Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot


Birinchi guruh likvid mablagʻlarga


Download 1.01 Mb.
bet27/120
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1790386
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   120
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

Birinchi guruh likvid mablagʻlarga:


  • pul mablagʻlari, jumladan hisob - kitob varagʻi;

  • valyuta hisob varagʻidagi;

  • boshqa hisob varaqlardagi va kassadagi pul mablagʻlari kiradi.

Ikkinchi guruh likvid mablagʻlariga tez pulga aylanadigan talablar (bu talablarning muddati odatda 3 oydan oshmasligi lozim):

  • ishonchli debitorlar va koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha hisob - kitoblar;

  • muddati 3 oygacha boʻlgan avans toʻlovlar;

  • budjet bilan hisob - kitoblar;

  • korxonalar bilan qisqa muddatli xarakterga ega boʻlgan boshqa operatsiyalar;

  • ishchi - xizmatchilar bilan hisoblashishlar;

    • ta’sischilar hamda boshqa debitorlar bilan hisob-kitoblar.

Ikkinchi guruh likvid mablagʻlarning aksariyat qismini yaqin 3 oy ichida toʻlanish lozim boʻlgan debitorlar tashkil qiladi. Shuning uchun kredit berishda bu likvid aktivlarning haqiqatda 3 oy ichida pulga aylanish ehtimolini chuqur tahlil qilish lozim.

    • 3 oy da toʻlanishi lozim boʻlgan veksellar;

    • xorijiy korxonalar bilan hisob - kitoblar;

Uchinchi guruh likvid mablagʻlariga tez sotiladigan tovar moddiy qimmatliklarining zahiralari boʻyicha talablari kiradi:

    • ishlab - chiqarish zaxiralari va kelgusi davr xarajatlari;

    • tugallanmagan ishlab chiqarish;

    • tayyor mahsulot;

    • tovarlar;

    • boshqa zaxiralar va xarajatlar kiradi. Qisqa muddatli majburiyatlarni aniqlashda:

  1. oʻzgartirishlar kiritmasdan quyidagi koʻrsatkichlar olinadi:

    • qisqa muddatli qarzlar;

    • qisqa muddatli kreditlar;

    • buyurtmachilardan tushgan avanslar; Kreditorlar:

    • mol yetkazib beruvchilar oldidagi qarzlar;

    • budjetga qarzlar;

    • ish haqi boʻyicha qarzlar;

    • ijtimoiy sugʻurta va ta’minot boʻyicha qarz;

    • mulk va shaxsiy sugʻurtalash boʻyicha qarz;

    • budjetdan tashqari toʻlovlar boʻyicha qarz;

    • shoʻba korxonalar boʻyicha qarzlar;

    • uyushma korxonalar boʻyicha qarzlar;

    • boshqa kreditorlar;

  1. oʻzgartirishlar kiritilib quyidagi koʻrsatkichlar olinadi (yaqin uch oy muddatga):

    • uzoq muddatli qarzlar;

    • uzoq muddatli kreditlar.

Uchinchi guruh likvid mablagʻlarini tahlil qilganda, tovar – mod- diy boyliklarning haqiqatda ishlab chiqarish uchun zarurligiga e’tibor berish lozim. Kreditga layoqatlilik koʻrsatkichlarini hisobga olganda aylanma aktivlar tarkibiga:

  • korxona omborida turib qolgan, ishlab chiqarish uchun zoʻr boʻlmagan tovar moddiy boyliklar;

  • ishlab chiqarishdan olib tashlangan tovarlar;

  • talab boʻlmagan,sifatsiz tovar - boyliklar;

  • qiyin sotiladigan tovarlar va boshqalar qoʻshilmasligi kerak. Agar mijozning likvid aktivlari uning qisqa muddatli majburiyat-

laridan ikki barobar va undan ortiq, boʻlsa, mijoz moliyaviy jihatdan barqaror hisoblanadi.
Mijoz balansi va boshqa moliyaviy hujjatlarga asosan kreditga loyoqatlilik koʻrsatkichlari aniqlanadi.
Likvidlilik koeffitsiyenti (Kl) quyidagicha hisoblanadi:

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling