Она тили 5 мет


«O‘zbekcha -yaponcha lug‘at»ini nashr qildirgan


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

«O‘zbekcha -yaponcha lug‘at»ini nashr qildirgan. (E. Umarov)
Darslik qahramonlari Komiljon va Donoxonlarning savollariga 
o‘quvchilar fikr beradilar. 
Komiljon: – Nima uchun har bir millat o‘z ona tilining taqdiri uchun 
kurashadi?
Donoxon: – Davlat tilida ish yuritish deganda nimani tushunasiz?
7-mashq.
Qoida (nazariy matn)ga asoslanib savollarga javob 
qaytariladi. (O‘quvchining GAPIRISH ko‘nikmasi shakllantiriladi.)
1. Davlat tilining mavqeyi deganda nimani tushunasiz?
2. Qachondan boshlab majlislar, ish yuritish (hujjatlar) o‘zbek tilida 
olib boriladigan bo‘ldi?
8-mashq.O‘zbek tilining nufuzini ko‘tarish uchun yurtimizda 
olib borilayotgan ishlar haqida 3 ta ma’lumot yozing.
(YOZISH ko‘nikmasi shakllantiriladi)
1989-yilning 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga Davlat tili maqo-
mi berildi. Shundan boshlab jamiyatimizda ona tilimizning 
obro‘yi oshdi. Majlislar, ish yuritish, asosan, o‘zbek tilida olib 
boriladigan bo‘ldi.
Mustaqillik tufayli bu ish yanada jadallashdi. Milliy qadri-
yatlarimizni, tariximizni o‘rganish uchun keng yo‘l ochildi. 
O‘zbek tilining xalqaro nufuzini ko‘tarish bo‘yicha amaliy 
ishlar boshlandi.
Lug‘at: nufuz – obro‘-e’tibor, ta’sir


28
Masalan: 
1989-yil 21-oktabr kuni “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berish 
haqida”gi Qonunning qabul qilinishi, uning olamshumul ahamiyati 
to‘g‘risida o‘quvchilarga ma’lumotlar berishi zarur. 
Mustaqillik yillarida ona tilining mavqeyini oshirish bo‘yicha qanday 
ishlar qilinayotgani yuzasidan o‘quvchilardan fikrlar so‘raladi. Natijada, 
o‘quvchiga GAPIRISH ko‘nikmasini rivojlantirishga yordam beriladi.
Ularning fikr-mulohazalari asosida o‘qituvchi o‘zbek tilining xalqaro 
nufuzini oshirish borasida hozirda amalga oshirilayotgan ishlar ustida 
to‘xtaladi. 

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling