Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet188/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

1 -topshiriq.315- mashq. O‘qing. Sonlarni so‘roqlar yordamida aniqlab, o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga belgilang.

Darslikdagi 315- mashq o‘quvchilar matndagi gaplarni ifodali o‘qiydilar. Sonlarni so‘roqlar yordamida aniqlab, o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiradilar.
— Matn nima haqida ekan? (Ulkan tort haqida ekan.)
— Matn nechta gapdan tuzilgan? (5 gapdan iborat.)
— Matnga sarlavha qo‘ying. („Ginnes rekordlari“ga kirgan tort.)
— Ulkan tortni qayerlik oshpazlar yaratibdi?
— Tortning uzunligi qancha?
— Tortni tayyorlashga qancha masalliq ketgan?
— Bu tortga necha kishining mehnati singgan?
Uchinchi gapdagi songa so‘roq beradilar.
— Tortning uzunligi necha metr? (2 kilometr-u 396 metr.)
— Bu sonlar qaysi so‘zlarga bog‘langan? (Kilometr, metr so‘zlariga bog‘langan.)
— To‘rtinchi gapda 500 soni qaysi so‘zga bog‘langan? (500 kilogramm saryog‘.)
— 900 soni-chi? (900 kilogramm shakar.)
— 14000 soni bog‘langan so‘zni toping. (14000 ta tuxum.)
O‘quvchilar suhbatdan so‘ng sonlarni o‘zi bog‘langan so‘zlar bilan daftarlariga yozadilar. Yozganlarini darslikka qarab tekshiradilar. O‘quvchilarni gazeta, jurnal o‘qishga qiziqtirish maqsadida quyidagi savollardan foydalaniladi:
— Matndagi ma’lumot nimadan olingan?
— Hozirda yana nimalar orqali ma’lumotlar olinadi? (Kompyuterdan internet orqali ma’lumotlar olinadi). O‘quvchilarning mustaqil faoliyati davomida darslikdagi „Eslang, o‘ylang “ belgisi ostida bo‘lgan savol va topshiriqlarga o‘tkazilgan savol-javoblar asosida mustaqil javob tayyorlaydilar. Bunga har bir o‘quvchi o‘zi javob berishi mumkin. Yoki guruh-guruh bo‘lib javob tayyorlashi va bir kishi topgan javobini o‘qituvchiga gapirib berishi mumkin.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.

BBB” metodi asosida o‘quvchilarning mavzuni qanday o‘zlashtirganliklarini,mavzuni mustahkamlashda tekshiriladi. O‘qituvchi doskani uch qismga ajratadi. Birinchi qismiga “Bilaman”, ikkinchisiga “Bilib oldim”, uchinchisiga “Bilishni xohlayman” so‘zlarini yozib qo‘yadi.O‘quvchilar “Son” mavzusi yuzasidan qanday ma’lumotga ega ekanliklarini so‘raydi va o‘quvchi bildirgan fikrlarni “Bilaman” nomli qismga yozib qo‘yadi. Bugun darsda nimalar bilib olganliklari so‘ralib, ikkinchi qismga yozib qo‘yiladi. O‘qituvchi so‘nggi bosqichda “Son - so‘z turkumi” bo‘yicha qanday ma’lumotlar olish istagida ekanligi so‘raladi, doskaning uchinchi qismiga yozib qo‘yadi.




Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling