Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


в0‘LIМ IQTISODIYOTNING UMUMIY ASOSLARI


Download 1.85 Mb.
bet3/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

в0‘LIМ


IQTISODIYOTNING UMUMIY ASOSLARI

I bob. IQTISODIYOT NAZARIYASINING PREDMETI VA METODOLOGIYASI
1.1. Iqtisodiyot nazariyasi predmeti
Iqtisodiyot nazariyasi — iqtisodiyot qonun-qoidalari va rivoj-lanish prinsiplarini o‘rganuvchi umumiqtisodiy fanlar turkumiga kiruvchi nazariy fan. Iqtisodiyot nazariyasi xorij mamlakatlarida «Ekonomiks», «Экономика» va «Политэкономия» nomlari bilan, MDH mamlakatlarida «Iqtisodiyot nazariyasi», «Ekonomiks» nomi bilan yuritiladi.
Iqtisodiy bilim beruvchi fanlar g‘oyat xilma-xil. Ular sirasiga hozir 20 dan ortiq turli fanlar kiritiladi. Iqtisodiy fanlarni shartli ravishda 3 ta guruhga ajratish mumkin:

      1. umumiqtisodiy;

    1. xususiy iqtisodiy;

  1. funksional iqtisodiy fanlar.

Umumiqtisodiy fanlar iqtisodiyotni yaxlitlikda, butun xalq xo‘jaligi doirasida o‘rganadi. Xususiy iqtisodiy fanlar iqtisodiyotning u yoki bu sohasini alohida o‘rganadi. Eunksional iqtisodiy fanlar ayrim iqtisodiy faoliyat turlarini o‘rganadi. Iqtisodiyot nazariyasi umumiqtisodiy fanlar turkumiga kiradi, iqtisodiy fanlarning karvonboshisi hisoblanadi. Iqtisodiyotning qonun-qoidalarini bilish shu fanni o‘rganishdan boshlanadi.
Iqtisodiyot nazariyasining bar qanday fan singari o'z predmeti bor. Bu fanni bilish uchun eng awal u nimani o‘rgatishini aniqlab olish zarur, albatta. Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida paydo bo‘l-ganidan boshlab shu kunga qadar uning predmetiga har xil ta’rif berib kelingan. Iqtisodiyot fani paydo bo‘lgan kezlarda (XVII asr) uni politekonomiya (xo‘jalik yuritish haqidagi fan), deb atashgan, uning predmeti tovar ayirboshlash, ya’ni savdo-sotiq, deb qarashgan. So‘ngra bu fan predmetiga ishlab chiqarish, xususan, dehqonchilik kiritilgan. XVIll asr oxiri va XIX asr boshlarida po­ litekonomiya boylikni o‘rganadi, deb aytilgan. XIX asrning 2-yarmidan e’tiboran marksizm ta’Iimotida politekonomiya —sinfiy

iqtisodiy munosabatlar haqidagi fan sifatida baholangan, shunga ko‘ra proletar (ishchi sinfi) va butjuaziya (kapitalistlar sinfi) politekonomiyasi borligi qayd etilgan. Marksizmga muqobil

nazariya sifatida paydo bo‘lgan oqim marjinalizm vakillari

politekonomiya tovarlar nafliligini va uni odamlar qanday qabul qilishini o'rgatuvchi fan, deb ta’riflashgan. Bu oqimning so‘nggi yirik namoyandasi A.Marshall yozishicha: «Politekonomiya yoki iqtisodiyot fani kishilik jamiyatining normal hayotiy faoliyatini tadqiq etadi. U individual va ijtimoiy xatti-harakatlarning shunday sohasini o'rganadiki, bu farovonlikning moddiy asosini yaratish bilan chambarchas bog‘langan»J A.Marsliall fikriga ko‘ra, bu fan insonning iqtisodiy xatti-harakatlarini o‘rganadi. Bu g‘oya hozir ham tan olinadi. G ‘arbdagi yirik iqtisodchilar nazariya qanday fan deganda, unga qisqa va lo‘nda javob berib boMmaydi, deb hisob-lashadi. P. Samuelson^ shundan kelib chiqib, quyidagilarni yozadi:


1. Iqtisodiyot nazariyasi ayirboshlash, putlik bitimlar bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyat turlari haqidagi fan.


    1. Iqtisodiyot nazariyasi — har-xil tovarlarni (bug‘doy, mol go‘shti, konservalar, yo‘llar, kichik kemalar) ishlab chiqarish maq-sadida kishilar tomonidan noyob va cheklangan unurnli resurslardan (yer, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar, mehnat, mashinalar, texnikaviy bilimlar) foydalanilishi to‘g‘risidagi fan.

    2. Iqtisodiyot nazariyasi ^ kishilarning kundalik ishbilarmonlik faoliyati, kishilarning tirikchilik uchun mablag‘ topishi va undan foydalanishi to‘g‘risidagi fan^.

Ko‘pchilik iqtisodchilar iqtisodiyot nazariyasiga cheklangan resurslar sharoitida iqtisodiy faoliyatning tanlab olinishi bilan bog'liq fan, deb qaraydilar.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling