Oltin bitiglar 2019 pdf


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/91
Sana04.10.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1691746
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91
Bog'liq
sh.amonov oltin bitigl 2020 1 2

126
Abdulhamid QURBONOV


MAQOLANI RASMIYLASHTIRISH TALABLARI
“Oltin bitiglar – Golden Scripts” jurnali – milliy merosimiz, umumturkiy 
adabiyot va madaniyat, o‘zbek adabiyoti va madaniyati, umuman, Sharq adabiyoti va 
madaniyati namunalarini, ular mualliflari hayoti va ijodining hali o‘rganilmagan qirralarini 
manbashunoslik, matnshunoslik va matnchilik hamda adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik 
mezonlari, xalq og‘zaki ijodi namunalarini to‘plash va o‘rganish, o‘zbek adabiy tili 
taraqqiyotida badiiy matn va matbuotning o‘rni va ahamiyati asosida tadqiq etgan mualliflar 
ilmiy xulosalarini chop etishga qabul qiladi.
1. Umumiy ma‘lumotlar
- Qo‘lyozmalarga qo‘yiladigan talablar
1( 
Qo‘lyozmalar yil davomida istalgan vaqtda topshirilishi mumkin. Agar muallif o‘z 
maqolasini jurnalning muayyan sonida nashr etmoqchi bo‘lsa, unda qo‘lyozma 
nashrdan kamida besh oy oldin taqdim etilishi kerak.
2( 
Qo‘lyozmalar MS Word (.doc) formatida
(oltinbitik@gmail.com)
elektron pochtasiga 
yuborilishi kerak. Iqtiboslar va ishoratlar bo‘yicha MS Word menejerini qo‘llash lozim.
3( 
Barcha qo‘lyozmalar elektron pochta manzili, pochta adresi hamda muallif(lar) haqida 
qisqacha ma’lumot beruvchi ilova xat bilan yuboriladi.
2. Qo‘lyozma formati
1( 
Asosiy matn Times New Roman shrifti, 12 hajm, satr oralig‘i 1 interval, hoshiyalar 
chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm bo‘lishi kerak.
2( 
Maqolalar The Chicago Manual of Style, 16
th
Edition formatida shakllantirilishi lozim.
3( 
Iqtiboslar matnda katta qavs ichida beriladi.
4( 
Maqola odatda 9000 so‘zdan oshmasligi kerak. Bundan tashqari,
- 150-200 so‘zdan iborat 2 (ingliz, o‘zbek) tilda abstrakt va 7-10 kalit so‘z;
- adabiyotlar ro‘yxati 5 sahifadan oshmasligi kerak;
- jadvallar, chizmalar, agar mavjud bo‘lsa.
5( 
Kitobga taqriz (ingliz yoki boshqa tillarda bo‘lishi mumkin) 1500 so‘zdan oshmasligi 
kerak. Taqrizning formati:
- sarlavha: Kitob nomi, muallif(lar), nashr qilingan shahar: nashriyot nomi, nashr yili
sahifasi. Narhi, ISBN raqami, (qattiq/yumshoq muqova).
- taqriz so‘ngida: taqrizchining F.I.Sh., ish joyi, pochta manzili
6) Maqola bo‘limlarini rasmiylashtirish 4 darajadan ortmasligi kerak:
1-daraja. Maqola nomi – katta harflarda, quyuq, 14 hajm.
2-daraja. Maqola bo‘limlari – yotiq, 14 hajm.
3-daraja. Maqola bo‘limlari fasllari – normal, 12 hajm.
4-daraja. Maqola bo‘limlari fasllarining fasllari – normal, 11 hajm.

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling