Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Ayrim iqtisodiy tizimlarga жо8 qonunlar


Download 1.85 Mb.
bet10/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Ayrim iqtisodiy tizimlarga жо8 qonunlar, bular — maxsus iqtisodiy qonunlar —faqat muayyan sotsial-iqtisodiy tizim doirasida amal qiluvchi, shu tizimning o‘ziga xos xususiyatlarini ifoda etuvchi qonunlar. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni, me’yoriy naflilik qonuni, raqobat qonuni bozor tizimiga xos qonunlar sifatida o‘r-ganiladi.

Kategoriya va qonunlar o'rganilganda dastlab, ularning maz-muni ochib beriladi va bunga ulami ta’riflash orqali erishiladi. iqtisodiyot rivojianishi bilan bir kategoriya eskirganligi tufayli nazariyadan olib tashlansa, boshqasi yangi boMganligi uchun unga kiritiladi. Kategoriyalar iqtisodiy hodisaiarni batafsil tushuntirib berishi uchun birgalikda va ketma-ket qollaniladi, ular bir-birini to‘ldirib boradi. Iqtisodiyot uzluksiz rivojlanishda bo'lgani uchun kategoriyalar o‘rin almashibgina qolniay, darning transformatsiyasi yuz beradi, ya’ni bir kategoriya boshqasiga aylanadi. Masalan, eh-tiyoj kategoriyasidan talab kategoriyasi, individual mulk katego-riyasidan korporativ mulk kategoriyasi kelib chiqadi, iqtisodiy


14


avtarkizm (biqiqlik) kategoriyasi o‘rniga ochiq iqtisoci kategoriyasi, barter kategoriyasi 0‘rniga savdo-sotiq kategoriyasi keladi, Kate-goriya real iqtisodiy hodisaning nazariy ifodasi bo'lganidan, bii hodisa yuz bermagach, aytilgan kategoriyani qoilashga zarurat qolmaydi. Buning oVniga yangi hodisani ifodalovchi yangi ka-tegoriya kiritiladi. Masalan, keyingi paytda iqtisodiyotda yuz bera-yotgan o‘zgarishlarni tavsiflash uchun «yangi iqtisodiyot», «ko‘pik iqtisodiyot», «moliya krizisi», «indeksatsiya», «giobalizatsiya», de-gan kategoriyaiar kiritildi.
Qonunlar 0‘rganilganda ulaming ikki jihatiga e’tibor beriladi. Birinchisi —sifat jihati, bunda qonunlar o‘zi nimani taqozo etishi, ya’ni ular muntazam takrorlanib turuvchi qanday iqtisodiy hodisalar o‘rtasida bogiiqlikni ifoda etishlari ko‘rib chiqiladi, Ikkinchisi miqdoriy jihati, bunda muayyan qonunning amal qilishini ifoda­ lovchi miqdoriy ko‘rsatkichlar tahlil etiladi. Buning natijasida qo-nunlarni naqadar amal qilishining miqdoriy oichaini aniqlanadi. Masalan, tovar taklifining elasliklik koeffitsiyentini hisoblash orqali taklifdagi o‘zgarish naqadar taklif qonuniga mos borishi aniqlanadi. Nazariyada qonunlar birgalikda o‘rganiladi, ularning oqibatlariga uiniimiy baho beriladi. Masalan, bozor rnuvozanati baliolanganda talab, taklif va me’yoriy naflilik qonunlari birgalikda qaraladi.
Qonunlarning miqdoriy jihatdan qaralishi amaliy xo‘jaIik fao-liyatini ularga binoan tashkil etish uchun, ya’ni uni boiayotgan 0‘zgarishlarga moslashtirish uchun zarur. Bu bilan nazariyaning amaliy hayot bilan bogianishiga erishiladi.
1.5. Funkslyalar
Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida turli funksiyalarni bajaradi.
Bulardan birinc’ isi —bilish fiinksiyasidir.

Bunda naztfiyani o‘rganish orqali iqtisodiy hodisalar nima ekanligi, ulami nima yumga chiqarishi, ular nimaga olib kelishi anglab olinadi. Nazariya iqtisodiyotning sir-asrorlarini o‘rganib, kishilarni ulardan xabardor qiladi, ularning bilim darajasini oshiradi. Boshqa iqtisodiy fanlar qatori u ham kishilarga iqtisodiy bilimlarni yetkazib beradi, ularni iqtisodiyotda ma’lum qonun-qoidalar bor-ligidan ogoh etadi, ularga rioya etish zarurligini tushuntirib beradi.


Mazkur fanning ikkinchi funksiyasi —bu boshqa iqtisodiy fanlar uchun nazariy asos bo‘Iib xizmat qilishidir. Bu fan umumnazariy, ya’ni iqtisodiyotga xos bo'Igan umumiy qonun-qoidalarni o‘rganadi. Shu jihatdan u boshqa xususiy va funksional nazariyalardan, ma­ salan, moliya nazariyasi, pul nazariyasi, statistik nazariya, bux-galteriya nazariyasi kabi fanlardan farqlanadi. Iqtisodiyot nazariyasi

15


umumiy fan boiganidan, u asoslangan nazariy qonun-qoidalarga boshqa iqtisodiy fanlar tayanadi.
Masalan, nazariyada asoslab berilgan talab kategoriyasining talqiniga mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, marketing, firma iqtisodi, menejment kabi fanlar tayanadi. Ammo boshqa fanlar nazariyadan faqat oziqa olish bilan cheklanadi, deb boMmaydi. Bu fan boshqa iqtisodiy fanlar uchun nazariy tayanch bo‘lsa-da, Ear­ ning yutuqlarini umumlashtirish hisobidan ulardan ham oziqa oladi. Boshqa fanlar erishgan natijalar va xulosalarga tayanib iqtisodiyot nazariyasi o‘z kategoriyalari va qonunlariga yangilik kiritadi, yangi ilmiy xulosalar chiqaradi. Xullas, boshqa iqtisodiy fanlar yutish nazariyasining ham fan sifatida rivojlanishiga xizmat qiladi.
Mazkur fanning uchinchi funksiyasi ~ bu uning amaliyot uchun ilmiy baza bo‘Iib xizmat qilishi, unga umumiy tarzdagi tavsiyalar berishidir, Bu fan muayyan firma ishi yoki xonadon xo‘jaligini qanday tashkil etish to‘g‘risida tavsiyalar bermaydi. Uning tav-siyalari umumiqtisodiy tavsifga ega qonun-qoidalarga qanday amal qilishga taalluqli bo‘ladi. Bu tavsiyalar iqtisodiy siyosatni takomil-lashtirishga qaratiladi. Bular davlatning, firmalarning, xonadonlar-ning, xalqaro iqtisodiy uyushmalar va tashkilotlaming siyosatiga tegishli bo‘ladi. Demak, nazariya amaliyot bilan iqtisodiy siyosat orqali bog‘lanadi. Iqtisodiy siyosatda u yoki bu nazariy g‘oyaga tayaniladi, u taqozo etadigan yo‘l-yo‘riqlar asos qilib olinadi. Buni tarixiy dalillar tasdiqlaydi. 1929—1933-yillarda AQSh dahshatli iqtisodiy krizisga yo‘liqib, iqtisodiyot falaj bo‘lib qolgan, undan chiqish uchun o'sha paytdagi AQSh Prezidenti F.Ruzveltning «Yangi kurs», deb nomlangan siyosati amalga oshirilgan. Bu siyosat tanglikdan chiqish uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashuvi zarur degan g‘oyaga tayangan. Uning natijasida AQSh iqtisodiyoti 0‘nglanib ketgan.


  1. asr 70-yillar Lkkinchi yarmidagi tanglikdan chiqish uchun AQSh hukumati Prezident (Reygan) nomi bilan aytilgan «Reygo-nomika» siyosatiga amal qildi.

Bu iqtisodiyot barqaror о‘sib borishini bozor kuchlari, bozor mexanizmining o‘zi ta’minlay oladi, shu bois davlat iqtisodiyotni erkin qo‘yib, o‘z iqtisodiy faoliyatini cheklashi kerak, degan nazariy xulosaga tayangan «Reygonomika» siyosati AQSh iqtisodiyotini tanglikdan chiqib о‘sib ketishini ta’minlagan.
Iqtisodiyot nazariyasi tavsiyalari mikrodarajadagi siyosatga ham qo‘l keladi, bu firmalarga to‘g‘ri strategik (kelajakni ko‘zlagan) yo‘lni tanlash imkonini beradi. Masalan, nazariyadagi diversifi-katsiya g‘oyasi kapitalni bir vaqtning o‘zida turli sohalarga joy-

16


lashtirish zarurligini bildiradi. Kapitali katta firmalar shunga amal qilganlarida bir sohadan ko‘rilgan zarar, boshqa sohaga qo'yilgan kapital keltirgan foyda hisobidan qoplanib turadi. Nazariyaning yana bir amaiiy ahamiyati shundaM, bu fan iqtisodiyotning sir-as-rorlarini ochib berar ekan, undan xabardor har bir kishi iqtisodiyot qoidalariga amal qilsa, bundan faqat naf ko‘radi.


Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling