Oltinchi guruh kationlarining analitik reaksiyalri


Download 162.41 Kb.
bet8/14
Sana22.10.2023
Hajmi162.41 Kb.
#1715228
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
OLTINCHI GURUH KATIONLARINING ANALITIK REAKSIYALRI

HCl+HNO3 tasiri


Eritma: Hg2+


SnCl2 tasiri


Oq cho’kma: Hg2Cl2


I.5 Barcha analitik gruppa kationlari aralashmasining analizi


Dastlabki kuzatish va sinab ko‘rish.Moddalar v aralashma- larning analizi hamma vaqt dastlabki kuzatish va sinab ko‘rishdan boshlanadi. Avvalo eritmaning rangiga e’tibor berish kerak, chunki ba’zida shunga qarab eritmada rangli ionlarning bor-yo‘qligini aytish mumkin. So‘ngra eritmaning alohida ulushlaridan Fe2+, Fe3+ ionlarining borligini tekshirib ko‘rish kerak, chunki qayta- ruvchilar ta’sirida Fe3+ ionlari Fe2+ ionlariga, oksidlovchilar ta’sirida esa Fe2+ ionlari Fe3+ ionlariga o‘tib, tekshiriladigan eritmada ularning qaysilari bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Ko‘pchilik kationlarni aniqlash uchun ammiak eritmasi ishlatilganligi sababli tekshiriladigan eritmada NH4+ ionlari bor yoki yo‘qligini ham oldindan aniqlab qo‘yish lozim. Bundan tashqari, kuchli oksidlovchilar ta’sirida NH4+ ionlari N2 yoki NO, ba’zan esa NO2 gacha oksidlanadi.
Fe2+ ionlarini aniqlash. Probirkaga tekshiriladigan eritmadan 2–3 tomchi olib, uning ustiga 2 tomchi suyultirilgan (1:3) HCl va 1 tomchi K3[Fe(CN)6] eritmasi qo‘shiladi. Òo‘q ko‘k rangli cho‘kmaning hosil bo‘lishi eritmada Fe2+ ionlari borligini ko’rsatadi.
Fe3+ ionlarini aniqlash. Toza probirkaga tekshiradigan eritmadan 2–3 tomchi olib, uning ustiga 2 tomchi suyultirilgan (1:3) HCl va 1 tomchi K4[Fe(CN)6] eritmasi qo‘shiladi. Ko‘k rangli cho‘kmaning hosil bo’lishi eritmada Fe3+ borligini ko’rsatadi.

Download 162.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling