Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot


Download 1.01 Mb.
bet28/120
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1790386
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   120
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

1,2 va 3 guruh likvid mablag‘lar


K l =

Qisqa muddarli qarz majburiyatlari


Qoplash koeffitsiyenti (Qp)ni hisoblashda barcha likvid mablagʻ- larning qisqa muddatli majburiyatlarga nisbati olinadi. Qoplash koefi- tsiyenti likvidli aktivlar qanchalik darajada qisqa muddatli majburiyat- larni qoplay olishi mumkinligini ifodalaydi. Agar korxonaning likvid aktivlari uning qisqa muddatli majburiyatlarini 2 va undan ortiq baro- bar qoplasa, subyektning moliyaviy ahvoli shunchalik barqaror hisob- lanadi. Ba’zi hollarda xoʻjalik subyektlari faoliyatida ehtiyojdan yoki normativdan ortiqcha tovar moddiy boyliklar (ayniqsa, mavsumiy korxonalarda) zaxiralarining yuzaga kelishi yaxshi ishlaydigan kor- xonalarda ham qoplash koeffitsiyentining past boʻlishiga olib kelishi mumkin. Lekin qoplash koeffitsiyenti 1dan kam boʻlmasligi lozim. Qoplash koeffitsiyentining 1 ga tengligi likvid aktivlar kreditlar va zayomlar hisobidan tashkil qilinganligi va likvid aktivlarni tashkil qilishda korxonaning oʻz mablagʻlari ishtirok qilmaganligini koʻrsatadi. Qachoki qoplash koeffitsiyenti 1dan kichik boʻlsa,xoʻjalik subyektining moliyaviy ahvolida muammolar borligi, uning barqaror emasligi toʻgʻrisida xulosa qilish mumkin chunki korxona oʻz majburiyatlarini qoplay ololmaydi:


1 va 2 guruh likvid mablag‘lari


K l =

qisqa muddarli qarz majburiyatlari


Qoplash koeffitsiyenti mijozning qisqa muddatli majburiyatlarini toʻlash uchun barcha turdagi aylanma mablagʻlarning yetarli darajasini aniqlashga imkon beradi.
Likvidlilik koeffitsiyenti qarz oluvchi oʻz mablagʻlari hisobidan qarzning qancha qismini toʻlay olish qobiliyatini koʻrsatadi, ya’ni bu koeffitsiyentdan mijozning yaqin kelajakda operativ ravishda bankka qarz toʻlab berish qobiliyatini prognozlash uchun foydalaniladi. Likvidlilik koeffitsiyenti qancha yuqori boʻlsa, kreditga layoqatlilik shuncha yuqori boʻladi.
Korxonaning oʻz mablagʻlari bilan ta’minlanganligi muxtoriylik koeffitsiyenti umumiy korxona balansi passivining qancha qismi korxonaning oʻz manbalaridan tashkil topganligini baholaydi va qarz mablagʻlari ichidagi korxona mustaqilligini aks ettiradi.
Moliyaviy mustaqillik yoki muxtorlik koeffitsiyenti (Km) mijozning oʻz mablagʻlarining barcha mablagʻlar manbalari ichida tutgan salmogʻini, ya’ni korxona faoliyatining qancha qismi oʻz kapitali hisobidan moliyalashtirilishini koʻrsatadi va quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling