Она тили 5 мет


maqsadida o‘quvchilar jadvaldagi so‘z bilan uning izohini


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

maqsadida o‘quvchilar jadvaldagi so‘z bilan uning izohini 
birlashtiradilar va daftarga ko‘chiradilar. (O‘quvchilarning 
YOZISH ko‘nikmasi shakllantiriladi)
 “Tushunchalar tahlili” metodi asosida vazifani bajarish mumkin.
So‘z
Izohi
qumoq
qum aralashib, donador bo‘lgan
kambar
eni kichik, ensiz
girdob
suv yoki shamol uyurmasi
tomorqa
hovli yonidagi yer bo‘lagi
qayrag‘och
yog‘ochi qattiq, shoxlari tig‘iz, soyali daraxt
baqaterak
teraklarning tarvaqaylab o‘sadigan turi
217-mashq. 
Uyga vazifa. Tong otish pallasini kuzatish vazifasi 
beriladi. Taassurotlarini 10–12 gapdan iborat matnda ifodalash 
topshirig‘i yuklanadi.
57–58-darslar. NAZORAT ISHI VA UNING TAHLILI.
TAASSUROT YOZISH
59-dars. QO‘SH UNDOSHLAR TALAFFUZI VA IMLOSI
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda qo‘sh undoshlar 
talaffuzi va imlosi haqida bilim va ko’nikma hosil qilish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga matnlarni tahlil qilish orqali 
hayvonot olamiga mehr-muhabbat tug’usini singdirish ;
d) rivojlantiruvchi maqsad: tinglab tushunish, o‘qish; gapirish va 


124
yozish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish.
Darsni “Aqlli doska” metodi yordamida boshlash maqsadga 
muvofiq. O‘qituvchi xattaxtaga qo‘sh undoshlar qatnashgan maqollardan 
yozib qo‘yadi. “Maqolda ilgari surilgan g‘oya va undagi qo‘shaloq kelgan 
undoshlarni toping” topshirig‘i beriladi. Masalan: 1.Bulbul chamanni 
sevar, Odam – Vatanni. 2. Himmatli er,O’z elini der. 3. Birikkan kuch – 
kuch, Birikmagan kuch – puch. 
218-mashq.
 O‘quvchilar berilgan so‘zlarni o‘qiydilar. So‘zlarning 

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling