Она тили 5 мет


Tinglangan matndan ularning faslga bo‘lgan munosabatlari


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

Tinglangan matndan ularning faslga bo‘lgan munosabatlari 
taqqoslanadi.Topshiriqni bajarish orqali o‘quvchida TINGLAB 
TUSHUNISH ko‘nikmasi shakllanadi.
Masalan:
Feruzaning munosabati
Abrorning munosabati


44
Feruza va Abrorlarning fikrlari taqqoslangach, o‘quvchilar 
tabiatga munosabat bildiradilar.
1. Feruzaning zavqlanib gapirishiga sabab nima? Unga kuz nimasi 
bilan yoqadi?
2. Abrorning nutqidagi “kulrang kundalik” nimaga ishora qilyapti?
Bu faslning Abrorga yoqqan va yoqmagan taraflarini ayting.
3. Sizga kuz yoqadimi? Nega?
Matndagi talaffuzi va yozilishida farq qiluvchi so‘zlar ustida 
ishlash ham o‘quvchining so‘zga bo‘lgan e’tiborini oshiradi. YOZISH 
ko‘ikmasini shakllanishiga yordam beradi
“Men boshlayman, sen davom ettir!” grammatik o‘yini orqali 
o‘quvchilarning GAPIRISH ko‘nikmasi orqali nutqi, shuningdek, 
tovush va harf haqidagi fikrlari kengaytiriladi.
Izoh: O‘quvchilar yozuv taxtasi yoki daftarga yozilishi talaffuz 
qilinganidek bo‘lmagan so‘zlarni ajratib yozadilar. Ularga izoh 
beradilar. Masalan: “tabiat” so‘zi talaffuzida tovush ortishi 
kuzatiladi. Yozuvda esa bu holatga amal qilinmaydi…
36-mashqda
o‘quvchilar topshiriqdagi matndan xulosa chiqa-
radilar, kuz haqida o‘zlariga xos o‘xshatishlar topadilar, daftarga 
yozadilar.
Namuna: 1. Kuz – bahorda ekilgan ekinlarni yig‘ishtirish fasli.
2. Kuzda ba’zi qushlar issiq o‘lkalarga uchib ketadi.
“O‘xshatdim” grammatik o‘yini orqali vazifani bajarishlari mumkin.
1-o‘quvchi: 
– Kuzni o‘xshatdim!
2-o‘quvchi: 
– Nimaga o‘xshatding?
1-o‘quvchi: 
– Oltin libosli ulkan insonga o‘xshatdim!

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling