Darsning turi: yangi bilim, ko‘nikma,malakani mustahkamlovchi dars.
Darsning metodi: analiz-sintez metodi.
Darsning jihozlari: shaxs va narsa rasmlari ,didaktik tarqatmalar..
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa tekshirib chiqiladi.
Salqin shabada
Keng yurtimni
Oq kaptar —
Oq samolyot
urishqoq jallod,
Katta-kichik, er-ayol!
She’rni o‘qitiladi, sifatlarni topiladi. Sifatlarni o ‘zi bog‘langan so ‘z bilan birgalikda ko‘chirtiriladi,tekshiriladi.
III.Mustahkamlash.
1 -topshiriq .Rasmni kuzatiladi. Rasm asosida insho yozish beriladi. Insho yozishda berilgan
rejadan foydal anish topshirig‘i beriladi.
|
R eja.
1. Qish faslida tabiatning ko‘rinishi.
2. Bolalar tabiat quchog‘ida.
Qahraton qish kunlari edi. Osmon elak kabi qor zarralarini yerga elardi. Yer bir zumda oq choyshabga o‘raldi. Daraxtlar qordan oq kiyim kiydi. Ular xuddi xayol surib turgandek. Bu qishlog‘imizga fayz berib turardi.
Bolalarga qish faslida ham o‘yin ko‘p. Ular qordan qorbobo, qorqiz yasaydilar. Qorbo‘ron o‘ynaydilar. Chanada, kon’kida uchadilar. Yaxmalakda maza qilib uchishadi.
Qish faslida tabiatning ko‘rinishi
Bolalar tabiat quchog‘ida
B ilimingizni tekshiring!
• Sifatlar qanday ma’nolarni bildiradi?
• Sifat nimaning belgisini bildiradi?
• Sifat otga qanday bog‘lanadi?
• Sifat gapda qanday bo‘lak vazifasini bajaradi?
• Yam-yashil, oppoq, kap-katta, tip-tiniq, to‘q qizil sifatlari qanday yoziladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |