Она тили 5 мет
Download 5.33 Mb. Pdf ko'rish
|
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi
3-mashq. O‘quvchilar GAPIRISH ko‘nikmasi asosida rasmdagi
turli millat vakillarining ona tili qaysi til ekanligini bayon etadilar. Yechim: O‘zbekning ona tili - o‘zbek tili, qozoqning ona tili - qozoq tili, tojikning ona tili - tojik tili, tatarning ona tili - tatar tili. 4-mashq da o‘quvchilar Til haqidagi maqollarni davom ettiradilar. Yechim: 5-mashq. Uyga vazifa. Til haqida maqol, she’r, rivoyatlar topib, yozib kelish. 2-d a r s. O‘ZBEK TILI – DAVLAT TILI Darsning a) ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda davlat tili haqida tushuncha va tasavvurlar hosil qilish; b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda ona tilidan faxrlanish va g‘ururlanish tuyg‘ularini rivojlantirish; d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda davlat tilida ish yuritish ko‘nikamasini shakllantirish. Dars boshlanishida o‘qituvchi monitorda yoki xattaxtada “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berish haqida”gi Qonun matnini qo‘yishi va darsni interfaol usullar yordamida tashkil etish maqsadga muvofiq. Buning uchun o‘qituvchi “Brainboard”(aqlli doska) metodi orqali “So‘z xazinasi” sarlavhasi ostida davlat, millat, xalq so‘zlarini yozuv taxtasiga yozadi.Bunda o‘quvchilarning YOZISH ko‘nikmasi rivojlantiriladi. O‘quvchilardan davlat, millat, xalq tushunchalari haqidagi fikrlari so‘raladi. Ular so‘zlarni izohlagach, o‘qituvchi ushbu so‘zlarni umumlashtirib beradi. Taom lazzati tuzida, inson izzati so‘zida Tilingda bo‘lsa boling, Kulib turar iqboling Til bor, bol keltirar, til bor- balo Tig‘ jarohati bitar, til jarohati bitmas 26 Xususan, o‘qituvchi O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi nashriyoti tomonidan 2006–2008 yillarda nashr etilgan 5 jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da davlat, millat, xalq so‘zlariga berilgan izohlarni o‘quvchilarga yetkazishi lozim bo‘ladi. Bunda o‘quvchilarning TINGLAB TUSHUNISH ko‘nikmasi shakllantiriladi. Download 5.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling