29
Topshiriqdagi matn o‘quvchilarga o‘qitiladi. Shahobiddin
Nasaviyning Jaloliddin Manguberdi to‘g‘ risida yozgan fikrlariga
diqqat qilinadi.
O‘qituvchi Jaloliddin Manguberdi to‘g‘risidagi matnni o‘quvchilarga
o‘qitib, ulardan ”Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida og‘zaki
matn tuzishni so‘raydi. Bu orqali o‘quvchilarning
mustaqil fikrlashini
va og‘zaki nutqini o‘stirishni rejalashtiradi. “Zinama-zina“ usulida
Manguberdiga xos sifatlar,
shijoatli, mard, irodali, sarkarda so‘zlari
izohi va mazkur so‘zlarning qaysi so‘z turkumiga kirishi haqida so‘raladi.
(O‘quvchida GAPIRISH ko‘nikmasi shakllantiriladi)
O‘qituvchi dars jarayonida o‘quvchilarning mustaqil so‘z
turkumlari
va ot yuzasidan boshlang‘ich sinflarda hosil qilingan bilim hamda
ko‘nikmalarini mustahkamlashga, o‘quvchilardagi vatanparvarlik,
millatparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga alohi da ahamiyat qaratishi
kerak. Mustaqil so‘z turkumlariga xos bo‘lgan leksik ma’no
anglatishi,
muayyan so‘roqqa javob bo‘lishi, gap bo‘lagi vazifasini bajarishi kabi
belgilar o‘quvchilar bilan bo‘ladigan savol-javoblar jarayonida yuzaga
chiqib turishi kerak. Masalan,
“Jaloliddin shijoatli, sherlar ichra sher
edi” gapida ishtirok etayotgan
sher va
ichra so‘zlari misolida ko‘rsatib
berishi mumkin.
Bu mashqni “Tushunchalar tahlili” texnologiyasi orqali bajarish
mumkin.
So‘z
Leksik ma’nosi
So‘rog‘i
Gapdagi
vazifasi
sher
yovvoyi hayvon
nima?
ikkinchi darajali
bo‘lak
ichra
leksik ma’no
anglatmaydi
yo‘q
-
Do'stlaringiz bilan baham: