Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

Yechim:
DAVLAT
– o‘z fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy huquqlarini himoya 
qiluvchi, bunga qarshi turuvchi kuchlarning qarshiligini sindiruvchi 
hokimiyat organlari va siyosiy tashkilotlar tizimiga ega bo‘lgan mustaqil 
mamlakat
MILLAT
 – kishilarning yagona tilda so‘zlashishi, yaxlit hududda 
istiqomat qilishi, mushtarak iqtisodiy hayot kechirishi, madaniyat va 
ruhiyatga ega bo‘lishi asosida tarixan tarkib topgan barqaror birligi. 
XALQ 
– odamlarning ko‘pligi, kishilarning tarixiy birligi, muayyan 
joyda istiqomat qiluvchi aholi.
O‘qituvchi davlat, millat, xalq so‘zlarining bir-birini to‘ldiruvchi 
tushunchalar sanalishini, ular qatorida har bir mustaqil davlatning 
boshqa davlatlar o‘rtasidagi o‘rnini ko‘rsatib berishda tilning alohida 
o‘rin tutishini o‘quvchilarga atroflicha tushuntirib berishi darkor bo‘ladi. 
Shunga ko‘ra 80-yillarning oxirida ijtimoiy hayotimizda ro‘y bergan 
o‘zgarishlar, o‘zbek xalqining o‘zligiga qaytishi va bu jarayonda ona 
tilining mavqeyi, nufuzi uchun kurashning muhim ahamiyatga ega 
bo‘lishi, pirovard maqsadda 1989-yilning 21-oktabrida qabul qilingan 
“O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish to‘g‘risida”gi Qonuni haqida 
ham alohida to‘xtab o‘tish kerak bo‘ladi.
Topshiriq.
Muhammad Yusufning “Ona tilim” she’ridan olin-
gan parcha tinglanadi. TINGLAB TUSHUNISH ko‘nikmasi 
shakllantiriladi)
Sen bo‘lmasang, nima bizga silliq she’rlar,
Bu dunyoda tili yo‘qda dil yo‘q, – derlar.
Bahoying-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘nmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Yuqoridagi she’rda ilgari surilgan g‘oyaga “Munosabat 
bildiring”da ilova qilingan “Tili yo‘qda dil yo‘q”, degan tushuncha 
izohlanadi.
So‘ngra 6-mashq o‘qitiladi. O‘quvchilarning O‘QIB TUSHU NISH 
ko‘nikmasi shakllantiriladi.
O‘qituvchi FSMU – metodi asosida o‘quvchilarga to‘rtta bosqichda 
yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi. 


27
F – mavzu bo‘yicha fikringizni bayon eting
S – fikringiz sababini ayting
M – misollar keltiring
U – umumlashtiring.
O‘zi o‘zbek bo‘la turib, ona tilida gapira 
olmaydigan insonlarning hayotda uchrab 
turishi, ularga hayotda juda qiyin bo‘lishi haqida aytiladi. Amerika, 
Germaniya, Xitoy, Fransiya, Hindiston kabi 70 dan ortiq mamlakatlarda 
o‘zbek tilining o‘rganilayotgani haqida o‘quvchilarga faktik materiallar 
yetkaziladi, o‘zbek tilini o‘rganayotgan chet el fuqarolar haqida 
ma’lumotlar beriladi. Masalan, Yaponiyalik Komatsu tilshunos olim 
sanaladi. U o’zbek tilini mustaqil o‘rgangan. O’zbek tilini chuqur 
o‘rganish maqsadida 1976–1981-yillar mobaynida O‘zbekistonga to‘rt 
marta safar qilgan. O‘zbek tili bo‘yicha «Oson o‘zbek tili» asarini va 

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling