Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet29/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

Darslik bilan ishlash.
34-mashq. Gaplarni o‘qing va ko‘chirib yozing. So‘roqlar yordamida gap bo‘laklarini aniqlang, tagiga chizing.
Kishining go‘zalligi uning tilidan bilinur. („Hadis“dan)
Ish boshlanar dalada, bog‘da. (Hamid Olimjon)
Qaysi gapda bir xil so‘roqqa javob bo‘lgan bo‘laklar bir so‘zga bog‘lanib kelgan?
35-mashq. Bir xil so‘roqqa javob bo‘lgan so‘zlarni aniqlang.
Dunyoda dunyosi Bayrog‘in ko‘ksida
Bordir bu yurtning. Bosib jon bergan
Humosi, tug‘rosi Najmiddin Kubrosi
Bordir bu yurtning. Bordir bu yurtning.
Muhammad Yusuf
Bir xil so‘roqqa javob bo‘lgan so‘zlar qaysi bo‘laklarga bog‘lanib kelyapti?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
36-mashq. Gaplardagi uyushiq bo‘laklarni sanash ohangi bilan o‘qing.
1. Papka ichra uchrashib 2. Bog‘da anor,
Ruchka, qalam, o‘chirg‘ich Olma, behi, nok
Rosa suhbat qilishdi Pishgan bisyor.
Ko‘chiring. Uyushiq bo‘laklarning tagiga bitta to‘g‘ri chiziq chizing.

2 -topshiriq.
Chizmani kuzatib, berilgan so‘zlardan foydalanib, chizmaga mos gaplar tuzish va gaplardagi uyushiq bo‘laklarni sanash ohangi bilan o‘qish, so‘roqlar yordamida gapning qaysi bo‘lagi uyushib kelganini aniqlash vazifasi beriladi.

‒ Gapda qaysi bo‘laklar bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi?
‒ Gapning qaysi bo‘laklari uyushib kelishi mumkin?
‒ Uyushiq bo‘laklar nutqda qanday ahamiyat ega?
V. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi.
VI.Uyga vazifa.
37- mashq. She’rni o‘qib, husnixat asosida ko‘chirish topshirig‘i beriladi.
Qaysi misralarda uyushiq bo‘laklar qatnashganligi so’raladi


Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling