35-mashq.
Uyga vazifa. Odamiylik sifati kuchli bo‘lgan ertak
qahramonlarini tasvirlab 10 ta gap yozadilar. Jarangli undoshlar-
ning talaffuzda jarangsizlashishi kuzatiladigan so‘zlarni ajratib,
tagiga chi zadilar.
9–10 darslar. Nazorat ishi va uning tahlili
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda yozma savodxonlik
hosil qilingan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash;
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda komil inson sifatlarini
rivojlantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarni ijodiy fikrlarga o‘rgatish.
11-dars. NUTQ TOVUSHLARI VA HARF
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga so‘zlarni to‘g‘ri
talaffuz qilish; so‘z ma’nosidagi farqqa e’tibor qaratishni o‘rgatish;
nutq tovushlarining vazifasini singdirish..
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda ona tiliga bo’lgan muhabbatni
orttirish; tabiat hodisalaridan zavqlanish hissini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda talaffuz va imloda
tovush o‘zgarishi hodisalaridan o‘rinli foydalana olish; matndagi
ma’lumotlardan kerakli bo‘lgan detal, fikrni ajratib, fikrni umumlashtirish
ko‘nikmasini shakllantirish.
Darsni “Tezkor savol-javob” bilan boshlash maqsadga muvofiq. (
O‘quvchilarning GAPIRISH ko‘nikmasi rivojlantiradi, o‘ziga bo‘lgan
ishonchi orttiriladi; nutqi shakllantiriladi)
1. Kuzda oltindek tovlanadigan narsa (barg)
2. Kuzda janubga uchib ketadi( turna, laylak)
3. Yer haydasang kuz hayda..(kuz haydamasang, yuz hayda)
4. Kuzda uchib keladigan qush…(qarg‘a)
Topshiriqda
Feruza va Abrorlarning kuz fasli haqidagi hikoya-
nutqlari audio orqali tinglanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |