Iqtisodiy foydaning miqdori daromadga to‘g‘ri mutanosiblikda, xarajatga nisbatan esa teskari mutanosiblikda bo‘ladi.
Daromad hisobidan foyda ortishi uchun tovarlar va xizmatlar yuqori narxda sotilishi kerak, aks holda daromad ko‘paymaydi. Shu jihatidan olganda, foyda tovarlar narxiga ham to‘g‘ri mutanosib deb aytish mumkin. Foyda va xarajat daromad tarkibidagi ikki miqdoriy qiymat boiganidan ulardan birining ortishi ikkinchisining qisqa-rishini bildiradi. Dya=Wya+F|, deb olsak va bu Dya= 1200+300 bo‘lsa, 1200 ning 1000 gacha qisqarishi 300 ning 500 ga qadar or-tishini bildiradi. Aksincha, 300 ning 200 ga qadar qisqarishi 1200 ning 1300 ga qadar ortishini bildiradi.
Firma foydani ko‘p olishi uchun bozor ko‘taradigan tovarlarni ko‘plab chiqargan holda ularning xarajatini pasaytirib borishi kerak bo‘ladi. 0 ‘rtacha xarajatlar narxdan qanchalik kam boMsa, shuncha-lik foyda katta bo‘ladi. Bu Wo‘r
kerak, ya’ni (P-Wo‘r)<(P-Wo‘r)2<(P-Wo-r)3<-<(P-W o‘r)n va ho-kazo bo‘lishi zarur.
Shunday boMganda daromad tarkibida foydaning hissasi ortib boradi. Buni quyidagi tasvirda ko'rish mumkin (9.1-rasm).
□ - Xarajat ■ - Foyda
hrasm. Xarajat va foyia hissasining o‘zgarishi
Xarajatlar o'zgarmagan holda tovar narxining oshishi daro-madni ko'paytirish orqali foydani oshiradi. Narx o'zgarmagan holda xarajatlarning pasayishi ham foydani oshiradi, chun-ki narxning tarkibida foydaning hissasi ortadi. Demak, foydani ko‘paytirish uchun xarajatlarni minimumlashtirish kerak va bun-ga mehnat unumdorligini oshirish orqali erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |