’lar, karbonsuvlar, vitaminlar, mineral moddalar va ularning energetik qiymatlari topiladi. Keyin esa, olingan ma’lumotlarni ovqatlanishning fiziologik me’yorlari bilan taqqoslanadi. SHunday qilib, shaxsiy ovqatlanishning fiziologik ovqatlanish me’yorlariga muvofiqligini baxholash, quyidagi bosqichlardan tashkil topadi. 1.Hafta kunlari bo’yicha iste’mol qilingan taomlarning tabiati haqidagi ma’lumotlarni to’plash; o’rtacha kunlik ovqat to’plamini va ovqatli moddalarning miqdorini hisoblash; 2.Kunlik ovqat ratsionida bo’lishi kerak bo’lgan ovqatli moddalar va ratsionning energetik qiymatini hisobga olgan holda ovqat mahsulotlarini taomnomada ifodalash. 3.Tuzilgan taomnomadagi qiymatlarni ovqatlanishning fiziologik me’yorlari bilan taqqoslash. Kunlik ovqatlanish tartibi bo’yicha taomlarning oqilona taqsimlanganligi, yil fasllarini va ovqatlanishdagi milliy ana’nalar va b.q inobatga olib, yakuniy xulosa chiqarish uchun 1-3 kun davomida harbir talaba o’zining amaldagi shaxsiy ovqatlanish sifatini tahlil qilishi mumkin. Buning uchun quyidagi shaklda taomnoma tuziladi:
Ozuqli moddalarning borligi va miqdori va mahsulotlarning energetik qiymati, ovqatli moddalarning kimyoviy tarkibi jadvali yordamida hisoblanadi. So’ngra kun davomida iste’mol qilingan ovqatlar tarkibidagi umumiy oqsil, yog’, karbonsuv, vitaminlar, mineral moddalar va ratsionning energetik qiymati, hamda ularning kun davomida qanday taqsimlanganligi hisoblab topiladi. SHu bilan birga oqsil, yog’, karbonsuvlarning o’zoro nisbati hisoblanadi. Keyin kunlik ovqatlanishda iste’mol qilingan mahsulotlarning turli-tumanligi, yil faslini va ovqatlanishdagi milliy ana’nalarni hisobga olinganligi baholanadi. Mavzuni ko’rib chiqish yakunlanganidan so’ng talabalar "Ovqatlanishning adekvatligini o’rganish va baholash" mavzusidagi TO’TI bajarishlari uchun topshiriq oladilar (o’zlarining shaxsiy ovqatlanishlari misolida). Talabalar faoliyatining qadamba-qadamligi: 1.Xaftaning hohlangan kunidagi ovqatlanish haqidagi ma’lumotlarni to’plash (yaxshisi iste’mol qilingan taomlarning miqdori bo’yicha "o’rtacha" qiymatni olish). 2.Taomnoma tuzish 3.Taomnomadagi taomlar tarkibidagi mahsulotlarni to’liq ifodalanishi 4.Ratsionning ovqatli va energetik qiymatini hisoblash 5.Harbir ozuqli moddaning kunlik yig’indi miqdorini hisoblash 6.Oqsil, yog’, karbonsuvlarning nisbatini hisoblash 7.Ovqatlanish tartibi bo’yicha ratsionning foizlardagi taqsimotini hisoblash 8.Ovqatlanishdagi shaxsiy fiziologik me’yorlarni aniqlash (Pivovarov Yu.P., 7 bet, ovqatlanishning fimziolgik me’yorlari jadvali bo’yicha) 9.Oqilona ovqatlanishga bo’lgan gigienik talablarning harbir bandi bo’yicha amaldagi shaxsiy ovqatlanishning sifatini baholash 10.Ovqatlanish sifati xaqida xulosa chiqarish va uni to’g’rilash bo’yicha tavsiyalar berish (agar bunga zaruriyat tug’ilsa) 11.Ko’rsatilgan mavzu bo’yicha TO’II ko’rinishida bajarilgan ishning natijalarini rasmiylashtirish. Download 3.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling