Birinchi va to‘rtinchi analitik gruppalar kationlarini ajratish va analiz qilish. Eritmadan uchinchi analitik gruppa kationlari ajratib olingandan so‘ng hosil bo‘lgan sentrifugatga ishqoriy muhit hosil bo‘lgunga qadar 10%li NaOH eritmasi qo‘shiladi. So‘ngra yana 10 tomchi NaOH eritmasi tomiziladi. Shundan so‘ng aralashmaga 10–12 tomchi H2O2 qo‘shiladi va aralashma suv hammomida qizdiriladi. Eritma sentrafugalanib, cho’kma eritmadan ajratiladi. Cho‘kmada beshinchi va oltinchi gruppalar kationlari, eritmada esa birinchi va to‘rtinchi gruppalar kationlari bo‘ladi. Sentrifugat 2 qismga bo‘linadi.
Beshinchi va oltinchi analitik gruppalar kationlari aralash- masining analizi. Ushbu paragrafning 4-bandida yozilganidek eritmaga NaOH va H2O2 qo‘shilgandan so‘ng hosil bo‘lgan cho‘kma 2–3 marta bir necha tomchi ammoniy nitrat qo‘shilgan issiq suv bilan yuviladi. So‘ngra cho‘kmaga 10 tomchi 2 N. HNO3, 4–5 tomchi H2O2 qo‘shib, cho‘kma to‘liq erigunga qadar shisha tayoqcha bilan aralashtriladi. Agar aralashtirgandan so‘ng cho‘kma to‘liq erimasa cho‘kma ustiga yana bir necha tomchi HNO3 ham H2O2 qo‘shiladi va aralashma sekin qizdiriladi. Hosil bo‘lgan eritmaga ishqoriy muhit hosil bo‘lguncha 6–8 tomchi ortiqchasi bilan ammiakli suv qo‘shiladi. So‘ngra 4–5 tomchi 6 N NH4Cl va 2 tomchi H2O2 eritmalari solib, aralashtiriladi va qizdiriladi. Hosil bo’lgan aralashmani sovutib, sentrifugalanadi va cho‘kma eritmadan ajratiladi. Sentrifugatdan CuS va HgS lar natriy tiosulfat yordamida ajratib olingandan so‘ng eritmadagi Mg2+ ionlari ammiakli muhitda Na2HPO4 yordamida aniqlanadi.
Barcha gruppa kationlari aralashmasining kislota ishqorli usul bilan analiz qilish sxemasi.
Eritma: I, II, III, IV, V, VI gruppa kationlari
2-sxema.
Do'stlaringiz bilan baham: |