Oltinchi guruh kationlarining analitik reaksiyalri
Cho’kma: II gruppa kationlari: AgCl, Hg
Download 162.41 Kb.
|
OLTINCHI GURUH KATIONLARINING ANALITIK REAKSIYALRI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cho’kma: III gruppa kationlari BaSO 4 , CaSO 4 , PbSO 4
- Eritma: I, IV gruppalarning kationlari: [Al(OH) 4 ] - , [Zn(OH) 4 ] 2- CrO 4
- , HgO, Cu(OH) 2 , Bi(OH) 3
- Vodorod pereoksidining ishqoriy sharoitda ta’siri
Cho’kma: II gruppa kationlari: AgCl, Hg2Cl2, PbCl2
HCl tasiri Eritma: I, III, IV, V, VI gruppalarning kationlari va Pb2+ ionlari Cho’kma: III gruppa kationlari BaSO4, CaSO4, PbSO4 H2SO4 tasiri Eritma: I, IV, V, VI, gruppalarning kationlari NaOH+H2O2 tasiri Eritma: I, IV gruppalarning kationlari: [Al(OH)4]- , [Zn(OH)4]2- CrO42- Cho’kma: V va VI gruppalarning kationlari: Mg(OH)2 MnO(OH)2, Fe(OH)3, HgO, Cu(OH)2, Bi(OH)3 HNO3+H2O2 tasiri Eritma: V va VI gruppalarning Kationlari: Mg2+, Mn2+, Fe3+, Hg2+, Cu2+, Bi3+ Ammoniy tuzlarini yoqotgandan so’ng I gruppa kationlarining analiz IV gruppa kationlar analizi NH4OH+H2O2+NH4Cl tasiri Cho’kma: V gruppa kationlari: MnO(OH)2, Fe(OH)3, Bi(OH)3 Eritma: VI gruppa kationlari: [Cu(OH)4]2+ , [Hg(OH)4]2+ va Mg2+ II Metodik qism II.1 VI guruh kationlarining xususiy reaksiyalari Guruh reagentining ta’siri Kobalt, nikel, mis kationlari 25%li ammiak eritmasi ta’sirida rangli asosli tuzlar hosil qiladi. CoOHCl – ko‘k rangli cho‘kma, isitilganda pushti rangli Co(OH)2 ga o‘tadi. Cu(OH)Cl – ko‘k yashil, Ni(OH)Cl – och yashil, HgNH2Cl – oq, simob (II) nitratdan xam [OHg2NH2]NO3 tarkibli oq cho‘kmalar hosil bo‘ladi. Nikel, mis va kadmiy gidroksidlari ortiqcha ammiakda eriydi: Ni(OH)Cl (ch)+ 6NH3 = [Ni(NH3)6]2+ +OH- + Cl- Cu(OH)Cl (ch)+ 4NH3 = [Cu(NH3)4]2+ OH- + Cl- Cd(OH)2 (ch)+ 4NH3 = [Cd(NH3)4]2+ + 2OH- Kobalt va simob (II) ni asosli tuzlari ortiqcha ammiakda ammoniy tuzlari ishtirokida eriydi: Co(OH)Cl (ch)+ 5NH3 + NH+4 = [Co(NH3)6]2+ + Cl- + H2O [OHg2NH2]NO3 (ch)+ 4NH3 + 3NH4+ = 2[Hg(NH3)4]2+ +NO3- + 2H2O HgNH2Cl (ch)+ 2NH3 + NH4+ = [Hg(NH3)4]2+ +Cl- Misni ammiakatli kompleksi to‘q ko‘k rang, nikel ko‘k, kadmiy va simob (II) rangsiz bo‘ladi. Kobalt (II) xavo kislorodi ta’sirida asta sekin oksidlanadi va qizil olcha rangli kobalt (III) ammiakatli kompleksni hosil qiladi. Vodorod pereoksidining ishqoriy sharoitda ta’siri VI guruh kationlariga ishqoriy sharoitda vodorod peroksidi ta’sir ettirilsa (NH3, NaOH) nikel, mis, kadmiy, simob (II) gidroksidlari cho‘kmaga tushadi. Kobalt (II) tezda oksidlanib kobalt (III)ga o‘tadi va qo‘ng‘ir Co(OH)3 cho‘kmaga tushadi. U esa mo‘l miqdordagi konsentrlangan ammiakda eriydi va olcha rangli [Co(NH3)6]3+ kompleksini hosil qiladi Ish tartibi a) 5 ta probirkaga 3 tomchidan kobalt, nikel, mis, kadmiy, simob tuzi eritmasi va tomchilab aralashtirib turgan xolatda suyuq ammiak eritmasidan cho‘kma hosil bo‘lguncha qo‘shiladi. Cho‘kmalar rangiga e’tibor beriladi. Barcha probirkalarga 25%li ammiak eritmasidan, natriy yoki ammoniy xloridni bir necha kristallari xam qo‘shiladi. Cho‘kmalarning erishiga va eritma rangiga e’tibor beriladi. b) Probirkaga 3 tomchi kobalt tuzi eritmasi, 1-2 tomchi vodorod peroksidi qo‘shib, aralashtiriladi, so‘ngra suyultirilgan ammiak yoki natriy gidroksidi cho‘kma hosil bo‘lguncha qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan cho‘kmani rangi «a» tajribadagi kobalt (II)ni asosli tuzi cho‘kmasi bilan solishtiriladi. Cho‘kma mo‘l miqdoridagi konsentrlangan ammiakda eritiladi va «a» tarkibidagi kobalt (II) rangiga solishtiriladi. Co2+ (…3p63d7) kationining analitik reaksiyalari Ishqoriy metallarning gidroksidlari va ammiak bilan ta’siri (guruh reagenti ta’siriga qarang). Tiosionatlar bilan reaksiyasi va reaksiya maxsulotini organik qavatga o‘tkazish. Kobalt (II) kationi kislotali sharoitda tiotsionat ionining izoamil spirtidagi eritmasi bilan ko‘k rangli kompleks birikma hosil qiladi: Co2+ + 4NCS- = [Co(NCS)4]2- Kompleks suvli eritmada turg‘un emas. Temir (III), mis (II) kationlari kobaltni ochishga xalaqit beradi, ya’ni temir (III) qizil rangli va mis (II) sariq-qo‘ng‘ir rangli birikma hosil qiladi. Temir (III) ni maskirovka (niqoblash) uchun natriy ftoridni quruq tuzidan qo‘shib, rangsiz [FeF6]3- kompleksiga o‘tkaziladi. Bundan tashqari, temir (III) va mis (II) kationlarini qalay (II) xlorid bilan temir (II) va mis (I)gacha qaytarilishi xam mumkin. Temir (II) va mis (I) kationlari kobaltni ochishga xalaqit bermaydi. Ish tartibi Probirkaga 2-3 tomchi kobalt (II) tuzi eritmasi, 8-10 tomchi to‘yingan ammoniy yoki kaliy tiotsianat eritmasi, 5-6 tomchi izoamil spirtidan qo‘shib chayqatiladi. Yuqori organik qavati tiniq ko‘k rangga bo‘yaladi. Download 162.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling