Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Iqtisodiyot nazariyasining predmeti — bu kishilarning chek­ langan iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil


Download 1.85 Mb.
bet4/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

Iqtisodiyot nazariyasining predmeti — bu kishilarning chek­ langan iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil xo‘jallk yuritish aso-sida o‘z ehtiyojini qondirishga qaratilgan xatti-harakatlari, bularni belgilovchi Iqtisodiy shart-sharoitlar hisobianadi.
Bu shart-sharoit obyektiv, ya’ni insoii o‘z bilgaiiicha buni o‘z-gartira olmaydi, ammo shu sharoitni bilgan holda o‘z faoliyatini unga moslab tashkil etadi. Bare ha kishilarning aniq maqsadni ko‘zlagan iqtisodiy xatti-harakatlari o‘zaro bog‘langan holda jami-yatning iqtisodiy hayotini tashkil etadi va buni iqtisodiyot nazariyasi tahlil etadi. Jamiyatning iqtisodiy faoliyati — bu iqtisodiy insonlar faoliyatining majmuasidir. Iqtisodiy inson bu tovar va xizmatlarni
‘ А.Маршал. Приншшы экономической науки. .М.; 1993. стр. 5.


  1. П.Самуэльсон. Экономика. Т.1. М.; 1992. етр. 7.




  1. А.Маршал. Приндипы экономической науки, М.: 1993. стр. 5.

6


yaratish orqali o‘z ehtiyojini qondiruvchi, ya’ni xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kishidir. Insonnmg xatti-harakatlari aniq maqsadga yo‘naltiriladi, bu individual (yakka) tarzda, xonadon yoki firma doirasida va nihoyat jamiyat (mamlakal) miqyosida yuz beradi. Iqtisodiyot subyektlari (ishtirokchilari) — bu firmalar, xo-nadonlar va davlat hisoblanadi, ulaming faoliyatini nazariya yax-litlikda olib o‘rganadi. Iqtisodiy insonlar faoliyati ko‘p jabhali, bu ishlab chiqarishdan boshlanadi, ayirboshlash va taqsimotda davom etadi va nihoyat tovar va xizmatlarning iste’mol qilinishi bilan yakunlanadi. Bu faoliyat bir lahzalik, qisqa bo‘ladigan hodisa emas. U doimo takrorlanib, yangilanib turadi, shu tarzda to‘xtovsiz davom etadi. Nazariya iqtisodiyotni mana shunday uzluksizlikda olib o‘r-ganadi. Iqtisodiyot nazariyasi o‘z-o‘zidan tabiiy sharoitni o‘rgan-maydi, chunki bu boshqa fanlarning ishi, lekin shu sharoitning ta’sirida iqtisodiyotda nima yuz berishini ко‘rib chiqadi. Bu fan predmeti aslida ijtimoiy-iqtisodiy sharoit bo'lib, bunga resurslar, mulkchilik, iqtisodiy motivatsiya (rag‘bat), ichki va tashqi iqtisodiy vaziyat, kishilarning bilim darajasi, kasbiy mahorati, ularning ijtimoiy holati (maqomi) kiradi. Bular ma’lum xatti-harakatlarni yuzaga keltiradi. Iqtisodiyotning o‘ziga xos tamoyillari ham borki, buni iqtisodiyot nazariyasi fani tahlil etadi. Mulkning bor-yo‘qligi yoki uning katta-kichikligiga qarab kishilar o‘z ehtiyojini qondirish uchun har xil yo‘l tutadilar. Mulki bor, agar u yetarli bo‘Isa, uni ijaraga berib pul topadi, o‘zi ishlatadi, mulki yo‘q yoki mulki g‘oyat oz kishi yollanib ishlab, kun ko‘radi. Bir narsaga ega bo‘lish uchun boshqasidan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Shu sababli inson nima qilishini muqobil tanlov asosida belgilaydi, o‘ziga naf keltiradigan ish bilan mashg‘ul bo'ladi, ishlarning eng samaralisini tanlab oladi. Kishilar daromadning ozidan voz kechib, ko‘pini olishga intiladilar, ular nimani yo'qotish hisobidan nimaga ega bo‘lishlarini belgilab oladilar.
Insonning faolligini iqtisodiy stimullar (rag‘batlantiruvchi kuch) yuzaga keltiradi, chunki bular kishilarning maqsadini bildiradi, maqsad esa manfaatlardan kelib chiqadi. Faol bo‘lish — yaxshi yashashni kafolatlaydi, yuqori turmush darajasini esa yuqori mehnat unumdorligi belgilaydi. Ne’matlarni kam yaratib ko‘p iste’mol qilish mumkin emas. Kishilar yaratgan mahsuloti va xizmatlarini bir-biriga yetkazib berib o‘z ehtiyojilarini qondiradilar va shu tufayli farovonlikka erishadilar.
XLilias, kishilarning xatti-harakatini yuzaga keltiruvchi omillar xilma-xil va iqtisodiyot nazariyasi ularni birgalikda ко‘rib chiqadi.

Iqtisodiyotda kishilar o‘zaro iqtisodiy munosabatda boladilar, bu ularning o‘zaro aloqalarida o‘z ifodasini topadi.



Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling