179-mashq.
Qo’yilgan muammo: Aytilmoqchi
bo‘lgan fikrga diqqat qiling. O’QIB TUSHUNISH
va GAPIRISH ko’nikmalarin ini shakllantirish
uchun mo’ljallangan.
Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud
axloq” asarida insonlarni “yaxshilik ka chaqiruvchi,
yomonlikdan qaytaruvchi bir ilm”, ya’ni axloq haqida
fikr yuritiladi. “Axloq – bu xulqlar majmuyi. Xulq
esa ezgulik yoki razillik ning insonda namoyon bo‘lishidir. Kishilar
tug‘ilishidan yaxshi yo yomon bo‘lib tug‘ilmaydilar. Ularni muayyan
sharoit yomon qiladi. Demak, hamma narsa tarbiyaga bog‘liq.
Tarbiya yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat –
yo falokat masalasidir. Tarbiya inson tug‘ilgan kundan boshlanadi va
umrining oxiriga qadar davom etadi”.
180-mashq.
Matnga tayanib savollarga javob YOZING.
O’quvchilarning Esse yozish ko’nikmasini shakllantirish tavsiya
etiladi.
1. Axloq – xulqlar majmuyi. Xulq nima?
2. Yaxshi yoki yomon xulqli odamlarni qanday farqlash mumkin?
3. Avloniy ta’rificha, tarbiya nima?
4. Tarbiya qachon tugaydi?
181-mashq.
Uyga vazifa. “Yomon xulqlardan o‘zimizni asraylik”
109
mavzusida 10–12 ta gapdan iborat matn tuzing.
48-dars. J, dj UNDOSHLARINING TALAFFUZI VA IMLOSI
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilaga
J
va
Dj
undoshlarining
talaffuzi va imlosi haqida tushuncha berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni o’z-o’ziga ishonch ruhida
tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad:o’quvchilarda tinglab tushunish, o’qish,
yozish va gapirish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |