Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 32.81 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi32.81 Kb.
#1477838
Bog'liq
давлатило


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETI
TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI
FANIDAN
KURS IShI
Mavzu: O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanib o’quvchi yoshlarning
irodaviy sifatlarini
Bajardi:Raximova O.
Tekshirdi:Arabova M.
TOSHKENT-2013
Mundarija.
Kirish.
Asosiy qism:
1. O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanib o’quvchi yoshlarning irodaviy
sifatlar-ini tarbiyalashning mazmun va mohiyati.
2. O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanib o’quvchi yoshlarning irodaviy
sifatlar-ini tarbiyalash texnologiyasi.
3. O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanib o’quvchi yoshlarning irodaviy
sifatlar-ini tarbiyalashning imkoniyatlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish.
Kichik yoshdagi maktab o‘kuvchilari shaxsini rivojlanishida milliy xalk
o‘yinlarini roli O‘zbekiston Respublikasi mustakil davlat sifatida
rivojlanish va tarakkiyot yo‘liga chikdi. O‘zbekiston kelajagi xozirgi yosh
avlodni kanday tarbiyalashga ko‘p jixatdan boglik. Respublikamizda
boshlangich ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining birinchi boskichi IIV sinflar shaklida tashkil etiladi. Boshlangich ta’limning maksadi xar bir bolada mavjud bulgan iktidorlik, layokat va obiliyatlarni, sezgirlik va kizikishlarni erkin rivojlantirish, ijobiy xulkiy dunyokarash, kabul kilish kabi
sifatlarni, milliy va fukarolik burchi va xis-tuygusini o‘stirishdan iborat. Boshlangich ta’limning vazifalaridan biri bola faoliyatini uyushtirishda
o‘kituvchining pedagogik maxorati, ilmiy-metodik layokati, xar tomonlama
yetukligi, yuksak axlokiyligi, bolalarning esa yoshi, kuchi, extiyoji,
tayyorligi, imkoniyati va muxiti kabi xayotiy omillar xal kiluvchi axamiyatga
ega. Bolaning tolikishi va zo‘rikishiga yo‘l ko‘ymaydigan usullarni topish,
mashgulotlar mazmuniga o‘yin vositalarini kengrok singdirish, xar bir sabok
bolalarning sogligini, ruxiy, ma’naviy va jismoniy tomondan muxofaza etish
uchun xizmat kilishga erishish zarurligi, boshlangich ta’lim yosh avlodning
go‘zal, odobli, sezgir, ziyrak, zukko, farosatli, ongli va intizomli, yuksak
madaniyatli, milliy gurur egasi kilib tarbiyalash, ularda vatanparvarlik,
baynalminallik, fukarolik burchini xis etishdek zarur sifatlarni o‘stirish
lozimligi xakida fikr yuritilgan.
Boshlangich ta’limda Davlat standarti talabi asosida darsliklar xajmini
ixchamlab, zarur bo‘lsa kismlarga bo‘lib, rangdor rasmli, bolalarbop kilib
chop etish, nazariy asoslangan matnlar, o‘yinlar vositalari bilan boglanishi,
didaktik talablarni o‘zida aks ettirgan bo‘lishi lozim. Unda xalk
pedagogikasining durdonalari, xikmatlari, xalk ogzaki ijodining eng yaxshi
namunalari: ertak, makollar, topishmoklar, ko‘shiklar, termalar, o‘zbek xalk
o‘yinlari, laparlar o‘rin olmogi kerak.
Boshlangich sinf o‘kuvchilari asosan tasavvur kilishi orkali fikr
yuritadilar. Shuning uchun xam ular ko‘pincha o‘ynash, jismoniy xarakat
kilishga intiladilar. Shu sababli yangi dastur asosida o‘tkaziladigan
darslarimizda o‘yin mashgulotlari tez-tez o‘tkazilib turadi. Chunki, yosh
bolaga berilayotgan bilimni o‘yinlar orkali singdirsak, ular uchun kuruk
koida yodlash va uzluksiz mashk ishlataverishdan kizikrok tuyuladi. Bunda
to‘gri tanlangan tashkiliy o‘yinlar darsda xar bir o‘kuvchining xar tomonlama
imkoniyatlarini beradi, madaniy xordik chikaradi.
O‘yin bola xayotida muxim o‘rin tutadi. Men Ko‘kon shaxridagi 37-o‘rta umumta’lim maktabida pedagogik amaliyot davrida shuni guvoxi
bo‘ldimki, o‘yin orkali bolalar tevarak-atrof, turli predmetlar xakida bilimga
ega bo‘ladilar. Shu tufayli ta’lim jarayonini o‘yin shaklidan foydalangan
xolda tashkil etish ko‘zlangan maksadlarga erishish imkoniyatini beradi.
O‘yin tarbiyaviy axamiyatga xam ega, chunki bu jarayondagi
o‘kuvchilar o‘zaro munosabatga kirishadilar, natijada ularning xulk-atvori,
muomila madaniyatida ijobiy sifatlar shakllanadi va tarkib topadi.
O‘yin. Bu tushuncha ostida olam jaxon ma’no bor. U bolalarning
doimiy yo‘ldoshi, kuvnoklik, xushchakchaklik kabi ijobiy xis-tuygularining
bitmas-tuganmas manbaidir.
Lekin, o‘yin bolalar uchun fakat ermak deb karalmasligi kerak. Bolalar
xayotida o‘yinning vazifasi bir muncha kengdir. Ota-bobolarimiz, buyuk
allomalar va mashxur pedagoglar bolalar o‘yiniga yosh avlod ta’limtarbiyasida juda muxim rol o‘ynovchi vosita deb karaganlar.
Inson bolasi xar kanday yaxshi rivojlangan xayvon bolasidan shu bilan
fark kiladiki, u juda yoshlikdan boshlabok atrofga dikkat bilan nazar
tashlaydi, ranglar jilosini ko‘radi, tovushlar simfoniyasini tinglaydi. U
atrofdagi narsalarning xilma-xilligidan xayratlanadi, ular xakida o‘ylaydi,
kattalarga savollar bilan murojaat etadi yoki o‘sha savolga o‘zi javob izlaydi.
Bolaning kuvnok, xushchakchak yashashi va mazmunli xayot
kechirishi uchun nima kerak? Kanday kilsa boladagi turli-tuman xistuygularni barvakt uygotish, fikrining rivojlanishiga turtki berish, nutkini
o‘stirish, savodxonligini oshirish, uning borligini yokimli, jozibali va
mazmunli kilish mumkin? Javob bitta: O‘YIN!
Kursi ishining maqsadi. O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanib
o’quvchi yoshlarning irodaviy sifatlarini tarbiyalashning imkoniyatlarini
aniqlash undan foydalanishning shakl va usullarini asoslab berish.
Kurs ishining ob’ekti. O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanib o’quvchi
yoshlarning irodaviy sifatlar-ini tarbiyalash jarayoni
Kurs ishining predmeti O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanib
o’quvchi yoshlarning irodaviy sifatlar-ini tarbiyalashuning shakl va yo‘llari.
Kurs ishining vazifalari:
1. O’zbek xalq o’yinlariga oid adabiyotlarni tahlil qilish.
2. O’zbek xalq o’yinlaridan foydalanib o’quvchi yoshlarning
irodaviy sifatlar-ini tarbiyalashuning shakl va usullarini asoslab
berish.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, asosiy qism, xulosa, foydalangan
adabiyotlar ro’yxati.
Mustakil O‘zbekistonimizning istikloli tufayli, boshka soxalarda
bo‘lganidek, boshlangich ta’lim soxasida xam katta o‘zgarishlar yuz
bermokda. Buni biz boshlangich sinflar faoliyatiga milliy urf-odatlar,
an’analarning dadil kirib kelayotgani, barcha darslarning davlat tilida
o‘tilayotgani kabi misollarda ko‘rishimiz mumkin. Eng kuvonchlisi o‘zbek
xalk milliy o‘yinlarining maktab dasturlaridan keng o‘rin olishidir.
Xalk o‘yinlari xalk ijodining o‘ziga xos turi bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga
ega. Xar bir xalkning o‘z milliy o‘yinlari mavjud. Ular o‘sha xalkning
madaniyati, urf-odatlari, ijodi, mexnat faoliyati asosida vujudga keladi.
Shuningdek, o‘zbek xalk milliy o‘yinlari xalkimizning buyuk merosi sifatida
kadim zamondan bugungi kungacha saklanib va saykallanib kelmokda.
Ma’lumki, kadimda o‘zbek xalk o‘yinlari katta sayillarda, ommaviy
tamoillarda keng ko‘llanilgan. O‘zbek xalk milliy o‘yinlarining tuzilishi,
mazmuni turlicha bo‘lib, ular xalkimizning moddiy, maishiy va ma’naviy
tarixini o‘rgatishda muxim manbaalardan biri xisoblanadi.
Bobokalonlarimiz Maxmud Koshgariy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali
Ibn Sino asarlarida xam bolalar ijodkorligi, folklor o‘yinlariga taallukli
ma’lumotlar juda ko‘p uchraydi. Jumladan, «Devanu-lugatit turk» kitobida
o‘yinlarning tur va yo‘nalishlari xakida kizikarli ma’lumotlar keltirilgan.
O‘zbek pedagogikasi tarixi ravnakiga katta ulush ko‘shgan iste’dodli
murabbiy, shoir, zabardast olim va moxir tarjimon Muxammad Rizo Ogaxiy
(1809-1870) «Ta’vizul-oshikin» devonida o‘zbek milliy o‘yinlari:
chavandoz, ot ustida kurash tushish, ot ustida kilichbozlik, chavgon, yogoch
ot, chillak, sopkon, kamondan otish bo‘yicha merganlik, shatranj, karda,
dorboz, poyga, varrak, yogoch xukka, masxarabozlik, tosh ko‘tarish, pachok
o‘yini, oshik o‘yini, to‘p o‘yini va boshkalar to‘grisida ma’lumotlar berib, bu
o‘yinlarning koidalarini birma-bir izoxlaydi. Ogaxiy «Kurash» she’rida xalk
milliy sport o‘yinlaridan bo‘lgan kurashni juda yaxshi bayon etadi.
Biri – biriga zo‘r izxor aylab,
Yikorga ne allakim bor aylab.
Buyun olib bariga ko‘rguzib sho‘r
Biri changak solib, izxor etib zo‘r,
Madad chun biriga tam’ yeturdi,
Ko‘tarib birni andok yerga urdi.
Ogaxiy fikricha, kurash bilan shugullanish bolalarni kat’iy intizomga
odatlantiradi, u kuchiga ishonch xosil kilish bilan birga, ularning jismoniy va
akliy kamolotiga ijobiy ta’sir kiladi. U «Poyga ta’rifida» asarida poygaga
tibbiy va jismoniy tarbiya nuktai-nazaridan baxo beradi. «Otda yelish
bolaligida gavdasini tutolmaslikka mubtalo bo‘lgan kishilarni aklining
susayishidan, yurak xurujlaridan xalos etadi va jismonan bakuvvat kiladi, uni
orzu-umid bilan yashashga, intilishga undaydi», - deydi.
Bolalar o‘yinining yana bir foydalisi chavgon o‘yini bo‘lib, u bolalarni
jangga o‘rgatib, toblab, chiniktirib, jismoniy kuch-kuvvatini oshirib boradi.
Bu xakda u shunday yozadi:
Chikib maydon aro to kuyu-chavgon o‘yinni ko‘ring,
Agar mushkul desang mushkul, va gar oson desang oson ...
So‘z va ko‘shikli o‘yinlar esa bolalarning nutkini o‘stirish bilan
birgalikda, ularni chechanlikka o‘rgatadigan tarbiya vositasi ekanligini
tushuntiradi.
Shu tarzda Ogaxiy o‘zbek milliy o‘yinlari bolalarni ziyraklikka
o‘rgatishda, jismonan bakuvvat bo‘lib o‘sishda muxim tarbiya vositasi
ekanini yorkin ifodalab bergan. Xullas, kadimda milliy o‘yinlarimiz buyuk
allomalarimiz va mutaxassislarimizning asarlari orkali bizga xam yetib keldi.
Mustakil o‘lka yoshlarining xar tomonlama kamol topgan shaxs kilib
tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning, kolaversa, milliy jismoniy tarbiya
usullarining axamiyati juda katta. O‘lkamiz tarixiga nazar tashlasak, kadim
zamonlarda milliy sport, xarakatli o‘yin va ko‘ngil ochishlardan otabobolarimiz, ona-momolarimiz bayramlarda, sayillarda keng foydalanishgan.
Navro‘z, xosil bayramlari, Ramazon xayiti, Kurbon xayit va boshka
bayramlarda ulok chopish, kurash, ko‘pkari kabi xilma-xil o‘yinlar, ko‘ngil
ochishlar o‘tkazilgan.
Milliy jismoniy mashklar sport va xarakatli o‘yinlarning xilma-xilligi,
ulardan o‘kuv-tarbiya jarayonining juda ko‘p soxalarida ko‘llash imkonini
beradi. Ko‘kon shaxridagi 37-o‘rta umumta’lim maktabining 1 «V» sinfida
pedagogik amaliyot davrida shuni o‘rganib oldimki, kuni uzaytirilgan
guruxlarda xar xil xarakatli o‘yinlar uyushtirish, maxsus guruxlarda kizikarli
va bajarilishi oson bo‘lgan mashklar tashkil etish o‘kuvchilar xarakat
sifatlarini to‘gri shakllantirishga katta yordam berar ekan.
Xulosa kilib aytganda, o‘zbek xalkining o‘ziga xos milliy urf-odatlari,
ajoyib an’analari bo‘lgan. Xattoki, yoshlarning barkamol shakllanishlari
uchun xalkimiz kadim-kadimdan jiddiy e’tibor berib kelgan. O‘sha
davrdanok milliy xalk o‘yinlari keng rivojlangan. Bu o‘yinlar yosh avlodning
jismonan bakuvvat va soglom bo‘lib ulgayishida juda ko‘l kelgan.
O‘zbek xalk o‘yinlarini xozirgi kunda xam inson shaxsini tarbiyalashdagi
o‘rni bekiyosdir. O‘zbek xalk o‘yinlari o‘zining turli yosh, jins, shaxar va
kishlokka mo‘ljallangan keng kamrovliligi bilan ajralib turadi. Birok, bu
jixatlarning kam yoritilganligi va kam o‘rganilganligi sababli o‘zbek xalk
o‘yinlariga xar tomonlama tasnif berish o‘ta mushkul. Shunga karamasdan,
ularni nazoratdan o‘tkazish va o‘rganish o‘yinlarni shartli ravishda
kuyidagidek turlarga bo‘lib chikish imkoniyatini beradi:
1) turli yoshdagilar o‘yinlari (go‘daklik, bolalik, o‘spirinlik va x.kazolar);
2) turli jinsdagi odamlar o‘yinlari (o‘gil bolalar, kiz bolalar, erkaklar va
ayollar);
3) mavsumiy o‘yinlar (baxorgi, yozgi, kuzgi, kishki);
4) turli ifoda vositalaridan foydalanishga asoslangan o‘yinlar (so‘z, kuy,
ko‘shik, raks, pantomima, syujetli, saxna, turli xususiyatli va xokazolar).
Sunggi tur o‘yin turli ifoda va sitatalardan foydalangan xolda amalga
oshiriladi. Masalan, so‘z, ko‘shik, raks, xarakat, saxna tomoshalari,
shuningdek, kilich, kaltak, toshchalar, yongokchalar kabi oddiy narsalar
asosiy ifoda o‘xshashligi yoki narsalar o‘yinning xarakterini, shaklini,
mazmunini va rolini belgilaydi. Deylik, o‘yinda asosiy vosita so‘z bo‘lsa,
so‘z o‘yini, agar xarakat, tezlik, kurash bo‘lsa, bu xarakat – musobaka o‘yini
bo‘ladi. Agarda o‘yinda syujet, badiiy timsol vositasida muayyan xayotiy
xodisa o‘z aksini topsa, bu saxna o‘yini, asar asosiy rol ko‘shik jurnavozlikka
berilsa, bu ko‘shik o‘yini yoki jo‘rnavozlikdagi ko‘shik o‘yini bo‘ladi.
U yoki bu vositadan foydalanishga asoslangan o‘yinlar sof xolda
uchramaydi, boshka o‘yinlar yoki turkumlar bilan chatishib ketadi. Zero,
ularda turli yoshdagi, jinsdagi odamlar turli fasllarda o‘ynaydilar. Shu bois
bir turkumda nishonlanadigan o‘yinlar boshkasida takrorlanishi mumkin.
Turli yoshdagi odamlar guruxiga moslangan va xayotning ma’lum
boskichida o‘ynaladigan o‘yinlar avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Yoshi
o‘tinkirab kolguncha odamlar bamisoli xalk o‘yinlari «maktab»ini o‘tgan,
bunda xar bir sinfda u yoki bu yoshga tegishli o‘yinlardan foydalanganlar.
Xar bir yosh xususiyati o‘yinlarning moxiyati va mazmunini belgilagan.
Masalan, yosh bolalar o‘rtasida o‘yinchok va ko‘girchoklar bilan boglik
o‘yinlar, oralik yoshdagi bolalar o‘rtasida – syujetli taklid o‘yinlari keng
tarkalgan. «Xakalam-xakalam», «Kelin-kuyov», «Kuvlashmachok» kabi
o‘yinlar bugungi kunda xam bolalar tomonidan sevib o‘ynaladi.
O‘yinlar bolalar va yoshlarga nima beradi?
O‘yin bolalarning, xususan, 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning
asosiy mashguloti xisoblanadi, keyinchalik o‘kish va mexnatga almashadi.
O‘yinlar bolalar uchun xayotga, kelajakdagi vokea-xodisalarga o‘ziga xos
tayyorgarlik maktabi xisoblanadi. Ular bolalarni nafakat jisman, balki aklan
stirib, ongini boyitadi, bolalar xayolotini uygotadi, xotirasini charxlab,
irodani mustaxkamlaydi. O‘yinlar jarayonida bola deyarli bilimlarni
egallaydi, shaxs kamolotidagi zarur malakani oshiradi. O‘yinlar kelajakdagi
katta xayot bo‘sagasidagi tayyorgarlik bo‘lib xizmat kilgan. «Agar bola
o‘yinni vijdonan o‘ynasa, xayotda xam vijdonan yashaydi» deb bejiz
aytishmaydi-da. Xullas, o‘yinlar bolalarda ijodiy faollik, tashabbus,
jamoatchilik, tashkilotchilik o‘kuvi va malakasini rivojlantirishning samarali
vositasidir.
O‘yinlar inson xayotida shunday axamiyat kasb etadiki, ularga karab
inson shaxsiyati, xarakteri manfaatlari, kizikishlari, kobiliyatlari xakida fikr
yuritish mumkin. O‘zbeklar farzandlarida bolaligidanok baxodirlik, xarbiylik,
jangovarlik malakalarini shakllantirganlar.
Xalk dostoni «Alpomish»dagi sevimli bosh kaxramon Xakimbek
xakidagi satrlar shundan dalolat beradi. Demak, o‘yinlar inson shaxsini
kamol toptirishda asosiy vosita xisoblanadi. O‘yin bola uchun birinchi
maktab. Bobolar va buvilarning kattikko‘l ota-onalarga «Bolalarning o‘yiniga
xalakit bermanglar!» deb tanbex berishlari bejiz emasda. Milliy
o‘yinlarimizda tez xarakatli va akliy o‘yinlar mavjud. Masalan, «Kes-kes» va
«Olib kochar» o‘yinlarini karab chikaylik.
Kes-kes o‘yini. Bu o‘yinda to‘rt kadam kattalikdagi doira chiziladi.
Doira markazida onaboshi turadi. Doira chetida esa barcha o‘yinchilar
turadilar. Ular doiradan kesib o‘tib doiraning narigi chetiga chikishga xarakat
kiladilar. Onaboshi esa yugurib o‘yinchilarga ko‘l tekizadi. Ko‘l tekkan
o‘yinchi o‘yindan chikadi. Doirani ko‘p kesib o‘tgan va ko‘l tekkizmagan
o‘yinchi golib chikadi. Bu o‘yin bolalardan chakkonlikni, tez yugurishni,
doirani kesib o‘tishni talab etadi va o‘ziga ishonchni tarbiyalaydi.
O‘tmish xalk o‘yinlarini ommalashtirish borasida xam kiyinchiliklar
oz emas, albatta. Lekin, bu borada ancha xayrli ishlar amalga oshirilmokda.
Xullas, o‘tmish o‘yinlarini tarixini o‘rganib, xozirgi kungi davr talabiga
asosan inson shaxsini shakllanishida o‘yinlarni o‘rgatish katta axamiyatga
egadir.
Xar bir xalkning o‘tgan avlodlari yaratib, bizga meros bo‘lib kolgan
madaniy boyliklari xazinasiga xalk o‘yinlari xam kiradi. Xalk o‘yinlari
o‘zining vujudga kelishi va rivojlanishiga ko‘ra gayrioddiy xodisa emas,
balki xalkning xayotini obrazli, muayyan aks ettiradigan va jamiyat
tarakkiyotining konunlari bilan belgilanadigan maksadga muvofik faoliyatdir.
Xalk o‘yinlari xalk ijodiyotining o‘ziga xos janri bo‘lib, ko‘p asrlik
tarixga ega. Ularda jamiyat rivojlanishining u yoki bu boskichiga xos
ijtimoiy vokealar anik aks etadi. Xar bir tarixiy davr olamni badiiy
o‘zlashtirish uchun o‘z xissasini ko‘shadi: san’at ijtimoiy xayotning ko‘p
kirralari xodisalarini to‘likrok va yakkolrok aks ettirishga intilib, fan,
madaniyat, siyosat, axlok va iktisodiyotning yutuklarini kandaydir tarzda
umumlashtiradi. Jamiyat tarakkiyotining ilk pogonalarida xalk o‘yinlaridan
tarbiyaviy maksadlarda foydalanish unumli mexnat bilan boglik bo‘lgan.
Xalk o‘yinlarining mazmuni va xarakteri xayotning ijtimoiy-iktisodiy
sharoitlaridan va tarkib topayotgan elatlarning psixik xususiyatlaridan kelib
chikkan. Xalk o‘yinlari xarakteriga tarbiya sistemasining yo‘nalishi, unumli,
uning mafkurasi, turmush an’analariga ta’siri katta.
Tarixiy tarakkiyot jarayonida xalk o‘yinlarining tadrijiy
rivojlanishining va mana shu o‘yinlardan tarbiyaviy maksadlarda foydalanish
bilan boglik masalalarni ko‘rib chikishda xalk o‘yinlarining xar bir xaligi xos
jixatlarni nazarda tutish kerak. O‘yinlar xalk tomonidan yaratilgan va
kishilarning kundalik xayotidagi vokealar xamda xodisalarni obrazli aks
ettirib, ularning xayotiy taassurotlarini, kuzatishlarini, tajriba va xissiyotlarini
gavdalantirib, o‘zida so‘z, musika, raks shakllarini mujassamlashtirgan.
Masalan, ibtidoiy tuzumda bolalarni tarbiyalashning xarakterli jixati ularni
urugning urf-odatlari, an’analari, tarixi bilan, shuningdek, xalk ogzaki ijodi,
rivoyatlar, ko‘shiklar va rakslar bilan tanishtirishdan iborat bo‘lgan.
Ibtidoiy jamiyatda yoshlarni kattalar safiga ko‘shish deb ataladigan
bayram – diniy marosimlar keng tarkalgan. Bular o‘ziga xos o‘yin –
musobakalardan iborat bo‘lib, ularning mazmunini mexnat faoliyati,
kabilalarning urf-odatlari xalk ogzaki ijodini tashkil kilgan. Mana shunday
o‘yin-musobakalarda yigitlar kurollardan foydalana olishlari lozim bo‘lgan.
Ibtidoiy odamlarning yovvoyi xayvonlarni ovlashlari va ularni o‘zlariga
bo‘ysundirishga intilishlari ov vokealarini ijod kilishga va namoyish etishga
sabab bo‘ldi. Ishlab chikarish kuchlarining tobora rivojlanishi, mexnat
kurollarining takomillashuvi ibtidoiy jamoa tuzumining so‘nggi boskichlarida
bolalarning ana shu mexnat kurollaridan oddiy turmush va unumli mexnatda
ilgaridek foydalana olmasligiga sabab bo‘lgan. Shu tufayli bolalar
o‘yinchogiga o‘xshagan mexnat kurollari yasala boshlangan. Bolalar
o‘yinining vositasi – o‘yinchoklar ana shu tarika vujudga kelgan bo‘lishi
mumkin. Shunday kilib, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida o‘yinning rivojlanishi
fakat «diniy dabdaba» emas, balki atrofdagi vokelikni anglash, uning obrazga
ko‘ra va tabiatga o‘xshatib ijod kilishni o‘rganish istagi xal bo‘ldi.
Xar bir xalkning o‘z milliy o‘yinlari mavjud bo‘lib, ular xalk
an’analari, millatlarning madaniyati va turmushiga xos xususiyatlar zaminida
vujudga kelgan.
Xalk o‘yinlari xalk ma’naviy madaniyatining ko‘rinishlaridan biridir.
Ularda etnik tarixga borib takaladigan an’analar, ijtimoiy munosabatlar,
mafkura-e’tikodning ayrim elementlari, axlokiy estetik me’yorlar aks etadi.
Xalk o‘yinlari mamlakatning milliy xususiyatlarini, katta yoshli kishilarning
fe’l-atvorini, odatlarini, mexnat jarayonlarini, jugrofiy sharoitlarni ifodalaydi.
Shunga ko‘ra, o‘zbek xalk o‘yinlarini xalkning axlokiy-estetik tarixini,
madaniyatini, boshka xalklar bilan alokalarini o‘rganishning manbaalaridan
biri sifatida karab chikish lozim. O‘zbek xalk o‘yinlari tarixini o‘rganishda
xalk ma’naviy madaniyatining rivojlanish boskichlarini yoritish juda muxim
axamiyatga molikdir.
O‘zbek xalk o‘yinlari o‘zbek xalki ijodining maxsuli bo‘lib, ularni keng
xalk ommasi yaratgan va saklab kelgan. O‘yinlar o‘zbek xalkining ko‘p
avlodlari turmushi va ijtimoiy xayotining zarur elementi sifatida asrlar bo‘yi
mavjud bo‘lib keldi va rivojlanishning xar bir tarixiy boskichida turli
ijtimoiy vazifalarni bajardi. O‘zbek xalk o‘yinlari tarixning ijodiy kuchini,
moddiy va ma’naviy boyliklarini o‘zida mujassamlashtiradi, ularda
atrofdagi vokelikni bilish va o‘zlashtirishning tarixiy tajribasi aks etadi.
O‘zbek xalk o‘yinlari o‘z tabiatiga ko‘ra amaliydir. Ularda xalk badiiy
madaniyatining o‘ziga xosligi, uning milliy xususiyatlari yakkol kurinadi.
Mazkur o‘yinlarning milliy xarakteri zamirida xalkning madaniy boyligi,
katta merosi mavjuddir. Kup o‘yinlar mazmunining mavzulari kabilalarning
urf-odatlarini, kadimiy udumlarning, mexnat faoliyati yoki madaniyatini
yoritishi mumkin.
Xalkning unutilayozgan iltijolari, baytlari va sanoklari bolalarning xalk
o‘yinlaridagina davom etib keladi. Gurux bo‘lib o‘ynaladigan o‘zbek xalk
o‘yinlari va ayrim sport o‘yinlari kadimiy kabilalarning o‘yinlariga borib
takaladi. O‘zbek xalk o‘yinlari kadim zamonlarda, bizning eramizgacha
bo‘lgan davrlarda vujudga kelgan.
O‘zbek xalk o‘yinlari xalk ijodiy faoliyatining bir turidir. Ularni
mexnatkash xalk yaratdi va keng xalk ommasi davom ettirdi. Xozirga kadar
o‘zbek xalki uning tantanalarini katta xalk tomoshalari – sayillar bilan
nishonlaydi. Ilgari sayillar diniy sanalar bilan boglik bo‘lgan. Diniy
bayramlardan tashkari, axoli orasida ommaviy tomoshalar, sayillar o‘tkazish
odat bo‘lgan. Mana shu bayramlarda xalkning xayoti, uning xayotni sevishi,
mexribonligi, kuvnokligi namoyon bo‘lgan.
Sayillar vaktida «Olomon poyga», «Kiz kuvish», «Kurash»,
«Agdarish», «Ko‘pkari», «Do‘ppi tashlar» kabi musobaka o‘yinlari, sport
o‘yinlari va ko‘ngilochar o‘yinlar o‘tkazishgan.
O‘zbekistonda kadimdan dexkonlarning mexnat jarayoniga boglik
tantanalar – «Xosil bayrami», «Kovun sayli» va xokazolar mavjud. Ana
shulardan «Kovun pishdimi?», «Kovok tanlash» kabi o‘zbek xalk o‘yinlari
yuzaga kelgan.
«Olomon poyga»o‘yini. Bunda bir gurux chavandozlar otni choptirib
boraturib, kizlar irgitgan xar xil rangli ro‘molchalarni ilib olishlari va o‘z
egalariga keltirib berishlari lozim bo‘lgan. Shu baxonada xar bir yigit
o‘zining chakkonligi, dovyurakligi va jasoratliligini ko‘rsatgan.
«Agdarish» o‘yini. Bu kadimiy sport o‘yini jangchilar orasida keng
tarkalgan: ikki otlik yigit bir-birini otdan yikitib tushurishga xarakat
kiladigan mana shu o‘yinda, albatta, dovyurak, kuchli va tadbirkor
ishtirokchi golib chikkan. Bellashuvda o‘zi mingan otni boshkarish maxorati
xam katta axamiyatga ega bo‘lgan.
«Ulok». Eng murakkab va kizikarli bu o‘yin X-XI asrlardayok ma’lum
bo‘lib, katta bayramlar va to‘ylarda o‘tkazilgan. To‘y boshlanishi oldidan bir
gurux yigitlar belgilangan joyga to‘planishgan. U yerga so‘yilgan echkining
tanasi tashlab ko‘yilgan. Yigitlar ba’zan bir necha o‘n kishidan iborat bo‘lib,
ularning xammasi echki tanasini yerdan ko‘tarib olishga va atrofdagilarga
berib ko‘ymay, marragacha olib borishga xarakat kilganlar. Bunda chakkon,
jasur, irodali, kiyin vaziyatda dovdirab kolmaydigan yigitlargina ulokni
marragacha olib borgan.
«Poyga». Bu o‘yin chavandozlarning uzokka ot choptirish bo‘yicha
musobakasidir. Ana shu musobaka paytida karindoshlarning bir-biriga
yordamlashishi o‘yin ishtirokchisining otini kamchi bilan urishi, xayxaylashi, xatto otning jilovidan tortishi xam mumkin bo‘lgan. Bu
musobakada epchil, irodali, xushyor yigitlar galabaga erishganlar. Xalk
orasida kuchli odamlar juda xurmat kilingan, atrofdagilar ularga xavas bilan
karagan, taxsinlar aytgan. Shuning uchun belini boglab kurash tushadigan
polvonlar xalk shodiyonalari va anjumanlarining ardokli mexmoni bo‘lgan.
O‘zaro kuch sinashiladigan o‘yin, ya’ni kurash tushish uzok davrlardan
xozirgacha o‘zbeklarning sevimli mashguloti va tomoshasi xisoblanadi.
O‘zbek milliy kurashi xar bir bayram va xar bir
ommaviyyiginlarda albatta tashkil kilingan. Urush vaktida karama-karshi
ikki tomon o‘z ko‘shinlaridagi eng kuchli polvonlarni sarflab jangga solgan.
Ular esa kilich, o‘k-yoy, nayzalar bilan jang kilishgan. Bordi-yu barcha
kurollar ishdan chiksa, polvonlar o‘z kurollari, ya’ni mushtlashish bilan o‘z
kuchlarini ko‘rsatishgan. Ana shu jangda rakibini yenggan polvonning tarafi
bo‘lgan ko‘shin golib xisoblangan. Xozirgi o‘zbeklarning yanada kadimgi
avlodlarida kurash an’anaviy odatlardan biri bo‘lgan. Binobarin, xozirgi
kurash tushish juda kadim zamonlarda vujudga kelgan, kuch, chakkonlik,
chidamlilik, jasoratni ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan musobakalar
kurashning tarixiy manbalari xisoblanadi. Kurash tushishning tafsiloti
Zaxiriddin Muxammad Boburning asarlarida berilgan.
Xalk o‘zining polvonlari to‘grisida rivoyatlar to‘kigan. Aytishlaricha,
VI-VII asrlarda Xorazmda yashagan Paxlavon Maxmud xind polvoni bilan
bir necha kunga cho‘zilgan olishuvda golib chikkan va buning evaziga uning
asirlikdagi o‘n ming nafar yurtdoshlari ozod kilingan.
O‘zbek xalki o‘yinlari orasida ayniksa, dorboz va simvozlik san’ati
aloxida ajralib turilgan. Ilgari dor keng mashxur bo‘lgan. Ommaviy va
maxalliy bayramlar, mavsumiy bozorlar dorbozliksiz o‘tmagan, deyishi
mumkin. Registonda, bozor maydonlarida, Chorsularda dorlar ko‘rilgan.
Karnay-surnay va nogoralarning kattik sadolari tomoshalarning
boshlanishidan darak berib turgan. Odamlar to‘plangach, o‘yinlar
boshlangan. Tomoshabinlar baland kilib tortilgan arkon ustida o‘ynayotgan
dorbozning dadil xarakatlarini xayajon bilan kuzatishgan.
Bir vaktlar O‘zbekistonda yogochoyok o‘yini keng tarkalgan.
Yogochoyok yugurib, sakrab, raksga tushib va milliy cholgu asboblarida,
karnay-surnay va xokazolarda kuylar ijro etib, ajoyib tomoshalar ko‘rsatgan.
O‘zbek xalkida xayvonlar va kushlar xakidagi juda kizikarli rakslar –
«Kaptar o‘yini», «Chagalak», «Yumronkozik», «Ot o‘yin» va xokazolar.
Shuningdek, o‘zbeklar orasida «Karnayli-surnayli», «Nina, ip, tuguncha»,
«Kovok ekish», «Xo‘roz va tovuk», «Koch bolam, kush keldi», «Ok terakmi
ko‘k terak?» kabi o‘yinlar xam mashxur bo‘lgan. O‘zbek xalk o‘yinlari juda
kadim zamonlarda vujudga kelgan. An’analar, odatlar, shu jumladan, xalk
o‘yinlari o‘zbeklar xayoti bilan boglik bo‘lib, avloddan-avlodga meros
tarikasida o‘tib kelgan.
Bolalar jamiyat rivojlanish boskichida kattalar o‘yinlarini o‘ynaganlar.
O‘zbek xalk o‘yinlarida xalkning ijtimoiy xayoti o‘ziga xos shakllarda aks
etgan.
O‘zbek xalk o‘yinlarini mazmuniga ko‘ra kuyidagicha tasniflash
mumkin:
- Drammalashgan o‘yinlar:
a) Xayotiy (tarixiy-xayotiy, madaniy-xayotiy, kasbkorlik-xayotiy);
b) Kulgili o‘yinlar;
v) ko‘shik va raks o‘yinlar.
- Mazmunli-rolli o‘yinlar:
a) mazmunli – xarakatli;
b) sport - o‘yinlari;
- Ijodiy o‘yinlar.
O‘zbek xalk o‘yinlarining tarixan vujudga kelishini taxlil kilib,
drammalashgan o‘yinlar o‘zbek kugirchok teatrining negiziga aylangan
kadimiy xalkning «Ko‘girchok o‘ynatish» san’ati asosida paydo bo‘lgan,
deya xulosa chikardik.
Muayyan badiiy obrazni ifodalaydigan ko‘girchok mamlakat va
kishilar xayotidagi tarixiy turmush vokealarini aks ettiradi. Madaniy-maishiy
o‘zgarishlarni, odamlarning amalga oshirgan ishlarini, go‘zalligi va
kamchiliklarini ifodalaydi. Xarakatli, sport musobakasi o‘yinlari
o‘kuvchilarning xarakat faolligiga asoslanadi va ularning mushaklarini,
xarakat a’zolarini rivojlantiradi.
Ijodiy o‘yinlarga kuyidagilar kiradi:
- o‘kuvchilarning o‘zlari o‘zbek xalk ertaklari va afsonalari asosida
yaratadigan o‘yinlar.
Xalk o‘yinlari xayotiy vokealarga murojaat etib, ularni nixoyatda
xilma-xil, o‘zining boyligi bilan badiiy obrazda ifodalanadi. Xozirgi
sharoitda o‘zbek xalk o‘yinlari boshkacha tus oldi. Asosan, ularning maksadi
o‘zgardi, mazmuni yangilandi va variantlari paydo bo‘ldi. Masalan, «Ulok»
o‘yini murakkab va o‘zbek xalkining goyat kizikarli o‘yinidir. Xozirgi paytda
bu o‘yinning mazmuni o‘zgargan. O‘yinchilar ikki guruxga bo‘linib, 6-8
metrli aylana chizigining tashkarisida turadilar. Boshkaruvchi doira o‘rtasida
turib o‘yinni boshkarishga ishora kiladi va to‘pni tashlaydi. O‘yinchilarning
xammasi uni birinchi bo‘lib olishga xarakat kiladi. Tupni boshka
o‘yinchining ko‘lidan tortib olib, doiradan tashkariga kochishga ruxsat
etiladi.
Pedagogik nuktai-nazardan maktablarda o‘kuvchilarga fakat kadimiy
xalk uyinlarining emas, balki xozirgi boskichda vujudga kelgan o‘yinlarning
xususiyatlarini xam ko‘rsatish yaxshi natija beradi.
Shaklan milliy va mazmunan zamonaviy o‘zbek xalk o‘yinlari yosh
avlodni tarbiyalash, kamol toptirishda tobora ta’sirchan omilga aylanib
bormokda. O‘zbek xalk o‘yinlarining vazifasini nazarda tutib, ulardan yangi
insonni shakllantirishning muxim vositasi sifatida foydalanilmokda.
X u l o s a.
Xozirgi sharoitda o‘zbek xalk o‘yinlarining asosiy vazifasi o‘z
mazmuni va metodikasi bilan bolalarni jamiyatimiz talablariga muvofik
yo‘sinda tarbiyalashni ta’minlash, ularda axlokiy, irodaviy sifatlarni
rivojlantirish, ijodkor va bunyodkorlarga xos bilim, ko‘nikma xamda
malakalarni shakllantirishdan iboratdir. Kadimiy tarbiya tizimidagi
o‘yinlardan shaxsni shakllantirish vositasi sifatida keng foydalanilgan. Juda
uzok davrlar mukaddam pedagogik fikr namoyondasi o‘yinning tarbiyaviy
imkoniyatlarini goyat ziyraklik bilan faxmlashgan. Bolalarni yosh
xususiyatini xisobga olib, ularga mos o‘yinlarni tanlash masalasi ko‘yilgan,
bolani o‘zining yoshiga muvaffak ishlar va turli o‘yinlar bilan mashgul kilish
zarur deb topilgan.
Kuzatishlardan ayonki, atrofdagi vokelikyorkin, kishilarning xattixarakati, o‘zaro munosabatlari va faoliyati jixatdan tushunarli bo‘lsagina
o‘yinni yuzaga keltiradi. Atrof-muxitdagi barcha murakkablikni avvalo bola
o‘yinda bartaraf etadi. Bolalar o‘yinining moxiyati muayyan rolni
bajarishdan iboratdir.
O‘zbek xalk o‘yinlaridan foydalanish muvaffakiyatli bo‘lishi uchun
o‘yin bolaning o‘z faoliyati ekanin, undagi tashabbuskorlikni va
mustakillikni saklash xamda ragbatlantirish zarurligini xisobga olish kerak.
O‘zbek xalk o‘yinlarini o‘rganish tarbiya jarayonini uzluksiz
yangilaydi, o‘kuvchilarda xayotiy vaziyatlarni yaxshi anglash kobiliyatini
rivojlantiradi. Biz o‘zbek xalk o‘yinlariga jamiyatning butun ma’naviy
madaniyati bilan tarkibli birgalikda bolalarni tarbiyalashning eng muxim
vositalaridan biri sifatida karaymiz.
O‘zbek xalk o‘yinlarining tarbiyaviy axamiyati xakida gap borar ekan,
shuni aloxida ta’kidlash lozimki, ular eng avvalo bolalarda o‘z kishlogiga,
shaxriga, tabiatga, mamlakatimizda yashovchi barcha xalklarga muxabbat
ruxida tarbiyalaydi. Eng muximi o‘zbek xalkining milliy madaniyati,
o‘tmishdagi va xozirgi turmushiga, milliy an’analari xamda san’atiga
muxabbat uygotadi. Shuningdek, o‘kuvchilarni xalollikkka, saxovatlilikka
o‘rgatadi, kattalarning tajribasini bolalar va yoshlarga yetkazishning vositasi
sifatida xizmat kiladi. O‘gil va kizlarda mexnatga ongli munosabatni
shakllantiradi. Ularning kuchli, chakkon, serxarakat, ziyrak, topkir, o‘zaro
xamkor bo‘lishlariga yordam beradi.
Foydalangan adabiyotlar.
1. Karimov I.A O`zbekiston milliy istiqlol, siyosat mafkurasi. T.
«O`zbekiston». 1993y.
2. Turaeva O. Bola aziz, odobi undan aziz. «O`qituvchi», T. 1986y.
3. Temurov S, Toshpulotova G. Sinf raxbari faoliyati. «O`qituvchi», T. 1985y.
4. Ortikov N.O, Juraev. A.J, Maktab,oila va jamoatchilik xamkorligi kengashi.
«O`qituvchi», T. 1889y.
5. Ataev A.K Farzandingiz barkamol bulsun. «Ibn Sino». T. 1990y
6. Usmonov R. «Odobnoma» «O`qituvchi» T. 1985y.
7. Mardanova G «Nur to`la o`y», «Mexnat». T. 1992y
8. Juraev A. Tarbiyaviy darslar o`tish. T.«O`qituvchi» 1994y
9. Tarbiyaviy ish metodikasi. T. «O`qituvchi» 1991y.
10. Xasanbaeva O. Kuni o`zaytirilgan guruxlarga tarbiyaviy ishlar .T.
«O`qituvchi» 1994y.
11. V.A Suxomlinsiy Tarbiya tug`risida. T. «O`qituvchi» 1985.
12. Safo Ochil. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari. T. «O`qituvchi»
1995y.
Download 32.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling