Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot


Moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili


Download 1.01 Mb.
bet26/120
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1790386
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

Moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili


Korxona uchun investitsion qarorlar qabul qilish juda qiyin vazifa hisoblanadi. Bunda asosiy mezon korxona qiymatlarini oshirish mezonlariga qaratiladi. Uning omillari boʻlib korxona daromadlari oʻsishi, moliyaviy risk yoki ishlab chiqarish harajatlarining kamayishi, korxona ishlari samaradorligi darajasini oshirish hisoblanadi.


Real investitsiya loyihalari boʻyicha bunday natijalarga erishish uchun, har qanday loyihaning samaradorligini baholash zarur boʻladi. Shunday qilib ivestisiya loyihalarining samaradorligini aniqlash mu- him ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki loyihaning samarador- ligini baholash darajasidan qoʻyilgan kapitalning qaytib kelish mud- dati, korxonaning rivojlanish sur’ati hamda boshqa ijtimoiy- iqtisodiy muommalarni hal qilish imkonini beradi.
Chet el mamlakatlarining tajribasini, shu bilan birga YuNIDO19 (United Nations Industrial Development Organization ) tavsiyalarini hisobga olgan holda investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash ikki mezon asosida, ya’ni moliyaviy va iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi.
Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashning bu ikkala mezoni ham bir-birini toʻldirib turadi. Moliyaviy baholash investitsiya loyihasini umumiy realizatsiya (amalga oshirish) jarayonidagi likvidli- gini tahlil qilishda ishlatiladi.



19 ЮНИДО-Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг ташкилий бўлинмаси бўлиб, унинг асосий вазифаси БМТга аъзо мамлакатлар саноати ривожланишига ёрдам беришдир.
Boshqacha aytganda, moliyaviy baholash vazifasi, loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun, uning jami moliyaviy majburiyatlarini bajarishga korxonaning yetarli moliyaviy resurslari boʻlishini belgilashdir.
Korxonalarning kreditga layoqatliligini aniqlashda turli xil koʻrsatkichlardan foydalaniladi. Koʻrsatkichlar soni chegaralanmagan, ya’ni qarz oluvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir tijorat banki uni oʻzi mustaqil aniqlaydi. Banklar orqali qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholash turlicha boʻlishi mumkin, lekin ular- ning hammasi ma’lum bir andozaga tushirilgan moliyaviy koeffisi- yentlardan foydalanadilar. Ularga:

  • qoplash koeffitsiyenti;

  • likvidlilik koeffitsiyenti;

  • mustaqillik(muxtoriylik) koeffitsiyenti, ya’ni oʻz mablagʻlari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti kiradi.

Likvidlilik mijozning oʻz majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishini (qoplanishini) bildiradi. Likvidlilik va qoplash koeffitsiyentlari qarz oluvchining balans likvidliligini, ya’ni passivdagi majburiyatlarni qop- lash uchun aktivdagi pul mablagʻlarining yetarlilik imkoniyatlarini tas- virlaydi.
Qoplash va likvidlilik koeffitsiyentlari balansning aktiv va passiv- larini solishtirish yo‘li bilan hisoblanadi. Likvid mablagʻlar oʻzining tez pulga aylanishi darajasiga qarab 3 guruhga boʻlinadi.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling