Oltinchi guruh kationlarining analitik reaksiyalri


I.3 Oltinchi analitik gruppa kationlarining xususiy reaksiyalari. Hg2+ kationlarining reaksiyalari


Download 162.41 Kb.
bet3/14
Sana22.10.2023
Hajmi162.41 Kb.
#1715228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
OLTINCHI GURUH KATIONLARINING ANALITIK REAKSIYALRI

I.3 Oltinchi analitik gruppa kationlarining xususiy reaksiyalari. Hg2+ kationlarining reaksiyalari


1. O‘yuvchi ishqorlar NaOH va KOH simob (II) tuz- larining eritmalaridan simob oksidning sariq cho‘kmasini hosil qiladi.
Hg2 + 2OH = HgO + H2O
Cho‘kma mineral kislotalarda yaxshi eriydi.
Reaksiyaning bajarilishi. Simob (II) tuzining 2 tomchi eritmasiga 2 tomchi ishqor eritmasi qo‘shiladi va sariq cho‘kma hosil bo‘lishi kuzatiladi
2.Vodorod sulfid H2S eritmadagi simob Hg2+ ionlari bilan reaksiyaga kirishib, simob (II) sulfid HgS ning qora cho’kmasini hosil qiladi.
Hg2+ + S2 = HgS

Cho‘kma kislotalarda, hatto, konsentrlangan nitrat kislotada ham erimaydi, faqat «zar suvi» (konsentrlangan HNO3 va HCl ning aralashmasi) da eriydi.


Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga 5 tomchi simob (II) tuzi eritmasidan solinadi, eritmaga bir tomchi xlorid kislota qo‘shib, kislotali muhit hosil qilinadi, so‘ngra eritmadan vodorod sulfid o‘tkaziladi va qora cho‘kma hosil bo‘lishi kuzatiladi.
Kaliy yodid KI eritmadagi Hg2+ ionlari bilan reaksiyaga kirishib, simob (II) yodid HgI2 ning qizil cho‘kmasini hosil qiladi:
Hg2+ + 2I = HgI2
Cho‘kma ortiqcha reaktivda erib, rangsiz kompleks tuz hosil qiladi:
HgI2 + 2KI = K2[HgI4]
Cu2+ ionlari Hg2+ ionlarini aniqlashga xalaqit beradi. Bu reak- siya Hg2+ ionlarini topish uchun ko‘p qo‘llaniladi.
Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga 1–2 tomchi simob (II) nitrat Hg(NO3)2 eritmasi tomiziladi, dastlab unga 2 tomchi kaliy yodid eritmasi, keyin esa reaktivning ortiqcha miqdori qo‘shiladi. Cho‘kma tushishi va keyinchalik erishi kuzatiladi.

Download 162.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling