Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot


Download 1.01 Mb.
bet11/120
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1790386
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

Moliya bozorining tasnifi


Har qanday iqtisodiy faoliyat pulga boʻlgan mablagʻ talab qiladi. Ishlab chiqarish qayerda boʻlmasin, moliyaviy munosabatlarni yuzaga keltiradi. Chunki makroiqtisodiyotning uchta asosiy masalasini, ya’ni nima ishlab chiqarish kerak, qancha ishlab chiqarish kerak, ishlab chiqarish faoliyatida olingan natijalarni qanday taqsimlash kerakligini faqat moliya yordamida hal qilinishi mumkin. Biz esa erkin iqtisodi- yotga asoslangan, roqobatli narx resurslaridan foydalanib boshqarila- yotgan bozor iqtisodiyoti sharoitidagi moliya bazorini oʻrganamiz.


Moliya bozori – tarixan pulning paydo boʻlishi va moliyaviy munosabatlarni amalga oshirilishi bilan paydo boʻlgan. Moliya bozori

  • bu jamiyatdagi moliya xizmatlari bozoridir, ya’ni bu moliya mablagʻlarni vaqtincha haq toʻlab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan boʻlgan munosabatlardir.

Moliya bozori – bu moliyaviy aktivlarning oldi- sotdi qilishi bora- sidagi ularni sotuvchilar bilan sotib oluvchilar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlaridir. Moliya bozori milliy va xalqaro xoʻjalik doirasida pul mablagʻlari erkin harakatining maxsus shaklidir.
Moliya bozori – juda keng tushunchadir. U keng ma’noli va murakkab iqtisodiy toifani tashkil qiladi hamda muayan moliya muas- sasalari orqali oʻzaro ta’sirida boʻladigan mulk egalari bilan sarmoya,
qarz oluvchilar oʻrtasidagi munosabatlarni tasvirlaydi. Moliya bozorining obyekti sotiladigan aksiyalar, obligatsilar, sertifikatlar va pulning oʻzi hisoblanadi. Uning subyekti esa firmalar, banklar, davlat, moliya institutlari va aholidan iboratdir. Hozirgi zamon iqtisodiyoti uchun moliya bozori oʻziga xos “aql markazi” hisoblanadi, uning rivojlanish darajasiga qarab mamlakat iqtisodiyotining “ahvoli” haqida fikr yuritish mumkin, chunki moliya bozoriga ta’sir koʻrsatib jamiyatning iqtisodiy faolligini boshqarish mumkin.
Moliya bozori bu jamgʻarilgan pul mablagʻlarining joylashtiri- lishini tartibga soluvchi, iqtisodiyotni rivojlantirishga yoʻnaltiruvchi aniq mexanizm boʻlib, bozor iqtisodiyotida majud jamgʻarmalarni samarali ishlatish imkonini beradi.Hozirgi zamon iqtisodiyoti uchun moliya bozori oʻziga xos “asab markazi”17 hisoblanadi, uni mamlakat iqtisodiyotining barometri deb atash mumkin.
Insoniyat tarixida jamgʻarmalarni saqlashning ikki usuli mavjud:
-naqd pullarni saqlash yoki omonat banklariga qoʻyish;
-qimmatli qogʻozlar sotib olish, unga doir huquqlarni amalga oshirish va koʻchmas mulk hamda aktivlarni boshqarish.
“Moliya bozori” - atamasi keng tushuncha boʻlib, xususiylashti- rish jarayoni bilan chambarchas bogʻliq. Bu bozor munosabatlarining muhim qismi hisoblanib, moliya resurslari,ya’ni pul va unga tenglashtirilgan qogʻozlar bozori ham deyiladi.
Xalqaro moliya institutlarining 150 dan ortiq mamlakatlarda oʻtkazgan tadqiqotlari natijasida moliya bozorining ikki modeli aniqlangan:

  1. Anglosakson modeli – bu model birjaviy bozor boʻlib, bankdan tashqari investorlar va korporativ aksiyalar bilan operatsiyalar ustun- likka ega. Bunga asosan: - investitsiyalar manbai fond bozori, aksiyalar qimmatli qogʻozlar bozorining eng yirik segmenti hisob- lanadi; - Fond bozorining ishtirokchilari, ya’ni moliya institutlari yuqori salmoqqa ega; - mulkchilik shakli – kollektiv-jamoa investitsiyalash institutlari; - bozorning oydinlik darajasi – cheklashlar kam.

Bu modelning eng asosiy koʻrsatkichlardan biri – banklarning birjadan ajralib turishidir, ya’ni ular qimmatli qogʻozlar bilan kam





17 https://mgimo.ru/files/31989/31989.pdf
shugʻullanadilar (bu model AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada va boshqa mamlakatlarga mansub).

  1. Yevropa kontinental (German) modeli. Bu modelga asosan: - investitsiyalar aksiyalar, qarz majburiyatlarini ifodalovchi instrumentlar orqali amalga oshiriladi;

    • fond birjalarining instrumentlari – bank krediti, obligatsiyalardir;

    • banklar asosiy oʻrinni oʻynaydilar; - mulkchilik shakli – davlat va yirik korporativ tizimlarning ulushi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bu model Germaniya, Avstriya, Yaponiya uchun harakaterlidir. Bu model asosida bank bozori, kredit tashkilotlari va davlat qimmatli qogʻozlari bilan operatsiyalari ustunligi muhim rol oʻynaydi.

Oʻzbekistonda moliya bozori modeli aralash (gibrid, qoʻshma) modeliga mansub boʻlib, oʻzida ikki model elementlarini ma’lum darajada mujassamlashtirgan.
Moliya bozori tarkibiga quyidagilar kiradi:

    • pul bozori;

    • qimmatli qagʻozlar bozori;

    • valyuta bozori;

    • investitsiya bozori;

    • ssuda kapitali;

    • sugʻurta bozori va h.k.

Moliya bozori – bu bozorning maxsus shakli boʻlib, bu yerda moliya resurslari, ya’ni pul va daromad keltiruvchi qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisi yuz beradi. Moliya bozorini tarkiban qimmatli qogʻozlar bozori va qarzga beriladigan pul bozoridan iborat boʻladigan desak ham xato boʻlmaydi. Qarz puli tabiatdan bir xil emas. U birinchidan, pulni ishlatib, daromad topishni koʻzlaydi, bunda pul kapital shaklini oladi. Ikkinchidan esa, pul shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi va oddiy toʻlov yoki xarid vositasini oʻtaydi.
Birinchidan: Pul bozori – pul egalari yoki uni saqlab turuvchilar va pulga muhtoj boʻlgan subyektlar oʻrtasidagi munosabatlarni oʻz ichiga oladi. Pul bozori davlat xazinasiga bevosita naqd pul tushishini ta’minlaydi va firma yoki jismoniy shaxslarga oʻzlarining vaqtinchalik boʻsh mablagʻlaridan daromad olishga imkon beradi.
Ikkinchidan: qimmatli qogʻozlar bozori u daromad keltiruvchi dividend va foiz keltiruvchi qimmatli qogʻozlar muomalasi orasidagi munosabatlarni oʻrganuvchi bozordir.
Uchinchidan: Valyuta bozori – bunda turli mamlakatlar valyutasi oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda korxona, firma, davlat idoralari va fuqarolar qatnashadilar. Valyuta bozori amaliyotda valyuta bilan savdo qiluvchi banklar va valyuta auksion koʻrinishida boʻladi. Hozirgi vaqt- da valyuta muomilalari asosan AQSH dollarida va yevroda olib boriladi.
Toʻrtinchidan: Investitsiya bozori – foyda, dividend yoki daromadlarning boshqa shakllarini olish maqsadida saqlab, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarga, shuningdek qimmatli qogʻozlarga sarmoya qo‘yish borasidagi munosabatlarni oladi.
Beshinchidan: Ssuda kapitali bozori – bank tomonidan ma’lum muddatga beriladigan qarz pullar borasidagi munosabatlarni oʻz ichiga oladi.
Oltinchidan: Sugʻurta bozori - oʻz mol-mulkini sugʻurta qilish borasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan sugʻurta tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlarni oʻz ichiga oladi.
Moliya bozori yordamida moliya resurslarini betoʻxtov shakllan- tirish, ulardan samarali foydalanish, sarmoyalash amalga oshiriladi. Moliya bozori iqtisodiyotda pul mablagʻlari harakatini tashkil etadi. Moliya bozori boʻsh pul mablagʻlarini safarbar etib, ularni moliyaviy resurslariga aylantiradi. U kapitalga aylanayotgan pulni xoʻjalikning turli sohalari oʻrtasida erkin koʻchib yurish, moliya resurslaridan erkin va oqilona foydalanishni ta’minlaydi. Ayniqsa, bu innovatsiyada, ishlab chiqarishning tarkibini qayta qurishda qoʻl keladi. Muhimi shuki, u aholini qoʻlidagi oʻlik, harakatsiz pulni jonli, daromad keltiruvchi pulga aylantiradi.
Moliya bozori orqali moliyaviy munosabatlar demokratiyalashadi, xoʻjalikni moliyalashtirishda xalqning puli qatnashadi, xalq oʻz pulidan daromad koʻradi.
Qimmatli qogʻozlar –hujjatlar boʻlib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi oʻrtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosobatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad toʻlashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga oʻtkazish imkoniyatini nazarda tutadi.Bu bozorda ham sotuvchilar, ham xaridorlar munosabatda boʻladilar. Qimmatli qogʻozlarning asosiy (fundamental) xususiyati ularning aylanuvchanligi va likvidligidir (tez pulga aylana olishi).
Aylanuvchanlik – bu qimmatli qogʻozlarning bozorda xarid qilinishiga va sotilishga, shuningdek, koʻpchilik hollarda boshqa tovarning aylanishini osonlashtiruvchi mustaqil toʻlov vositasi sifatida qoʻllanishga qodirligidir. Qimmatli qogʻozlarning iste’mol qiymati shundan iboratki, ular orqali qimmatli qogʻoz egasi oʻz kapitalini oshi- rish, saqlash, korxonani boshqarishda ishtirok etishdan aniq talablarini qondiradi
Likvidlik – bu qimmatli qogʻozlarning bozor narxi kamroq oʻzgarib turishi hamda sotish uchun unchalik koʻp boʻlmagan xarajat- lar bilan, shuningdek, oʻz egasi uchun deyarli zararsiz holda tezda soti- lishi va pul mablagʻlariga (naqd va naqdsiz shaklda) aylanish qud- ratidir.
Qimmatli qogʻozlarning yana bir asosiy xususiyati borki, bu xatar (risk), yoʻqotishlar bilan bogʻliqdir.
Turli mualliflar jahon moliya bozori atamasini bir xilda izohla- maydilar. Koʻpincha ushbu tushunchadan koʻplikda: jahon moliya bozorlari koʻrinishida foydalaniladi. Bundan tashqari, jahon moliya bozorini xalqaro moliya bozorlari va jahon ssuda kapitali bozori tu- shunchasiga oʻxshatish uchrab turadi. Jahon moliya bozori atama- sining turli izohlardagi qat’iy farqi uning keng yoki tor ma’nodagi izohi hisoblanadi. Bunda keng yoki tor ma’nodagi izoh ham turlicha tushuniladi.
Moliya bozori – bu moliyaviy resurslar bozoridir. Moliya bozori ikkiga boʻlinadi:
-qarz majburiyatlar bozori
-kapital bozori
Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtin(yoki bir umrga)cha qarzga olinadi va shaxsiy iste’mol uchun ishlatiladi.
Kapital bozorida jamgʻarishga qoʻyilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi.Bu ozorda mablagʻlar kapital sifatida ishga solinib,foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapital bozorini ikkiga ajratish mumkin:
-ssuda kapital bozori
-qimmatli qogʻozlar bozori
Ssuda kapital bozori–pul shaklidagi kapitalning foiz toʻlash sharti bilan qarzga berish boʻyicha oldi sotdi munosabatidir. Bu bozorda
asosan davlat va banklarning muddatli(muddatsiz)majburiyatlari muomaladagi boʻladi.
Qimmatli qogʻozlar bozori–turli koʻrinishdagi qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilar)ning oldi-sotdi munosabatidir.
Moliya bozorini umuman olganda, quyidagicha ta’riflash mumkin: Moliya bozori–bu monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent moliyaviy instrumentlar bilan bogʻliq tashkillashgan iqtisodiy huquqiy mexanizm bilan ta’minlangan munosabatlarni maqsadli amalga oshiruvchi, iqtisodiyot subyektlari uchun zaruriy bozor sharoitlarini yaratib beruvchi majmua sifatida namoyon boʻluvchi tizimdir.
Moliya bozori har qanday mamlakatning umumiy bozorini tarki- biy, ammo asosiy va alohida qismidir.Lekin moliya bozorining asosiy real tovarlar bozoridir.Bunda moliya bozori real iqtisodiyot va tovar bozorining ustqurmasi sifatida namoyon boʻlishi bilan birga tovar bozori va iqtisodiyotni moliyaviy ta’minlaydi va muvofiqlashtiradi, umuman iqtisodiyotning obyektiv holatini ifodalaydi va rivojlanishini belgilaydi.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling