Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘qituvchi uyga berilgan vazifani shartiga ko‘ra tekshirib chiqadi. Mashqni husnixat bilan yozgan o‘quvchilarni rag‘batlantiradi.O‘qituvchi o‘tgan zamon fe’lini mustahkamlashda “So‘z zanjiri” ta’limiy o‘yinidan foydalanadi.
Har bir guruhdan bittadan o‘quvchi doskaga chiqib, o‘tgan zamon fe’li qatnashgan so‘zlarni topib aytadilar. So‘z topolmagan o‘quvchi yutqazgan hisoblanadi va o‘yindan chiqadi. G‘olib o‘quvchi rag‘batlantiriladi.
Namuna:borgan, kelgan, taqqan, chiqqan, ekkan, …
H usnixat daqiqasi:
Mard aytmas, aytsa qaytmas.
|
III.Yangi mavzu bayoni.
“
IPT
Chalkash so‘zlar” ta’limiy o‘yinidan foydalanib, yangi mavzu tushuntiriladi.
O‘qituvchi so‘zlar yozilgan tarqatmani chalkashtirib o‘quvchilarga beradi. O‘quvchilar so‘zlarni o‘z o‘rniga qoyib, quyidagi gaplarni hosil qiladi:
“Mehr-shafqat” guruhi keksalarga yordam beryapti.
Ushbu gap orqali o‘qituvchi yangi mavzuni tushuntiradi.
-Kim keksalarga yordam beryapti?(“Mehr-shafqat” guruhi)
-Ular kimlarga yordam beryapti? (keksalarga)
-“Mehr-shafqat” guruhi keksalarga nima qilyapti?(yordam beryapti)
-Yordam beryapti- fe’liga so‘roq bering. (Nima qilyapti?)
Yordam beryapti fe’li harakatning nutq so‘zlanib turgan paytda bajarilayotganini bildiradi. –yap, -moq hozirgi zamon qo‘shimchasidir.Shaxs-son qo‘shimchasi zamon qo‘shimchasidan keyin qo‘shilishi ta’kidlab o‘tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |