Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foyda bu kapital va tadbirkorlik faoiiyati uchun uiar
'-'m
|
'-'m ■ |
Firmaning yalpi daromadi uning foyda olib ishlashini ta’min-lashi kerak bo‘ladi. Daromad hisobidan xarajatlar qoplanadi, bun-dan ortib qolgani esa foydani hosil qiladi.
Daromad keltirmaydigan ish bilan hech kim shug‘uLlanmaydi. Tadbirkorlikdan maqsad boy bo‘lish, buning uchun esa foyda topish kerak. Foyda — mohiyatan tadbirkorga tegadigan daromad hisob-lanadi.
Foyda bu kapital va tadbirkorlik faoiiyati uchun uiar sobibiga tegadigan pul mukofotidir.
Foydani nima yaratadi? Foyda kapital va tadbirkorlik faoliya-tining birgalikdagi mahsulidir. Firma egasi tadbirkorlik qilganda birinchidan o‘z ishiga kapitalini qo‘yadi, ikkinchidan o‘z qobili-
139
yatini ishga solib biznesni tashkil etadi, uni boshqaradi, ya’ni o‘ta murakkab va mas’ul ish bilan shug‘ullanadi, biznesda riskka boradi. Mana shuning uchun u foyda olishi kerak, aks holda u biznesni tashlab ketadi. Xullas, foydani birinchidan kapital, ikkinchidan tadbirkorlik faoiiyati yuzaga keltiradi. Kapital va tadbirkorlik qo-biliyati ishlab chiqarish omili hisoblangandan foyda shaklidagi daromadni yarata oladi. Biroq kapitalning bir qismi qarzga olin-ganda, foydaning bir qismi foizga aylanadi va pul egasiga tegadi. Ammo shunda ham tadbirkorlik qobiliyati yaratgan foyda kela-veradi.
Foyda tadbirkorlik daromadi, deb talqin etilganda tadbirkorning kapitali va uning qobiliyati keltirgan daromad tushuniladi.
Foydaning o‘zi ikki qismdan iborat bo'ladi.
Birinchisi, me’yordagi foyda bo‘lib, tadbirkorlik qobiliyati mah-sulidir. Shu sababli u tadbirkorga albatta tegishi kerak, chunki bu uning mehnatiga beriladigan mukofotdir. Bu foyda ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida bo‘ladi, chunki bu mehnat haqini tashkil etadi. Mehnat haqi, birinchidan, me’yordagi foyda sifatida tadbirkorga tegsa, ikkinchidan, ish haqi bo‘lib yollanib, ishlovchilarga tegadi. Bularning har ikkalasi sarf bolganidan xarajatlarga kiritiladi. Shu sababli, tovarlar xarajatga teng narxda sotilganda ham tadbirkor foyda oladi. Me’yordagi foyda hech boMmaganda yuqori malakali ishchi yoki mutaxassis ish haqi darajasida boMishi kerak, aks holda tadbirkorlik qilgandan ko'ra yollanib ishlagan ma’qul bo'ladi. Ak-sioner jamiyatlarida boshqarish vazifasi kapital egalaridan soqit etilib, boshqaruvchi mutaxassislar —menejerlarga beriladi. Shunday sharoitda me’yordagi foyda menejerlarga maosh shaklida tegadi, bu ham xarajat tarkibiga kiradi.
Ikkinchisi, iqtisodiy foyda bo‘lib, bu daromadning xarajatlardan ortib qolgan qismiga teng boladi. Iqtisodiy foydani kapital yarat-ganidan bu kapital sohiblariga tegishi tabiiydir. Kapital sohiblari yakka puldorlardan va ulushchi puldorlardan iborat. Yakka puldor individual tadbirkorlik qilganidan o‘z kapitaliga tegadigan iqtisodiy foydani o‘zi oladi. Agar uning firmasidagi kapitalning bir qismi qarzga olingan bo‘lsa, iqtisodiy foydaning bir qismi foiz shaklida qarz beruvchiga tegadi. Bordi-yu flrma kapitali korporativ xarak-terda bo‘lsa iqtisodiy foyda ko‘pchilikdan iborat kapital sohiblari — aksionerlarga dividend shaklida tegadi.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling