Oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. ‘Lmas0V, A. Vahobov


Download 1.85 Mb.
bet7/326
Sana08.01.2022
Hajmi1.85 Mb.
#245671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   326
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi A.O'lmasov 111

1.3. Tahlil uslublari
Iqtisodiyot nazariyasi predmetini ohganishda idrok etishning ikki bosqichi qoilaniladi.

Birinchi bosqich —kuzatish bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda iqtisodiyotga oid ma’lumotlar to‘planadi, ular boshqa noiqtisodiy ma’lumotlardan ajratib olinadi. Ularga dastlabki tarzda umumiy baho beriladi va halt sinab ko'rilmagan xulosa —gipoteza oIg‘a suri-ladi.
Ikkinchi bosqichda gipotezalar boshqa ma’lumotlarni o‘rgangan holda sinab koTiladi, ular tasdiqlansa, qabul qilinadi, ular asosida nazariy qonun-qoidalar ta’riflanadi.
Nazariy xulosa amaliyot bilan solishtirib ko‘riladi. Agar real iqtisodiy hayot nazariy qoidani doimo tasdiqlab tursa, demak u to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Agar aytilgan hodisa qisman tasdiqlansa yoki tasdiqlanmasa, ta’riflangan qoidani qaytadan ko‘rish, zarar bo‘lsa toddirish yoxud undan tamomila voz kechish kerak bodadi.
Iqtisodiyot nazariyasi tabiiy fanlardan farqliroq o‘z xulosalarini laboratoriyadagi tajriba yoki tabiatdagi sinovlar yordamida tekshirib ko‘ra olmaydi. Agar iqtisodiy beqarorlik bodsa, nazariyada uning belgilari ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik va inflatsiya, deb qaralsa, uni tasdiqlash uchun tajriba yoki sinov odkazib bodmaydi.

Bularni faqat kuzatish, ular haqida madumot to‘plash va bu ma’lumotni nazariy umumlashtirish mumkin, xolos.


Nazariyada tasodifiy yoki juz’iy emas, balki doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy hodisalarni anglash uchun abstraksiyalash usuli qodlaniladi. Bu usul nazariya uchun asosiy hisoblanadi. Bu usul yordamida iqtisodiy hodisalar ularga ta’sir etuvchi odklnchi va ikkinchi darajali omillardan xoli etib olinadi, ularga nazariy baho beriladi. Abstraksiyalashda taxmin usuli qodlanadi, ya’ni m alum

10


shart-sharoit bo‘lganda nima yuz berishi taxmin etiladi. Masalan, narxning talabga ta’sirini bilish uchiin talabga ta’sir etuvchi boshqa omillar o‘zgarmay turibdi, deb taxmin qilinadi. Shunday sharoitda narx va talabning o‘zgarishi qanday bo'Hshi aniqlanadi.
Boshqa bir misol: texnologiyaning mehnat unumdorligiga ta'siri aniqlanganda narx-navo, ishchilarning malakasi, ishlab chiqarish-ning tabiiy sharoiti, tovarlarning sotilib turishi ©‘zgarmaydi, deb taxmin qilinadi. Ammo bunday taxmin qilish amalda bor narsalarni vaqtincha nazardan kechirib turishni bildiradi. Hayotda uchra-maydigan fantastik hodisalarni, masalan, boshqa planetalardan odamsimon jonzotlar keldi yoki kelmadi, deb hech qachon taxmin qilinmaydi.
Abstraksiyalash asosida mantiqiy usul yotadi, bunda mantiq yor-damida iqtisodiy liodisalarning o‘zaro bog'lanishi, ularning umumiyligi va farqlari, kelib chiqish sabablari va oqibatlari aniqlab olinadi.
Abstraksiyalash - bu iqtisodiyotning nazariy modelini yara-tishdir. Lekin model real iqtisodiy voqelikni aks ettirgandagina ilmiy bodadi. Model aslida iqtisodiy voqelikning nazariy ifodasidir.
Murakkab iqtisodiy hodisalarni dastlab tahlil etish va so‘ngra tushuntirib berish uchun sodda yoki murakkab iqtisodiy model lar qoMlaniladi. Sodda modelga misol tariqasida iqtisodiy sirkuiyatsiya (oborot) modelini olish mumkin. Bu modelda iqtisodiyot ishtirok-chilari faqat firmalar va xonadoniardan iborat, ular boshqalar bilan aloqa qilmaydi, ular bor tovarini va pulini bozorga tashlaydi, deb taxmin qilinadi. Shu modelga binoan iqtisodiyotning asosiy ishti-rokchilari o'rtasidagi aloqalar tahlil qilinadi, bu aloqalar bir-biriga tovar va xizmatlar yetkazib berishdan iborat va shunga mos ravishda ular o‘rtasida pulning oldi-berdisi yuz berishi haqida xulosa chiqariladi. Murakkab modellar tuzilganda ko‘pchilik siibyektlar o‘rtasidagi va ko‘p turdagi iqtisodiy aloqalar olinib, ular matematik hisob-kitoblar asosida ko‘rib chiqiladi, bunda aloqalarning miqdoriy tahlili ohkaziladi.
fqtisodiyot nazariyasi o‘z predmetini tahlil etganda pozitiv va normativ usullarni qoilaydi. Pozitiv usul bu iqtisodiy voqelikni nazariy jihatidan qandayligini tushuntirib berish, ya’ni uni ilmiy talqin etishdan iborat. Normativ usul — bu iqtisodiy voqelikning amalda qanday bo'lishi kerakligini va buning uchun nima qilish zarurligi xususida tavsiya berishdir. Masalan, pozitiv usulda sti-pendiya mohiyatan nimaligi tushuntiriladi, ya’ni uni yoshlarga ular o‘qigan paytida beriladigan yordam, deb talqin etilsa, normativ usulda uni qachon va qanchaga oshirish zarurligi asoslanadi. Pozitiv

I I


usul nazariy talqinni bildirsa, normativ usul amaliyotda nima bolishini bildiradi.

Nazariyada tahlilning induktiY va dedyktiv usullari ham ishla-tiladi. Induktiv usul qoMlanilganda hodisalarni kuzatishdan ulami umumlashtirishga o'tilib, umumiy xulosalar chiqariladi. Deduktiv usul qoilanilganda esa shakllangan nazariy xulosalar asosida iqti-sodiyotdagi ayrim hodisalar tahlil etiladi. Bu bilan aytilgan qoidalar naqadar haqqoniy ekanligi sinab ko‘riladi. Nazariyada oddiy hodi­ salar tahlilidan murakkab hodisalar tahliliga o‘tish ham qollaniladi. Masalan, dastlab individual talab, so‘ngra ayrim bozor talabi va nihoyat jamiyatdagi yalpi talab tahlili o‘tkazi!adi. Yana bir usul --- bu hodisalarni turli darajada olib oYganishdir.

Nazariyada iqtisodiyotning qonun-qoidalari 3 xil darajada o'rganiladi:


  1. mikrodarajada —bunda firmalar va xonadonlarning iqtisodiy xatti-harakati, ayrim bozordagi o‘zgarishlar o'rganiladi;

2) makrodarajada bunda butun iqtisodiyotdagi, aniqrogri mii-liy iqtisodiyot darajasidagi, milliy bozordagi hodisalar va jarayonlar o'rganiladi;
3) megadarajada xalqaro-global miqyosdagi, jahon xo'jaligida yuz beradigan jarayonlar, ularga xos bo'lgan qoidalar o'rganiladi.
Har uchala daraja o'zaro bog'liqlikda ko‘rib chiqiladi, chunki mikrodarajadagi iqtisodiy faoliyat yaxlitlikda makrodarajani, turli mamlakatlardagi makrodarajadagi iqtisodiyot megadarajani, jahon iqtisodiyotini yuzaga keltiradi. Turli darajadagi iqtisodiyot oTga-nilganda, ularning har biriga xos qonun-qoidalar alohida ko‘rib chi­ qiladi.
Nazariyada miiidoriy tahlil ham qo'llaniladi, ammo bu yo‘l bilan olingan ma’lumotlar nazariy xulosa chiqarishga xizmat qiladi. Masalan, miqdoriy tahlil ishsizlar sonining kamayishini ko'rsatsa, iqtisodiyotda bandlik oshayapti degan, bordi-yu bu tahlil inflatsiya pasayishini ko'rsatsa, pul muomalasi barqarorlashib borayapti, de­ gan xulosalarga kelamiz. Miqdoriy tahlil o'lkazilganda turli for-mulalar qo'llaniladi, ular vositasida iqtisodiyotga oid hisob-kitob ishlari olib boriladi. Bular yordamida iqtisodiy qonun-qoidalarning naqadar amal qilishi, iqtisodiyotga xos bo'lgan tendensiyalar bilib olinadi. Miqdoriy tahlil natijalari turli illyustratsiyalar —chizmalar, rasmiar, egri chiziqiar yordamida tasvirlanadi. Iqtisodiyotdagi o'zgarishlami ifodalovchi miqdoriy ko'rsatkichlar o‘zgara?chan qiymatlardan iborat bo'lib, bunda bir qiymat ikkinchisiga, ikkinchisi uchinchisiga va h.k. bog'liq bo'ladi. Masalan, resurslar narxining o'zgarishi xarajatlar o'zgarishini, o‘z navbatida bu narxning, bino-

12


barin chiqariJgan tovarga talabning o‘zgarishini yuzaga keltiradi. Sunday o‘zaro bogiiqlik chizmalarda aks ettiriladi. Bular yorda-mida nazariy g‘oya atroflicha, ya’ni tasvir vositasida ham ifoda etiladi va shuningdek, o'zgaruvchan qiymatlar o‘rtasidagi bogiiq-likni aniqlashga xizmat qiladi. Chizmalar doirasimon boiganda, u boiaklarga ajratiladi, ya’ni hissa —ulush tasvirlanadi. Masalan, dav-latning daromadlardagi ulushi 25 % boisa, bu doiraning 1/4 qismi shakJida bo‘ladi.
Chizmalar miqdoriy o‘zgarishlami, masalan, narxni yoki mahsulot miqdoridagi o'zgarishlarni bildiradi. Ikki o'zgamvchan qiymatning o‘zaro ta’sirini anglash uchun koordinatlarga asoslangan chizma hosil qilinadi. Bunda abssissa o‘qiga bir ko‘rsatkich qo‘yilsa, ordinata o‘qiga boshqasi qo'yiladi. Bir qiymat miqdorining o‘zga-rishi boshqasining qanchaga o‘zgarishiga qarab vertikal va gorizontal chiziqlar hosil qilinadi, ular kesishgan nuqtalar egri chiziq bilan birlashtirilganda iqtisodiy o'zgarishlar qandayligi aniqlanadi.
Nazariyada sifatli tahJil usuli birlamchi, u mantiqqa asoslangan abstraksiyalash usulidan iborat bo‘lib, nazariy xulosalar chiqarishga va qonun-qoidalarni ilmiy ta’riflashga xizmat qiladi. Ammo bu miqdoriy tahlilga tayanadi, chunki mazkur usul kuzatish ma’lu-motlarini jamlash, ularni umumlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari miqdoriy tahlil yordamida nazariy qonun-qoidalar iqtiso-diyotda naqadaramal qilayotganligi bilib olinadi. Masalan, inflatsiya darajasini miqdoran aniqlash orqali pul muomalasi qonunining amal qilishi ko'rsatiladi. Nazariy tahlilda qo'llanadigan turli-tuman usullar bir-biridan ajratib olib alohida ishlatilmaydi, ular birgalikda, lekin turli kombinatsiyada (nisbatda) ishlatiladi. Bu tahlil darajasi va miqyosiga bog‘liq bo'ladi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling