Rentabellik tadbirkorlik faoliyati unga qilingan sarfga nisbatan naqadar foyda keltirishi bo‘lib, uning saraaradorligini bildiradi.
Bu foydalilikning nisbiy ko‘rsatkichi bo'ladi, chunki buning mutlaq ko‘rsatkichi yuqorida qayd etilgan yalpi foyda miqdori hisoblanadi. Rentabellik foyda normasi (R), deb ham yuritiladi. Bu foydani kapitalning miqdoriga yoki joriy sarf-xarajatlarga taqqoslab aniqianadi
Rentabellik — mikroiqtisodiy, ya’ni korxona miqyosidagi iqti-sodiy faoliyatning samaradorligidir. Rentabellik korxona erishgan yakuniy moliya natijalarini umumlashgan tarzda ifodalaydi, ammo bu natijalarning o‘zginasi emas, balki ularni qilingan sarf-xa-rajatlarga qiyoslagan holda baholanishidir. Shu sababli rentabellik korxona faoliyatining moliyaviy natijasini bilishda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkich hisoblanadiki, bu foyda olib ishlanganligini bil diradi. Foyda o‘rniga zarar ko‘rilgan joyda rentabellik boimaydi. Binobarin, korxona faoliyati rentabel va norentabel bo‘lishi mum-kin. Rentabellik korxona darajasida xarajatdan nima natija olin-ganligini bildiradi. Xarajatlar turlicha bo'lgani holda natija yagona bo'ladiki, bu korxonaga tekJcan foydadan iborat. Sarflar mazmunan har xil bo‘lganidan, ular qanday natija berganligini bilish uchun
rentabellikning turlicha ko‘rsatkichlari qoMlaniladi, ulardan aso-siylari 2 ta hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |