tarbiyaviy: komil insonni tarbiyalashga qaratilgan odob-axloq sifatlarini ongli, ixtiyoriy bajarishga odatlantirish TK5:maktabning ichki va tashqi qoidalariga rioya qilish; yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish;
rivojlantiruvchi: Darsda o‘quvchilarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash. o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarni individual bajarish jarayonida ularning aqliy faoliyati jalb etish, o‘z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchni ortirish. FK2: o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay oladi TK2: media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish, fayllarni ochishda media madaniyatiga rioya qilish.
Darsning turi: yangi bilim , ko‘nikma,va malakani mustahkamlash darsi. Darsning metodi: suhbat metodi, analiz-sintez metodi,boshqotirma.
Darsning jihozlari: shaxs va narsa rasmlari ,didaktik tarqatmalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
H usnixat daqiqasi:
Nasiba aqlli va odobli qiz.
|
289-mashq matnni o‘qitiladi. So‘roqlar yordamida sifatlarni aniqlab, o‘zi bog‘langan ot bilan birga ko‘chirish vazifasi tekshiriladi.
Yumshoq momiq, iliq va bexavotir joyda ,shodon ovozi.
Sifatlarning gapdagi vazifasini tegishlicha belgilang.
Yangi mavzu bayoni.
O‘qituvchi mavzuni nutqda hayvonlarning belgisini bildirgan so‘zlarning ishlatilishini kuzatishdan boshlaydi. Buning uchun “Bu nima” ta’limiy o ‘yindan foydalaniladi.
|
O‘qituvchi olmaxon, quvon, tulki, jirafakabi hayvonlarning asosiy belgilarini aytadi, o‘quvchilar ularning nomini sifatlarini eshitib topadilar.
1. Kichkina, chaqqon, dumi uzun, juni yumshoq hayvon. U o‘rmonlarda yashaydi.
2. Juni yumshoq, kulrang, oq, qulog‘i uzun, dumi kalta, o‘zi chaqqon, ammo qo‘rqoq hayvon. U xonadonlarda ham boqiladi
3. Juni yumshoq, kulrang. Dumi uzun, o‘zi ayyor yirtqich hayvon.
4. Bo‘yni juda uzun, katta hayvon. U baland shoxlardagi barglarni ham yeyaveradi. Mazmunga mos so‘zlarni qo‘yib, hayvonlarni tasvirlab yozdiriladi.
Masalan, shakliga (katta-kichikligiga) ko‘ra fil bilan quyonni (fil katta. quyon kichkina), rangiga ko‘ra ko‘mir va qandni (ko‘mir qora, qand oq),mazasiga ko‘ra asal va garmdori (asal shirin, garmdori achchiq) qiyoslanadi. Xususiyatni bildirgan sifatlar narsalarning belgilarini bildirishi misollar bilan isbotlanadi. (Sezgir it, ayyor tulki, qopag‘on it, ochko‘z bo‘ri. Xususiyatni ifodalagan sifatlar narsalarning ham belgisini bildirar ekan.) Xulosa chiqariladi. (Xususiyat bildirgan sifatlar shaxslarning, narsalarning belgisini bildiradi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |