Oltinchi guruh kationlarining analitik reaksiyalri


-nitrozo-2-naftol bilan tomchi reaksiyasi


Download 162.41 Kb.
bet12/14
Sana22.10.2023
Hajmi162.41 Kb.
#1715228
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
OLTINCHI GURUH KATIONLARINING ANALITIK REAKSIYALRI

1-nitrozo-2-naftol bilan tomchi reaksiyasi
Kobalt (II) kationi neytral yoki kislotali sharoitda Ilinsk reaktivi bilan to‘q qizil rangli, suvda kam eriydigan ichki kompleks hosil qiladi. Ko‘p miqdordagi mis kationi xalaqit beradi:

1-rasm. Kobalt kationini reaksiyasi
Ish tartibi Filtr qog‘ozga kapilyar yordamida 1 tomchi kobalt (II) tuzi eritmasidan va 1 tomchi 1%li 1-nitrozo-2-neftolning 1:1 sirka kislotali eritmasidan tomiziladi. Qizil-jigarrang dog‘ hosil bo‘ladi.
Ni2+ (…3p63d8) kationining analitik reaksiyalari: Ishqoriy metallarni gidroksidlari va ammiak bilan ta’siri (guruh reagenti ta’siriga qarang). Dimetilglioksim bilan tomchi reaksiyasi (Chugayev reaksiyasi).Nikel (II) dimetilglioksim bilan ammiak eritmasi ishtirokida (pH=9) lola-qizil rangli kompleks birikma hosil qiladi. Bu reaksiya xarakterli va sezgirdir: Hosil bo‘lgan cho‘kma kuchli kislotada va ishqorlarda eriydi, natriy atsetat va ammiak eritmalarida amalda erimaydi. Temir (II) ioni shu sharoitda dimetilglioksim bilan qizil rangli suvda eruvchan kompleks birikma hosil qiladi. Mis (II) va boshqa ammiak bilan rangli birikmalar hosil qiladigan kationlar nikel (II)ni ochishga xalaqit beradi. 
Ish tartibi Nikel tuzi eritmasidan 1 tomchi kapilyar yordamida filtr qog‘ozga tomiziladi. Ustiga 1 tomchi dimetilglioksim eritmasidan tomizib, quyuq ammiak eritmasiga tutib turiladi va kuzatiladi. Shunda filtr qog‘ozda lola qizil rang hosil bo‘ladi.
Cu2+ (…3p63d9) kationining analitik reaksiyalari:Ishqoriy metallarning gidroksidlari bilan reaksiyasi (guruh reagenti ta’siriga qarang)Ammiak bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli) (guruh reagenti ta’siriga qarang)Kaliy geksatsianoferrat (II) bilan reaksiyasi. Mis ioni kaliy geksatsianoferrat (II) bilan kislotali sharoitda qizg‘ish-jigarrang cho‘kma hosil qiladi, u 25%li ammiak eritmasida eriydi, lekin kuchsiz kislotalarda erimaydi. Reaksiyani filtr qog‘ozga, cho‘ktirish xromatografiyasi usulida bajarish xam mumkin.
2Cu2+ + [Fe(CN6)]4- = Cu2[Fe(CN)6] (q)
Temir (III) ioni bu reaksiyani o‘tkazish uchun xalaqit beradi, temir (III) ishtirokida mis quyidagicha aniqlanadi:Tekshiriluvchi eritmaga ammoniy gidroksidi qo‘shiladi. Temir Fe(OH)3 xolida cho‘kmaga tushadi, eritma esa to‘g ko‘k rangli bo‘ladi. Eritmaga kaliy geksatsianoferrat (II) qo‘shiladi. Qizil-qo‘ng‘ir rangli cho‘kma hosil bo‘ladi. Misni ushbu reaksiyasi xromatografik usulda xam bajariladi.
Ish tartibi 5% li kaliy geksatsianoferrat (II) eritmasi shimdirilgan qog‘ozga 1 tomchi mis tuzi eritmasidan tomiziladi. Qizg‘ish-jigarrang dog‘ hosil bo‘ladi.

Download 162.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling