Oltinchi guruh kationlarining analitik reaksiyalri


Download 162.41 Kb.
bet6/14
Sana22.10.2023
Hajmi162.41 Kb.
#1715228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
OLTINCHI GURUH KATIONLARINING ANALITIK REAKSIYALRI

Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga mis (II) tuzi eritmasidan 5 tomchi olinib, eritmadan vodorod sulfid gazi o‘tkaziladi va qora cho‘kma hosil bo‘lishi kuzatiladi.
Kaliy yodid mis Cu2+ ionlari bilan oksidlanish-qaytarilish reaksiyasiga kirishib, o‘zi erkin holatdagi yodgacha oksidlanadi, Cu2+ ionlarini esa Cu+ ionlarigacha qaytaradi. Bunda CuI ning oq cho‘kmasi hosil bo‘ladi.
2CuSO4 + 4KI = 2CuI + I2 + 2K2SO4
Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga 2 tomchi CuSO4 eritmasi solib, uning ustiga 2 tomchi KI eritmasi qo‘shiladi. Cho‘kma tushishi va eritma rangining o‘zgarishi kuzatiladi.

I.4 Oltinchi analitik gruppa kationlari aralashmasining analizi


Probirkaga oltinchi analitik gruppa kationlari bo’lgan eritmalardan 1 ml solinadi, uning ustiga eritma ishqoriy muhitga kelguncha qadar konsentrlangan ammiak eritmasidan tomchilatib qo’shiladi. Hosil bo’lgan eritmaga 6N NH4Cl eritmasidan 3-4 tomchi qo’shiladi.
Cu2+ ionlarini aniqlash. Eritmaning ko’k rangi undagi Cu2+ ionlari ammiak bilan kompleks ion [Cu(NH3)4]2+ ni hosil qilganligini ko’rsatadi.
Cu2+ va Hg2+ ionlarni cho’ktrish. Probirkaga 10-12 tomchi ammiak eritma olib uning ustiga kislotali muhit hosil bo’lgunga qadar tomchilatib suyultrilgan sulfat kislota eritmsidan qo’shiladi, so’ngra natriy tiosulfatning 3-4 ta kiristalchalari tashlanadi va eritma qizdiriladi. Bunda Cu2S HgS va S dan iborat cho’kma hosil bo’ladi. Aralashma sentrafugalanib, chokma eritmadan ajratiladi.
Barcha gruppa kationlarining tizimli analizida Mg2+ ionlari ham mis(II) va simob(II) ammiakatlari bilan birgalikda eritmada bo’ladi. Eritmadan Cu2S va HgS ajratilgandan so’ng sentrafugada Mg2+ ionlari bo’ladi. Sentrafugadagi Mg2+ ionlari Na2HPO4 yordamida aniqlanadi. Faqat (VI) gruppa kationlari analiz qilinganda Cu2S va HgS ajratilgandan so’ng hosil bo’lgan sentrafuga to’kib tashlanadi . Cho’kma ammoniy xlorid eritmasi bilan yuviladi. Yuvilgan cho’kmaga 6-7 tomchi 3 N HNO3 bilan ishlov beriladi. Bunda Cu2S eriydi.

Download 162.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling