Она тили 5 мет


raqamlarning xossalari gapirtiriladi


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

raqamlarning xossalari gapirtiriladi.
123 x 9+4=1111
1234 x 9+5=11111
12345 x 9+6=111111
123456 x 9+7=1111111
1234567 x 9+8=11111111
12345678 x 9+9=111111111
123456789 x 9+10=1111111111
O‘quvchilarning YOZISH ko‘nikmasini shakllantirish uchun 
yuqoridagi sonlarni so‘z orqali husnixat bilan yozish vazifasi 
yuklanadi. 
Masalan, bir yuz yigirma uchni to‘qqizga ko‘paytirib, hosil bo‘lgan 
ko‘paytmaga to‘rtni qo‘shsak, bir ming bir yuz o‘n bir hosil bo‘ladi.
Qissadan hissa tariqasida, matematikada ham sonlar so‘z orqali 
talaffuz qilinishi; masalalar so‘z vositasida idrok etilishi; so‘z, tilimizning 
jozibasini ona tili fani o‘rganishi haqidagi xulosaga kelinadi.
20-mashq 
asosida o‘quvchilar hayotida hisob-kitob bilan bog‘liq 
holda ro‘y bergan qiziqarli voqealar o‘rtaga tashlanadi, ularning 
vaziyatdan chiqib ketish uchun qanday yo‘l tanlagani muhokamaga 
tashlanadi, qaltis vaziyatlarga tushib qolmaslik uchun nimalar qilish 
kerakligi uqtiriladi.
G‘azablangan ota do‘konga telefon qildi: “Men o‘g‘limni ikki 
kilogramm olxo‘ri olib kelishga yuborgan edim, u bo‘lsa bir kilogramm 
olib kelibdi.
– Tarozilaring to‘g‘rimi o‘zi?”
– Bizning tarozilarimiz to‘ppa-to‘g‘ri. Siz o‘z o‘g‘lingizni tortib 
ko‘rdingizmi? (“Zamonaviy xandalar”dan)
21-mashq 
o‘quvchilarning YOZISH ko‘nikmasini shakllan tirishga 
yo‘naltirilgan bo‘lib, unda Abdurahmon Akbarning “Raqamli she’rlar” 
to‘plamiga kirgan“Uchqunjonning toychog‘i” she’ri o‘quvchilarga 
o‘qitiladi. Sonlar bilan bog‘liq so‘z o‘yiniga e’tibor qilib, harfga 
aylantirib husnixat bilan daftarga ko‘chirish topshirig‘i beriladi.


35
She’rda keltirilgan qo‘shilamiz, ayrilamiz, bo‘linmaydi, ikilan-
mang, bir, yetti, tenglik kabi so‘zlarning matematika fanida qo‘llanishi 
to‘g‘risida fikr-mulohazalar tinglanadi. Son so‘z turkumining uslubiy 
vazifalari tushuntirib beriladi. 

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling