Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali jamoat salomatligi va umumiy gigiena kafedrasi


Download 3.23 Mb.
bet129/212
Sana31.01.2024
Hajmi3.23 Mb.
#1818706
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   212
Bog'liq
Мутахасс. кириш мажмуа 2023 tayyor

TOKSIKOINFEKTSIYaLAR: Salmonella guruhiga kiruvchi tirik mikroorganizmlarni, patogen serotipiga kiruvchi ichak tayoqchasi mikroblari, protey, spora xillari kuchli ifloslangan sharoitda kelib chiqadi. Salmonellarning manbai bo’lib, hayvonlar, suvda suzuvchi qushlar (o’rdak, g’oz), tovuqlar, odam (bakteriya tashuvchi) hisoblanadi. SHartli patogenlik guruhiga kiruvchi mikroblarning manbai odam va hayvonlardir.
Taksikoinfektsiyalar ko’pincha go’shtdan tayyorlangan mahsulotlarni iste’mol qilganda, kolbasani tez buziluvchan turlaridan kelib chiqadi. Bundan tashqari taksikonfektsiyaning kelib chiqishiga sut mahsulotlari ham sababchi bulishi mumkin (agar u serilizatsiya kilinmasdan tayyorlangan bo’lsa), baliq mahsulotlari, tuxum, ayniqsa suvda suzuvchi parranda tuxumlari, muzqaymoq, kerakli konditer mahsulotlari.
Toksikoinfektsiyalar uchun quyidagi belgilar xosdir:
1.Qisqa, yashirin davrga ega bo’lgan va to’satdan sodir bo’ladigan (4-6 soatdan 24 soatgacha), va shu mahsulotni iste’mol qilganlarning barchasini kasallanishi;
2.Mahsulot tarqatilgan hududning o’zidagina kuzatilishi.
3.Mahsulotni iste’moldan chetlashtirilishi bilan kasallik tez pasayadi.
Salmonellezlar bilan zaharlanganlardagi klinik belgilar: to’satdan haroratining ko’tarilishi va harorat subfebrildan 39-400 gradusgacha, gastroenterit belgilari (ko’ngil aynish, qusish, ich ketish, qorin sohasida og’riq), tilning qurishi va tilning oq parda bilan qoplanishi, kollaps holatlarida badanning bo’zarib ketishi, lablarning ko’karishi, bosh og’rishi, grippsimon shakllar kuzatilganda tashxis qo’yish juda murakkablashadi.
TASHXIS: Kasallik chaqiruvchini ajratish (ekish), unining morfologiyasi va biologik xususiyatlarini aniqlash, serologik ta’riflash, bemorning qon zardobi bilan aglyutinatsiya reaktsiyasini qo’yish.
OVQATLI MIKOTOKSIKOZ
(Aflotoksikoz, fuzariotaksikoz, ergotizm)
Aflotoksikoz mo’g’or zahari orqali kelib chiqib, kuchli gepototoksik va gepatokontserogenli ta’sir xususiyatiga egadir. U mo’g’or ko’pincha yeryong’oq mag’izi talqonini ifloslaydi. Aflotoksizlarni kimyoviy va biologik usullar bilan ham aniqlash mumkin.
Fuzariotoksikozlar – alimentlar – toksik aleykiya va non orqali zaharlanish (pyano`y xleb) kiradi. Alimentar toksik alleykiyani kelib chiqishiga ayrim tur yoki shtamdagi mo’g’orlar hisoblanib, ular qor ostida qishda qolgan bug’doy donlarini zararlantiradi. Tashkis qo’yish uchun kasallik chaqirgan bug’doy donlari bilan kaptarlar boqiladi.
Non orqali zaharlanish bug’doy donlarini mo’g’orlar bilan zararlangan hollarda yuzaga keladi. Klinikasi: eyforiya, harakat koordinatsiyasini buzilishi, keyinchalik depressiya va holsizlanish.
ERGOTIZM – g’alla boshoqlarida bo’ladigan zaharli qora zamburug’lardir. Kasallik zararlanishdagi gangrenoz shakllari ham kuzatiladi.
Zaharli qo’ziqorinlar bilan zaharlanish – qurbaqasallar, muxomor, strochok, soxta to’nka zaburug’i (daraxt atrofida o’sadi) lar orqali kelib chiqadi.
Qo’ziqorinlar bilan zaharlanganda o’tkir gastroenterit belgilari kuzatiladi.
To’xtovsiz suyuq ich ketish (xolerasimon) kuzatiladi, chunki uning tarkibida AMANITIN nomli zahar bo’ladi.
Muxomor bilan zaharlanganda vegatativ MNS jarohatlanishi belgilari kuzatiladi, chunki uning tarkibida muskarin va muskaridin zaharlari bo’ladi:
Strochok tarkibida germitrin va gelvell kislotasi bo’lganligi sababli, sarg’ayish va gemoturiya yuzaga keladi.
Zaharlanishlarni oldini olish maqsadida aholiga zaharli qo’ziqorinlar haqida iloji boricha ko’proq tushintirish ishlari o’tkazilishi talab etiladi.
Zaharli hayvon mahsulotlari orqali zaharlanishlar – marinka, ignaqorin, muylovli baliq va sevan xromli baliqlarning ikralari va baliq sutlari qora mollarning ichki sekret bezlari – buyrak usti bezi, oshqozon osti bezi kabilarni iste’mol qilganda kelib chiqadi.
Zaharli o’simliklar orqali zaharlanishlar – zaharli o’simliklar qatoriga 100 ortiq turdagi o’simliklar kiritilgan: bangidevona (durman), mingdevona (belena), bodiyon yoki zangpoya (pyatnisto`y boligolov), belladon (krasavka), akonit yoki parpi, marjonbo’ta (buzina), O’rta Osiyoda esa ko’proq ko’k maraz yoki hazarangul (geliotrok), kampirchopon (trixodesma).
Agar bug’doy yoki arpa doni ko’kmaraz urug’i bilan aralashsa va iste’mol qilinsa toksik gepatit kampirchopon bilan ifloslanganda esa – enfetsafalit yoki meningoentsefalit rivojlanadi.. Zaharlanishlarni oldini olish uchun don mahsulotlarini, ko’k maraz va kampirchopon urug’lari bilan ifloslanmasligi, ifloslangan taqdirda uning tozalanishi talab etiladi.
Bundan tashqari ayrim hollarda achchiq danak mag’izlarini iste’mol qilinganda (shoftoli, o’rik, olcha, bodom) uning tarkibida amigdalin organizmda gidrolizlanishi natijasida sinil kislotasini hosil qiladi.
Ayrim hollarda kartoshka qish kunlarida noto’g’ri saqlanishi va bahorda o’sib ketishi natijasida uning tarkibida solonin hosil bo’ladi va u gemolitik xususiyatiga egadir.



Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling